Shodmanova Shaxnoza Qurdashevnanig 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “10-11-sinf va akademik liseylarda kimyoni kasbga yo‘naltirib adaptiv o‘qitish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1686.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Yucup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor, Xamidova Gulbaxor Raximovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 10-11-sinf va akademik liseylarda kimyoni kasbga yo‘naltirib, adaptiv o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
10-11-sinf va akademik liseylarda kimyo fanini kasbga yo‘naltirib, adaptiv o‘qitish texnologiyasi orqali o‘quvchilarni ixtisoslik va kasbga yo‘naltirish jarayonini optimallashtirish, o‘quv motivatsiyasini oshirish bo‘lajak mutaxassis shaxsining kasbiy ahamiyatli sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishga ko‘maklashuvchi axborot texnologiyalarini qo‘llash asosida ishlab chiqilgan;
10-11-sinf va akademik liseylarning o‘quv jarayoni monitoringi, diagnostik-baholash vositalarining samarali tizimi bilan nazorat-ta’limiy didaktik materiallar mavjudligi: «Qo‘shish metodi»da bilimlarning elementlar bo‘yicha baholash uchun 125-ballik baholash shkalasi, o‘quvchilar mustaqil ishlarining barcha turlarini tezkor o‘z-o‘zlari hisoblashlari, adaptiv individual oraliq, yakuniy nazorat va joriy juftlikdagi o‘zaro nazorat ko‘p darajali kalibrlangan sinov topshiriqlari banki yaratilgan;
kimyo fanini 10-11-sinf va akademik liseylarda kasbga yo‘naltirib, adaptiv o‘qitishda xalqaro ta’lim tizimi talablariga javob bera oladigan, raqobatbardosh iqtidorli o‘quvchilarni tarbiyalashga xizmat qiladigan «Repetitor» kommunikativ texnologiyasi yaratilgan;
10-11-sinf va akademik liseylarda kimyo fanini o‘qitishning tabiiy fanlar bilan integratsiyasi va hayotiy misollar asosida tuzilgan ma’lumotlar orqali kasbga yunaltirib, adaptiv o‘qitish, hayotda uchraydigan muammoli vaziyatlar echimida ushbu ma’lumotlarni qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini  rivojlantirishga undovchi metodik ta’minot yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 10-11-sinf va akademik liseylarda kimyoni kasbga yo‘naltirib, adaptiv o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
10-11-sinf va akademik liseylarda kimyoni kasbga yo‘naltirib,  adaptiv o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishda texnologiyalarning o‘rni aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi 89-03-3004-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashkiliy komponentlarga oid takliflardan  umumta’lim maktablari va akademik liseylar uchun mo‘ljallangan “Kimyo” fani bo‘yicha o‘quv dasturlari mazmunini ishlab chiqishda foydalanilgan;
10-11-sinf va akademik liseylarning yagona dars-sinfdan tashqari faoliyati tizimi va kasbga yo‘naltirilgan pedagogik-kommunikatsiya vositalari, metodik ta’minoti, boshlang‘ich kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar yangi sharoitlarda ta’limni davom ettirishga ijodiy tayyorgarlikka egalik darajasini hamda tabiiy-ilmiy ixtisoslikdagi bo‘lajak mutaxassisning shaxsiy-ahamiyatli sifatlari o‘quvchilarning kasbiy ko‘nikma va malakalari shakllanganligidan iborat ekanligi aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi 89-03-3004-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarining 10-11-sinf va akademik liseylarda kimyoni kasbga yo‘naltirib, adaptiv o‘qitishga oid tatbiq etilgan texnologiya kasbga yo‘naltirilgan pedagogik-kommunikatsiya vositalarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
10-11-sinf va akademik liseylarning (kimyo kursida) kasbga yo‘naltirish bosqichida adaptiv o‘qitish texnologiyasi orqali o‘quvchilarni ixtisoslik va kasbiy yo‘naltirish jarayonini optimallashtirish, o‘quv motivatsiyasini oshirish, bo‘lajak mutaxassis shaxsining kasbiy muhim sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishga ko‘maklashuvchi axborot texnologiyalarini loyihalashga qadriyatli-faoliyatli yondashuv asosida ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi 89-03-3004-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan texnologiya orqali ta’lim olgan o‘quvchilar xalqaro Mendeleev kimyo olimpiadasi va Jahon kimyo (2013-2021 yillarda) olimpiadasida  ishtirok etib, 10 nafar o‘quvchi oltin, kumush va bronza medallari sohibi bo‘lishgan;
10-11-sinf va akademik liseylarning kimyo fanini o‘qitishning tabiiy fanlar integratsiyasi va hayotiy misollar asosida tuzilgan topshiriqlar orqali kasbga yunaltirib, adaptiv o‘qitish, berilgan mavzularni mustahkamlash, hayotda uchraydigan muammoli vaziyatlar echimida  ushbu ma’lumotlarni qo‘llay olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik ta’minotdan “Kimyo fanini kasbga yo‘naltirib, adaptiv o‘qitish metodikasini takomillashtirish” nomli akademik lisey va umumta’lim maktablari uchun o‘quv-metodik qo‘llanmani (Nizomiy nomidagi TDPU ilmiy kengashining 2020 yil 18 iyundagi 2-son bayonnomasi) yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 29 avgustdagi 89-03-3004-son ma’lumotnomasi). Natijada, bu metodik ta’minot orqali o‘zlashtirish darajasi  va ta’lim sifati oshgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish