Yarmatov Raximboy Baxramovichning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish», 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Ped112.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Isakulova Nilufar Janikulovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Rasulov Baxtiyor Maxmudjonovich, tarix fanlari doktori, professor; Kiyamov Nishon Sadiqovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy metodik tayyorlash jarayoni trening, debat, loyihalash kabi imitatsion texnologiyalarning integratsiyasiga ustuvorlik berish, ta’lim vositalaridan foydalanishning mexanizmlari va model` komponentlarining uzviy bog‘liqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak tarix o‘qituvchisining kasbiy metodik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari darajasi individual, ijodiy tashxis etish komponentlariga ustuvorlik berish orqali diagnostik, motivatsion, rivojlantirish, korreksiyalash kabi baholash portfolio texnologiyalari hamda o‘quv-metodik va didaktik ta’minotini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilari kasbiy metodik tayyorgarligining polifaktor modeli kasbiy yo‘naltirilgan muhit va shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar orqali reproduktiv, produktiv, qisman izlanishli kabi innovatsion kasbiy tayyorgarlik darajalarini umumlashtirishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
muammoli-integrativ yondashuv bo‘yicha bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetentligi loyihalanadigan ta’lim sifatining maxsus, psixologik-metodik, xususiy-metodik, texnologik-metodik kabi integrativ ko‘rsatkichlari orqali tarix fani o‘qitish faoliyatiga shaxsiy munosabatni aks ettiruvchi hissiy (qiziqish va ehtiyojni oshirish) munosabatini qaror toptirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligi nazariy-metodologik, fanlararo yondashuvlarga hamda tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda tizimli kasbiy tayyorgarlik sifati individual ta’lim traektoriyalarini ijodkorlik yondashuviga mos ravishda aloqadorlik, uzviylik, zamonaviylik tamoyillari asosida ishlab chiqilgan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish asosida takomil-lashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak tarix o‘qituvchilarini kasbiy  metodik tayyorlash jarayoni trening, debat, loyihalash kabi imitatsion texnologiyalari integratsiyasiga ustuvorlik berish orqali metodik tizimi modeli ta’lim vositalaridan foydalanishning mexanizmlari va model komponentlarining uzviy bog‘liqligi asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-son, 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyruqlari). Mazkur kompetensiyalar pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining metodik bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchisining kasbiy metodik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari darajasi kognitiv, individual, ijodiy tashxis etish komponentlariga ustuvorlik berish orqali diagnostik, motivatsion, rivojlantirish, korreksiyalash kabi baholash portfolio texnologiyalari dasturiy ta’lim vositalari hamda o‘quv-metodik va didaktik ta’minotini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar “Tarix o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 fevraldagi 89-03-727-son ma’lumotnomasi). Natijada, respublika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini shakllantirish, rivojlantirish va takomillashtirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak tarix o‘qituvchilari kasbiy metodik tayyorgarligining polifaktor modeli kasbiy yo‘naltirilgan muhit va shaxsiy-faoliyatli yondashuvlar orqali reproduktiv, produktiv, qisman izlanishli, kreativ kabi innovatsion kasbiy tayyorgarlik darajalarini umumlashtirish va tarix fani bo‘yicha tadqiqotlarga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga oid taklfilar A-1-121 raqamli “Milliy tarbiya va yoshlar dunyoqarashini shakllantirish” (2015-2017 yy.)  mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 fevraldagi 89-03-727-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
muammoli-integrativ yondashuv bo‘yicha bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetentligi loyihalanadigan ta’lim sifatining integrativ ko‘rsatkichlari (maxsus, psixologik-metodik, xususiy-metodik, texnologik-metodik) orqali kognitiv, tarix o‘qitish faoliyatiga shaxsiy munosabatni aks ettiruvchi hissiy (tarix faniga qiziqish va ehtiyojni oshirish) munosabatni qaror toptirish asosida takomillashtirishga oid takliflar KA1-002 raqamli “Uzluksiz ta’limning kasbga yo‘naltirilgan mazmunini klasster texnologiyalari asosida ishlab chiqish va joriy etish” nomli (2015-2017 yy.) mavzusidagi amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 fevraldagi 89-03-727-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak tarix o‘qituvchilari halqaro standartlar va milliy tadqiqotchilik kompetentligining pedagogik monitoringini o‘tkazish metodikasini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
muammoli-integrativ yondashuv bo‘yicha bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining tadqiqotchilik kompetentligi loyihalanadigan ta’lim sifatining integrativ ko‘rsatkichlari (maxsus, psixologik-metodik, xususiy-metodik, texnologik-metodik) orqali kognitiv, tarix o‘qitish faoliyatiga shaxsiy munosabatni aks ettiruvchi hissiy (tarix faniga qiziqish va ehtiyojni oshirish) munosabatni qaror toptirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarix o‘qitish metodikasi” darsligi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 fevraldagi 89-03-727-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak tarix o‘qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini rivojlanganlik darajasini aniqlash tizimi takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish