Qadirov Quvondiq Ayitbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida oliy ta’lim muassasalari g‘oyaviy tarbiya tizimini modernizatsiyalash”, 13.00.01- Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2021.1.DSc/Ped198.
Ilmiy rahbar: Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Raximov Baxtiyor Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari g‘oyaviy tarbiya tizimini modernizatsiyalashning ilmiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan olib boriladigan g‘oyaviy tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirish mexanizmlari “sub’ekt-sub’ekt” o‘rtasidagi axborotli-modernizatsion muloqot muhitiga umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan ish shakllari(suhbat, onlayn to‘garaklar, interaktiv devoriy burchaklar, kichik mobil kutubxona)ni integrativ joriy etish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni yuksak axloqli, kasbga sadoqatli shaxs sifatida shakllantirishning mazmunli, faoliyatli, monitoring kabi nazariya va amaliyot uzviyligiga asoslangan modeli “shaxs-mutaxassis-faol fuqaro” munosabatidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar mazmuniga tashkiliy-pedagogik formatdagi innovatsion komponentlar(jamoatchilik harakati-oliy ta’lim muassasasi “Talabalar kengashi”, maqsadli strategiya-oliy ta’lim muassasasi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar menejmenti”, intensiv tarbiya)ni optimallashtirish asosida modernizatsiyalashtirilgan;
talaba-yoshlarning g‘oyaviy rivojlanish traektoriyasini rivojlanti-rishning pedagogik-psixologik shart-sharoitlari talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishning ma’naviy-axloqiy ehtiyojga yo‘naltirilgan infoteynment modifikatsiyasi, g‘oyaviy vebinar, 10 skills-personag, g‘oyaviy rivojlanish traektoriyasi matrisasi kabi trening instrumentlarini g‘oyaviy kompetensiyalar evolyusiyasiga moslashuvchan tamoyillarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda tayanch kompetensiyalarni baholash mezonlari zamonaviy shaxs ijtimoiy-psixologik portretini tashkil etuvchi kasbiy va shaxsiy sifatlarni shakllantirishda qo‘llaniluvchi pedagogik resurs(Antkorrupsion keys, «To‘xta!» profmetodi, «G‘oyaviy ideal»)lardan gorizontal (ijroiy darajada) va vertikal (huquqiy-tashkiliy me’yorlar darajasida)foydalanish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida ommaviy targ‘ibot-tashviqot, ijtimoiy-ma’naviy muhit monitoringini samarali tashkil etishning didaktik ta’minoti shaxsga yo‘naltirilgan, muammoli, dasturli hamda rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari hamda variativ-dizayn kontekstli vositalar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida oliy ta’lim muassasalari g‘oyaviy tarbiya tizimini modernizatsiyalash bo‘yicha erishilgan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Uzluksiz ma’naviy tarbiyani «Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari» g‘oyasi platformasi asosida amalga oshirishga qaratilgan modernizatsion g‘oya va qarashlari asosida ishlab chiqilgan ilmiy yangiliklaridan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasining 2021 yil 10 avgustdagi 04/5-05-46-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasi 3-, 4-, 45- va 46-moddalarining tegishli bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan;
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining «O‘zbekistondagi yangilanish jarayonlari, amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatni keng targ‘ib qilish, «Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari» g‘oyasini ruyobga chiqarishga qaratilgan umummilliy harakatni yuzaga keltirish chora-tadbirlari»ni amalga oshirishda tadqiqot xulosalaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 6 avgustdagi 02/08-921-son ma’lumotnomasi). Natijada Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tatbiq etilgan;
Respublika oliy ta’lim muassasalari Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limlari faoliyatini (ommaviy targ‘ibot-tashviqot, aksiltarg‘ibot va oliy ta’lim muassasalari ijtimoiy-ma’naviy muhiti monitoringi yo‘nalishlarida) modernizatsiyalash asosida ishlab chiqilgan ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2021 yil 6 avgustdagi 02-13-23-2029-son ma’lumotnomasi). Natijada respublika bo‘ylab o‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot tadbirlari samaradorligining oshishiga erishilgan;
talabalarda tayanch kompetensiyalarni baholash mezonlari zamonaviy shaxs ijtimoiy-psixologik portretini tashkil etuvchi kasbiy va shaxsiy sifatlarni shakllantirishda qo‘llaniluvchi pedagogik resurs(Antkorrupsion keys, «To‘xta!» profmetodi, «G‘oyaviy ideal»)lardan gorizontal (ijroiy darajada) va vertikal (huquqiy-tashkiliy me’yorlar darajasida)foydalanish asosidagi xulosalardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2021 yilning 28 yanvar` kuni tasdiqlangan «Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yangi tizimini yaratishga qaratilgan 2021 yilning birinchi yarim yilligi uchun tuzilgan «Yo‘l xarita»sida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalarini o‘rganish va tizim samaradorligini oshirishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 6 avgustdagi 89-06-720-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar mazmuni hamda tadbirlar ta’sirchanligining oshishiga, tizimda g‘oyaviy tarbiya jarayonini modernizatsiyalash orqali yoshlarda Vatanga sadoqat, mafkuraviy immunitet kabi tayanch kompetensiyalarning shakllantirishda muhim omil bo‘lgan;
oliy ta’lim muassasalarida ommaviy targ‘ibot-tashviqot, ijtimoiy-ma’naviy muhit monitoringini samarali tashkil etishning didaktik ta’minoti shaxsga yo‘naltirilgan, muammoli, dasturli hamda rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari hamda variativ-dizayn kontekstli vositalar kabi xulosalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining 2021 yilning 2 fevral` kungi «Yoshlar daftari» va «Ayollar daftari» bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari haqida»gi Qarori va shu asosda ishlab chiqilgan «Yo‘l xarita»si hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021 yil 30 martdagi «Aholi, ayniqsa, yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va ommalashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2021 yil 12 avgustdagi 07-04/10-08/1841-son ma’lumotnomasi). Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasida yosh avlodni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash, g‘oyaviy tarbiyani yangi bosqichga ko‘tarish, innovatsion ijtimoiy-madaniy texnologiyalar asosida yoshlarni ma’naviy, axloqiy, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning shakl va usullarini rivojlantirishda ijobiy samara bergan.