Muminova Aziza Arslonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Reklama matnida undash kategoriyasining verballashuvi (fransuz, o‘zbek va rus tillari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Fil317. 
Ilmiy maslahatchi: Madjidova Ra’no Urishevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor; Salimov Rustam Davletovich, filologiya fanlari doktori, professor (Tojikiston).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. reklama matnidagi undash kategoriyasini fransuz, o‘zbek, rus tillarida ifodalashning verbal vositalarini kompleks tahlil qilish va tasvirlash orqali ularning lingvopragmatik va lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
reklamani semantik, sintaktik, pragmatik, janriy-stilistik, kognitiv, lingvomadaniy va boshqa jihatlardan tasvirlashning nazariy asoslarini ishlab chiqish orqali repisientga nutqiy ta’sir qilish mexanizmi muammosi ma’lum darajada ta’sir qilishi hamda uni muayyan harakatlarni bajarishga undashi dalillangan;
fransuz, o‘zbek va rus tillaridagi reklama matnlarida undash kategoriyasi preskriptiv (xarakatni bajarishga undovchi jumla-iboralar); rekvestiv (so‘zlovchining manfaatlarini hisobga olgan holda harakatni bajarishga undovchi jumla-iboralar); suggestiv (maslahatni ifadolovchi jumla-iboralar) semalarda ifodalanishi asoslangan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda reklamaga xos bo‘lgan adresant va adresatni farqlash unda buyruq fe’llari bo‘lgan direktiv nutq harakatlaridan foydalanish darajasining yuqoriligini talab qilgan holda shaxsiy muloqot effektini yaratish va adresantga ishonchni shakllantirish istagi foydalanish chastotasining yuqoriligini talab etishi isbotlangan; 
fransuz, o‘zbek va rus tillaridagi reklama matni mohiyati so‘zlarni sifatli tanlash bilan belgilanishi; undash kategoriyasi fonetik (intonatsiya, alliteratsiya, assonans, konsonans-dissonans, taqlid), leksik va undashni yashirin ifodalash fonida shakliy vosita bo‘lib xizmat qiluvchi grammatik vositalarda o‘z ifodasini topishi asoslangan; 
reklama beruvchi yoki reklama matni muallifining chog‘ishtirilayotgan tillardagi nutq taktikasi kommunikativ maqbullik kayfiyatini yaratishga yo‘naltirilgan salbiy axborot shaklini optimal yumshatish tamoyiliga asoslanishi aniqlangan; 
bugungi kun jamiyatida reklama matni, bir tomondan, axborot beruvchi, izohlovchi, jalb etuvchi, undovchi, qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi kommunikatsiya vositasi bo‘lsa, boshqa tomondan, xalq psixologiyasi va madaniy-milliy mentalitetiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiylashuv argumenti ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fransuz, o‘zbek va rus tillaridagi reklama matnlarining lingvopragmatik va lingvomadaniy xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
reklamani semantik, sintaktik, pragmatik, janriy-stilistik, kognitiv, lingvomadaniy va boshqa jihatlardan tasvirlashning nazariy asoslarini ishlab chiqish orqali repisientga nutqiy ta’sir qilish mexanizmi muammosi ma’lum darajada ta’sir qilishi hamda uni muayyan harakatlarni bajarishga undashiga oid xulosalardan OT-A1-018 raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliyaviy ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 24 avgustdagi 89-03-2304-son ma’lumotnomasi). Natijada resipientga nutqiy ta’sir qilish mexanizmi uni muayyan harakatlarni bajarishga undashga imkon berdi;
fransuz, o‘zbek va rus tillaridagi reklama matnlarida undash kategoriyasi preskriptiv (xarakatni bajarishga undovchi jumla-iboralar); rekvestiv (so‘zlovchining manfaatlarini hisobga olgan holda harakatni bajarishga undovchi jumla-iboralar); suggestiv (maslahatni ifadolovchi jumla-iboralar) semalarni ifodalash borasidagi xulosalardan A-1-61 raqamli “Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fani bo‘yicha audiokitob yaratish” amaliy loyihasini amalga oshirishda samarali foydalanildi (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 24 avgustdagi 89-03-2304-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida yaratilgan audiokitob mazmunan boyishga erishilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarda reklamaga xos bo‘lgan adresant va adresatni farqlash unda buyruq fe’llari bo‘lgan direktiv nutq harakatlaridan foydalanish darajasining yuqoriligini talab qilgan holda shaxsiy muloqot effektini yaratish va adresantga ishonchni shakllantirish istagi foydalanish chastotasining yuqoriligini talab etishiga oid xulosalardan Fransuz Al`yansining «La petite brocante», «Diagnostic de l'architecture monumentale et des coupoles» tadbirlarida foydalanildi (Fransuz Al`yansining 2021 yil 15 iyundagi 11-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tegishli fan va maqsad va vazifalarini tushunishi osonlashgan.
fransuz, o‘zbek va rus tillaridagi reklama matni mohiyati so‘zlarni sifatli tanlash bilan belgilanishi; undash kategoriyasi fonetik (intonatsiya, alliteratsiya, assonans, konsonans-dissonans, taqlid), leksik va undashni yashirin ifodalash fonida shakliy vosita bo‘lib xizmat qiluvchi grammatik vositalarda o‘z ifodasini topishi borasidagi xulosalardan  “Madaniyatlararo va kommunikativ yondashuv nigohida magistratura mutaxassisligi bo‘yicha nazariy fanlardan ingliz tilida darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish va o‘zbekcha-inglizcha-ruscha lingvistik terminlar izohli lug‘atini tuzish” amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 24 avgustdagi 89-03-2304-son ma’lumotnomasi). Natijalar fonetik, leksik va grammatik vositalarda o‘z ifodasini topishi imkonini berdi; 
reklama beruvchi yoki reklama matni muallifining chog‘ishtirilayotgan tillardagi nutq taktikasi kommunikativ maqbullik kayfiyatini yaratishga yo‘naltirilgan salbiy axborot shaklini optimal yumshatish tamoyiliga asoslanishiga oid xulosalardan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 7 iyundagi 01-03/758 son ma’lumotnomasi). Natijalar bir qator yozuvchi va shoirlarning nasriy hamda nazmiy asarlarini yaratishda muhim manba bo‘lib xizmat qildi;  
bugungi kun jamiyatida reklama matni, bir tomondan, axborot beruvchi, izohlovchi, jalb etuvchi, undovchi, qaror qabul qilishga ko‘maklashuvchi kommunikatsiya vositasi bo‘lsa, boshqa tomondan, xalq psixologiyasi va madaniy-milliy mentalitetiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiylashuv argumenti ekanligi borasidagi xulosalardan “O‘zbekistonda xorijiy tillar” elektron jurnalini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 24 avgustdagi 89-03-2304-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy jamiyatda kommunikatsiya vositasi bo‘lgan reklama matnlarining o‘rni haqidagi ilmiy, amaliy va metodologik g‘oyalar asosi bo‘lib xizmat qildi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish