Mamajanov Ikramjon Ganijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarni kasbiy innovatsion faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD /Ped1758.
Ilmiy rahbar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolbay Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurumbekova Yarkinoy Anormatovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning kasbiy innovatsion faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarning idora qilish, natijalarni tahlil qilish va baholash, boshqalar uchun mas’uliyatni his qilish kabi kasbiy ahamiyatga ega sifatlari muvaffaqiyatli mehnat faoliyatini tashkil etish, uyushtirish va boshqaruvchanlik, yangiliklarni qabul qilish ko‘nikmalarini amaliyotga joriy etishning uzviy aloqadorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarning innovatsion faoliyati g‘oyani ilgari surish, muammoni ko‘rsatish, maqsadni belgilash, natijaga erishish vositalarini tanlash, hamkorlikda ishlashni rejalashtirish, natijalarni rasmiylashtirish, o‘zini-o‘zi baholash va refleksiyani amalga oshirish kabi didaktik tamoyillari bilimlarning mantiqiy oqibati hamda to‘ldiruvchisini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni kasbiy innovatsion faoliyatga tayyorlashning modeli talabalarni ijtimoiy va kasbiy faoliyati ijodiy o‘zini-o‘zi rivojlantirish, mustaqil fikrlash, kasbiy innovatsion faoliyatni egallash, aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish pedagog va talaba hamkorligini muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy innovatsion faoliyatga tayyorgarligi yangiliklarni qidirib topishga va mazkur yangiliklarni tizimli tartibda ishlab chiqish ko‘nikmalarini loyihalashning umumlashgan algoritmini bajarish faoliyatiga tatbiq etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Talabalarni kasbiy innovatsion faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
talabalarning kasbiy ahamiyatli sifatlari, muvaffaqiyatli mehnat faoliyatini tashkil etish ko‘nikmalari, yangiliklarni qabul qilish, innovatsiyalarni amaliyotga joriy etishning uzviy aloqadorligiga moslashtirish asosida aniqlashga oid takliflar asosida “Pedagogik mahorat” o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 9 fevraldagi 133-con buyrug‘i bilan berilgan 133-071-son guvohnoma). Natijada talabalarni kasbiy innovatsion ta’lim muhitida tayyorlash sifat darajasi takomillashgan;
talabalarning innovatsion faoliyati g‘oyani ilgari surish, muammoni ko‘rsatish, maqsadni belgilash, natijaga erishish vositalarini tanlash, hamkorlikda ishlashni rejalashtirish, natijalarni rasmiylashtirish, o‘zini-o‘zi baholash va refleksiyani amalga oshirish didaktik tamoyillar va pedagogik vaziyatlarni maqbulini olish uchun ilmiy, amaliy g‘oyalarni birlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish fanini o‘qitish metodikasi” o‘quv qo‘llanmasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 4 maydagi 285-son buyrug‘i bilan berilgan 285-324-son guvohnoma). Natijada oliy ta’lim muassasalari talabalarini kasbiy innovatsion faoliyatga tayyorlash tizimi pedagogika fani nazariyasini mazmunini boyitish va rivojlantirishga erishilgan;
talabalarni kasbiy innovatsion faoliyatga tayyorlashning modeli talabalarni ijtimoiy va kasbiy faoliyatni shakllantirish, ijodiy o‘zini-o‘zi rivojlantirish, mutaqil fikrlash, kasbiy innovatsion faoliyatni egallashga barqaror motivatsiyasini belgilash, aqliy xarakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish, pedagog va talaba hamkorligini o‘zaro muvofiqlashtirishga oid tavsiyalar asosida “Pedagogik mahorat” o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2019 yil 9 fevraldagi 133-con buyrug‘i bilan berilgan 133-071-son guvohnoma). Natijada pedagogika nazariyasi fanini boyitish va rivojlantirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy innovatsion faoliyatga tayyorgarligi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, innovatsion faoliyat ehtiyojlari, kreativ fikrlash, akmeologik yondashuv, raqamli texnologiyalar konsepsiyasini bosqichma-bosqich joriy etish, barqarorligini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar asosida “Pedagogika. Psixologiya” o‘quv qo‘llanmasi yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son buyrug‘i bilan berilgan 418-190-son guvohnoma). Natijada pedagogika nazariyasi fanini boyitish va rivojlantirishga, talabalarni kasbiy innovatsion faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirishga erishilgan.