Tojiboev Muzaffar Turdiboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda milliy va umumbashariy qadriyatlar: tarixiy tahlil (1991-2017 yy.)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2017.1.DSc/Tar26.
Ilmiy rahbar: Normatov Karim Normatovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Murtazaeva Raxbar Xamidovna, tarix fanlari doktori, professor; Kirg‘izboev Abdug‘affar Karimjonovich, tarix fanlari doktori, professor; Nuriddinov Erkin Zuxriddinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida milliy va umumbashariy qadriyatlarning rivojlanishi bilan bog‘liq jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahonda umumbashariy va milliy qadriyatlar o‘rtasida diniy-mafkuraviy ziddiyatlar mavjudligi hamda ushbu ziddiyatlarni hal etishning yagona yo‘li «kanfrontatsiya» emas, aksincha «konsensus» ekanligi tarixiy va zamonaviy nazariyalar asosida isbotlangan; 
O‘zbekistonda «konsensus» nazariyasini rivojlantirishda jamoaviy hayot tarzi, o‘zbek xalqiga xos vazminlik, tenglik va umumiy manfaatlar birligi umumqadriyatlar tizimidagi umumturkiy, islomiy va o‘zbekona qadriyatlarning o‘zaro uyg‘unligi yosh avlodning tafakkuri hamda dunyoqarashida mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda muhim omil ekanligi asoslangan; 
yoshlar ongida ustuvorlik qilayotgan al`turizm, nigilizm dunyoqarashini o‘zgartirishda odob-axloqli, qalbi pok, diyonatli, to‘g‘riso‘z, halollik kabi milliy hamda vatanparvarlik va elsevarlik singari umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash asosida tarbiyalash milliy mahdudlik, missionerlik va prozeletizm kabi tahdidlarning oldini olishga xizmat qilishi dalillangan; 
mustaqillik yillarida diniy erkinlik ntijasida diniy qarashlar va rasm-rusumlarning ommaviy mazmun kasb etib, milliy turmush tarzining ajralmas qismiga aylanishi milliy va diniy qadriyatlar mutelik hamda fikr qaramligidan qutulish, milliy o‘zlikni anglashga xizmat qilishi bilan jamiyatda demokratik umumbashariy tamoyillarning qaror topishiga zamin yaratganligi asoslangan;
mafkuralar xilma-xilligi, axborot urushi, geosiyosiy manfaatlar to‘qnashuvi sharoitida zamonaviy jamiyat uchun milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligi konsepsiyasi ijtimoiy guruhlar qarashlari va e’tiqodini mustahkamlashi hamda yangi qadriyatlar shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilishi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1991-2017 yillarda O‘zbekistonda milliy va umumbashariy qadriyatlar tarixi taxlili bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar, olingan ilmiy natijalar hamda berilgan taklif va tavsiyalardan:
jahonda umumbashariy va milliy qadriyatlar o‘rtasida diniy-mafkuraviy ziddiyatlar mavjudligi hamda ushbu ziddiyatlarni hal etishning yagona yo‘li «kanfrontatsiya» emas, aksincha «konsensus» ekanligiga doir natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 noyabrdagi «Ichki ishlar organlari kadrlari bilan ishlash va ularning xizmatini tashkil etish tartibini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3413-son qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining intizomiy ustavining 1, 2, 3 va 7-boblarini, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2016 yil 30 maydagi «Ichki ishlar organlari xodimlarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida» gi 82-son buyrug‘ining 1, 2, 4, 5, 8-bandlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2019 yil 16 noyabrdagi 38/-1759-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki ishlar organlari xodimlarida milliy va umumbashariy qadriyatlarni qaror toptirish hamda rivojlantirish orqali ular orasida qonuniylik va xizmat intizomini mustahkamlashga xizmat qilgan;
yoshlar ongida ustuvorlik qilayotgan al`turizm, nigilizm dunyoqarashini o‘zgartirishda odob-axloqli, qalbi pok, diyonatli, to‘g‘riso‘z, halollik kabi milliy hamda vatanparvarlik va elsevarlik singari umumbashariy qadriyatlar uyg‘unligini ta’minlash asosida tarbiyalash milliy mahdudlik, missionerlik va prozeletizm kabi tahdidlarning oldini olishga xizmat qilishiga doir natijalardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 30 oktyabrdagi 04-13/4918-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarni milliy va umumbashariy qadriyatlarga sodiq, vatanparvar va fidoyi qilib tarbiyalash borasidagi ishlarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda «konsensus» nazariyasini rivojlantirishda jamoaviy hayot tarzi, o‘zbek xalqiga xos vazminlik, tenglik va umumiy manfaatlar birligi umumqadriyatlar tizimidagi umumturkiy, islomiy va o‘zbekona qadriyatlarning o‘zaro uyg‘unligi yosh avlodning tafakkuri hamda dunyoqarashida mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda muhim omil ekanligiga oid natijalardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi faoliyatida foydalanildi. (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2019 yil 29 oktyabrdagi 01-669-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi ish rejasida foydalanishi hamda amaliyotga joriy etilishi fuqarolarning milliy va umumbashariy qadriyatlarini rivojlantirish, jamiyat barqarorligini ta’minlashning mafkuraviy omillariga partiya e’tiborini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan;
mustaqillik yillarida diniy erkinlik ntijasida diniy qarashlar va rasm-rusumlarning ommaviy mazmun kasb etib, milliy turmush tarzining ajralmas qismiga aylanishi milliy va diniy qadriyatlar mutelik hamda fikr qaramligidan qutulish, milliy o‘zlikni anglashga xizmat qilishi bilan jamiyatda demokratik umumbashariy tamoyillarning qaror topishiga zamin yaratganligi borasidagi natijalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2019 yil 8 noyabrdagi 02/09-1508-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish orqali mamlakatimizda aholi, ayniqsa yoshlarning intellektual salohiyati, tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash hamda ularda milliy va umumbashariy qadriyatlarni rivojlantirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish