Rajabova Ma’rifat Baqoevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Alisher Navoiy ijodida fol`klor janr, motiv va obrazlar stilizatsiyasi», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Fil220.
Ilmiy rahbar: O‘raeva Darmon Saidahmedovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti. DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Qayumov Olim Sadiriddinovich filologiya fanlari doktori, dotsent; Dilorom Salohiy, filologiya fanlari doktori, professor; Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiyning o‘z ijtimoiy, tasavvufiy qarashlarini fol`klorning an’anaviy janr, motiv, obrazlarini novatorona uslubda stilizatsiya qilish orqali badiiy ifodalash mahoratini ochish asosida o‘zbek mumtoz adabiyotida janrlarning boyitilish yo‘llari, poetik qonuniyatlari, shakliy-uslubiy yangilanishlarning omillari, fol`klorizm tiplarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alisher Navoiy ijodining mifologiya va xalq poetik an’analariga ijodiy va yangicha munosabati, falsafiy, ilohiy-irfoniy mazmundagi agiografik afsona va rivoyatlarni o‘zida badiiy sintezlashtirgani, xalq tarixi, san’ati, etnografiyasi tasviri asosida etnografik, og‘zaki ijod, janr, motiv, obrazlari zamirida stilizatsion fol`klorizmlarni vujudga keltirgani aniqlangan;
shoir ijodida o‘zbek fol`klorining mif, afsona, rivoyat, ertak, doston, latifa singari epik, lirik va marosim qo‘shiqlari, yig‘i-yo‘qlovlar hamda paremik xarakterdagi maqol, topishmoqlar, shuningdek olqish, qarg‘ish kabi so‘z sehriga ishonchni ifodalovchi kichik janrlar stilizatsiyasiga xos shakliy va mazmuniy xususiyatlari dalillangan;
Alisher Navoiy ijodida xalq tomosha san’ati, madaniyati, marosim va urf-odatlari tasviri asosida vujudga keltirilgan etnografik fol`klorizmlarning diniy, mifologik, real turmush bilan bog‘liq tarixiy-ijtimoiy ildizlari, hayotiy uydurmaga asoslangan badiiy mazmun asosida aniqlangan;
Alisher Navoiyning xalq dostonlari, motam marosimi qo‘shiqlari, topishmoq, olqishlar asosida yaratgan doston, marsiya, marsiya-g‘azal, marsiya-tarkibband, lug‘z (chiston), muammo, munojot, ruboiy-olqish, ta’rix-olqish singari janrlar bilan o‘zbek mumtoz adabiyotining janrlar tarkibini boyitgani isbotlangan;
mifologik jang, telbalik, farzandsizlik, tush, sehrli raqamlarga aloqador fol`klor motivlari, ajdar, dev, pari, Semurg‘ kabi asotiriy, farishta, shayton, jin, Xizr singari diniy-afsonaviy, Navro‘z, dehqon, arus (kelin), lo‘li, bozor, it, tiriklik suvi kabi obrazlaridan tasavvufiy, ilohiy-irfoniy qarashlarni ifodalashdagi shoir mahorati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Alisher Navoiy ijodida fol`klor janr, motiv va obrazlari stilizatsiyasi masalasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda joriylangan:
Alisher Navoiy ijodining mifologiya va xalq poetik an’analariga munosabati, falsafiy, ilohiy-irfoniy mazmundagi agiografik afsona va rivoyatlarni o‘zida badiiy sintezlashtirgani yuzasidan chiqarilgan ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 raqamli «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» (2012-2016 yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qaraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 19 fevraldagi 24/01-son ma’lumotnomasi). Natijada og‘zaki ijod janr, motiv, obrazlari zamirida stilizatsion fol`klorizmlar vujudga kelishi aniqlangan;
shoir ijodida o‘zbek fol`klorining mif, afsona, rivoyat, ertak, doston, latifa singari epik, lirik va marosim qo‘shiqlari, yig‘i-yo‘qlovlar hamda paremik xarakterdagi maqol, topishmoqlar, shuningdek, olqish, qarg‘ish kabi so‘z sehriga ishonchni ifodalovchi kichik janrlar stilizatsiyasiga doir nazariy xulosalardan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish» (2017–2020 yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qaraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 19 fevraldagi 24/01-son ma’lumotnomasi). Natijada fol`klor va yozma adabiyot janrlarining nazariy masalalariga oid tahliliy ma’lumotlar takomillashtirilgan;
Alisher Navoiyning ijtimoiy, diniy-tasavvufiy g‘oyalarni ifodalashda afsona, rivoyat, fol`klorning an’anaviy motiv va obrazlari mazmunidan foydalanishdagi mahoratiga doir ilmiy xulosalari 2018-2019 o‘quv yili davomida Ozarbayjon Respublikasi Milliy ilmlar akademiyasi va Baku davlat universitetida amaliyotga tadbiq etilgan (Ozarbayjon-Turkmaniston-O‘zbekiston adabiy aloqalar bo‘limining 2021 yil 13 fevraldagi 82-son ma’lumotnomasi). Natijada turkiyzabon xalqlar tasavvuf adabiyotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tasavvufiy g‘oyalarning fol`klor an’analari vositasida ifoda etilishi bo‘yicha talabalarda yangi tushuncha va ko‘nikmalarni shakllantirishga, adabiyot ta’limi mazmunini chuqurlashtirishga, Ozarbayjon Respublikasi Baku davlat Milliy ilmlar akademiyaning «Ozarbayjon – Turkmaniston – O‘zbekston adabiy aloqalar» bo‘limida tashkil etilgan «O‘zbek adabiyoti tarixi» va «Sharq xalqlari tasavvuf adabiyoti» kursi yuzasidan darslar, seminarlar tashkil qilishga, sohaga oid o‘quv qo‘llanmalar va uslubiy ko‘rsatmalar yaratish rejasini loyihalashga yordam bergan;
fol`klor buyuk o‘zbek mutaffakkiri Alisher Navoiy ijodiyotining g‘oyaviy-badiiy takomilida, xalqchilligi ta’minlanishida asosiy manbalardan biri ekanligi borasidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Mir Arab oliy madrasasida «Tasavvuf», «Tasavvuf atamalari» singari darslarni o‘qitishda, millatimiz iftixori sanalgan Mir Alisher Navoiy tavalludi munosabati bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda tadqiqot natijalaridan foydalanilgan (O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Mir Arab oliy madrasasining 2021 yil 17 iyuldagi 82-son dalolatnomasi). Natijada farishta, shayton, jin, Xizr singari diniy-afsonaviy obrazlardan tasavvufiy, ilohiy-irfoniy qarashlarini badiiy ifodalashdagi poetik mahorati bilan bog‘liqligi asoslangan;
Alisher Navoiyning xalq og‘zaki ijodiga xos janr, obraz va motivlardan ijodiy foydalanib, mumtoz adabiyotda doston, chiston (lug‘z), muammo, ta’rix, marsiya singari qator janrlar, turli mifologik va afsonaviy obraz, motivlar asosida o‘z davri voqeliklarini, irfoniy tushunchalarni ifodalashda san’atkorlik ko‘rsatgani, insonni ma’naviy kamolotga etaklovchi qarashlarni xalq uslubida badiiy ifodalashga erishgani haqidagi ilmiy xulosalardan «Buxoro» telekanalining «Dolzarb mavzu», «Interv`yu plyus», «Assalom, Buxoro», «Sakkizinchi mo‘’jiza» ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (Buxoro viloyat milliy teleradiokompaniyasining 2021 yilning 16 martdagi 1/78-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ishning ilmiy natijalari vositasida ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukamallashuvi, ilmiy-ommabopligi, teletomoshabinlarning badiiy adabiyotda komil insonni kamolotga etaklovchi g‘oyalar, nafsni engish, poklikka intilish bilan bog‘liq axloqiy tushuncha-qarashlari, bilimi kengayishi, kitobxonlikka qiziqishi ta’minlangan.