Kobilov Rustam Rajabboyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston geoiqtisodiy siyosatining ijtimoiy-falsafiy masalalari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Fal114.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02.
Ilmiy rahbar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Saidqosimov Akbar Isaxanovich, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Juraqulov Furqat Noryigitovich, siyosiy fanlar doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi geoiqtisodiy siyosatning genezisi, evolyusiyasi, paradigmalari va rivojlanish xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston geoiqtisodiy siyosatining “geodetermenistik”, “transkommunikatsion faollik”, “ma’naviy konsensus”, “milliy manfaatlar ustuvorligi” kabi qonunlarining amal qilish mexanizmlarini takomillashtirishda “dunyoviy tafakkur” va “g‘oyaviy-ma’naviy tarbiya” tamoyillarini transformatsiyalash zarurligi falsafiy jihatdan asoslangan;
“dunyoning geoiqtisodiy manzarasi” va “geoiqtisodiy siyosat” tushunchalarining ob’ektiv va sub’ektiv omillari dialektikasi o‘zaro hamkorlik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy aloqa, gumanistik yordam kabi geostrategik maqsadlarini harakatlantiruvchi lokomotivi ekanligi mantiqiy dalillangan;
xorijiy investisiyalarni jalb qilish faoliyati samaradorligini oshirishda geoiqtisodiy siyosatning zamonaviy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi “tarixiy tajriba”, “vorisiylik”, “o‘z-o‘zini tashkillashtirish” kabi tarixiy paradigmalari deterministik omil ekanligi asoslangan;
geoiqtisodiy siyosatning tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilab beruvchi “geoiqtisodiy makon va zamon”, “geoiqtisodiy resurs”, “geoiqtisodiy texnologiya”, “geoiqtisodiy tafakkur”, “geoiqtisodiy xotira”, “geoiqtisodiy urush” singari zamonaviy atributlarining ob’ektiv borliqdagi maxsus turkumi falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ilgari surilgan O‘zbekistonda geoiqtisodiy siyosatni amalga oshirish prinsip va vositalari, erkin iqtisodiy zonalarga doir konstruktiv g‘oyalari asosida:
O‘zbekiston geoiqtisodiy siyosatining “geodetermenistik”, “transkommunikatsion faollik”, “ma’naviy konsensus”, “milliy manfaatlar ustuvorligi” kabi ijtimoiy-falsafiy ahamiyatga molik bo‘lgan qonunlarining xususiyatlariga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining hisoboti yuzasidan qabul qilingan qarori hamda mazkur masala yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasining 2021 yil 19 fevraldagi 01/2-193-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligiga ijobiy ta’sir etishga xizmat qilgan;
“Bugungi dunyoning geoiqtisodiy manzarasi” va “geoiqtisodiy siyosat” tushunchalarining ob’ektiv va sub’ektiv tomonlariga doir taklif-tavsiyalaridan “Milliy g‘oya: – O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” nomli darsligining 7-bobi 2-paragrafi I-bo‘limida “Geostrategik maqsadlar”, “Geostrategik manfaatlar” kabi mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 1 martdagi 89-03-1184-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning mamlakatimiz geoiqtisodiy siyosatining ustivor yo‘nalishlari va dunyoning geoqitisodiy manzarasi haqidagi bilimlarini boyitishga xizmat qilgan;
xorijiy investisiyalarni jalb qilish faoliyati samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni mamlakatimizning investision jozibadorligi, imkoniyatlari va salohiyatiga oid taklif-tavsiyalaridan Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlaridagi diplomatik va savdo vakolatxonalari, Investisiya va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa vazirlik, idoralar bilan hamkorlikda 2019 yil 22-23 noyabr` kunlari o‘tkazilgan “Invest in Samarkand” nomli I-Xalqaro investisiya forumining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyati hokimligining 2021 yil 21 maydagi 04-04/1321-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro forum yakuni natajalarining samaradorligini ortishiga, forum ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston geoiqtisodiy siyosatining nazariy va amaliy tomonlarini keng o‘rganish imkoniyalarni yaratib berishga xizmat qilgan;
geoiqtisodiy siyosat atributlarining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyatiga oid taklif va tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 6 iyun` kuni efirga uzatilgan “Islohotlar amalda” va 2020 yil 22 avgust kuni efirga uzatilgan “Iqtisodiy o‘sish – farovon turmush asosi” mavzusidagi ko‘rsatuvlarning dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 17 noyabrdagi 09-01/332-son ma’lumotnomasi). Natijada, kishilarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning mazmun mohiyatini chuqurroq anglashlariga xizmat qilgan.