Qosimova Nargis Sunnat qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ekologik jurnalistika O‘zbekiston siyosatida: rivojlanish tendensiyalari va o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish usullari”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSs/Fil.302.
Ilmiy maslahatchi: Mo‘minova Patima Izzatullaevna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.30/30.12.2019.Fi1.14.01 raqamli Ilmiy kengash asosida Bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Muxtor, filologiya fanlari doktori, professor; Mamatova Yakutxon Muxammadjonovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sanginov Saidrasul Saidakbarovich, falsafa fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi ekologik siyosati yo‘nalishlari hamda ekologik muammolarni yoritishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyatini va aholining ekologik ongini shakllantirish hamda madaniyatini rivojlantirishda milliy mass-medianing ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda ekologik jurnalistika ixtisoslashgan ilmiy yo‘nalish sifatida umumiy jurnalistika negizida shakllangani, ekologiya sohasida davlat siyosatini amalga oshirishda keng ko‘lamli axboriy va ma’rifiy faoliyat yuritayotgan OAV (2010-2020 yillar) jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotganligi dalillangan;
inson faoliyati natijasida atrof-muhitga etkazilayotgan zarar, ekologik muammolar hamda tabiatni asrashga qaratilgan ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, ishlab chiqarish, tarqatish va namoyish etishga qaratilgan jurnalistik faoliyatda ekologik jurnalistikaning o‘rni yuqori ekanligi dalillanib, ekologiyaga oid qarashlar, tamoyillar tizimini, sodir bo‘layotgan ekojarayonlarni tushunish, anglash, izohlash va yoritish jarayonlarini takomillashtirish orqali jamiyatda ekologik ong va madaniyatni shakllantirish konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
ekologik xavfsizlik masalalariga etarlicha e’tibor bermaslik davlatning ekologik siyosati, jamiyat hayoti va ongiga salbiy ta’sir qilishi OAVda chop etilgan va ekologik muammolarni ochib berishga yo‘naltirilgan mediamateriallar asosida isbotlangan;
O‘zbekiston Respublikasida ekologik siyosatni yoritishda OAVning rolini baholash, auditoriyaning ekologik muammolarga munosabatini bilish, mavzuni yoritishda ko‘tarilayotgan masalalarning o‘quvchilarga ta’sirini o‘rganishda televidenie, radio tahririyatlarida materiallarning reytingini aniqlash uchun zamonaviy mediametriya instrumentlaridan foydalanish zarurati isbotlangan;
transchegaraviy ekologik muammolarni yoritish va ularning echimini topishda ekologiya sohasida axboriy hamkorlikning zarurati ekologik yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan OAV kontenti orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning atrof-muhitni muhofaza qilish siyosatini amalga oshirishda ekologik jurnalistikasining milliy jurnalistikadagi o‘rni va ixtisoslashgan jurnalistika yo‘nalishi sifatida  professional jurnalistikaga ta’sirini aniqlash orqali olingan ilmiy natijalar quyidagi asosda amalga oshirilgan:
ekologik muammolarning ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilishi, ekologik tashkilotlar faoliyatining, ijtimoiy ekologik tashabbuslarning ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi ekolog.uz sayti va https://t.me/ekologuz Telegram kanalining tashkil etilishiga, respublika miqyosida faoliyat yuritayotgan jurnalist va blogerlar uchun “Global iqlim o‘zgarishining OAVda yoritilishi” hamda “Suv va suvdan foydalanish masalalarining OAVda yoritilishi” mavzularida Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda seminar-treninglar o‘tkazilishiga asos bo‘ldi (Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazining 2020 yil 18 fevraldagi 5-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan 200 nafar jurnalist va blogerlarning ekologik mavzudagi materiallarni tayyorlash, jurnalistik surishtiruv o‘tkazish, axborot manbalari bilan ishlash borasidagi bilimlari oshib, ko‘nikmalari shakllangan;
materiallarning janrlari va ta’sirchanlik usullari O‘zbekistonda jurnalist va blogerlar uchun ekologik muammolar borasida seminar-treninglar o‘tkazishda Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazning O‘zbekistondagi filiali tomonidan foydalanilib (Markaziy Osiyo Mintaqaviy ekologik markazning O‘zbekistondagi filialining 2020 yil 24 avgustdagi UZ-2020-L-080-son ma’lumotnomasi); O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi muassisligidagi “Shinor ENK” ekologik-noshirlik kompaniyasi tomonidan nashr etiladigan “Ekologik xabarnomasi-Ekologicheskiy vestnik” ilmiy-amaliy jurnalida  mazmuni va mundarijasini yanada boyitish, “Ekojurnalistika” ruknini tashkil qilish uchun qo‘llanilgan (“Ekologik xabarnomasi-Ekologicheskiy vestnik” ilmiy-amaliy jurnali tahririyatining 2020 yil 21 avgustagi 52-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy ishda qo‘llanilgan tushunchalar va janrlarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha nazariy konsepsiyalar taqdim etilgan;
o‘tkazilgan so‘rovlar, bevosita ekologik jurnalistikaga ixtisoslashgan nashrlarning O‘zbekiston Respublikasi ekologik siyosatini yoritish borasidagi kontent tahlili, ekologik muammolarni yoritishda jurnalistik mahorat mezonlarini aniqlash borasida olingan natijalar “Nuroniy” gazetasi, “Keksalik gashti” jurnali va Fikrat.uz axborot portali sahifalarida (“Nuroniy” gazetasi, “Keksalik gashti” jurnali tahririyatlarining 2020 yil 18 avgustdagi 103-01/x-20-son ma’lumotnomasi); “Qishloq hayoti” gazetasida (“Qishloq hayoti” gazetasi tahririyatining 2020 yil 26 avgustdagi 26-son ma’lumotnomasi), O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining “Ishonch-Doverie” gazetalarida “Ekologiya”, “Tabiat va biz”, “Ekomuammo” ruknlarini tashkil etish(“Ishonch-Doverie” gazetalari qo‘shma tahririyatining 2020 yil 24 avgustdagi 38-son ma’lumotnomasi); Qalampir.uz internet nashrida “Ekomuvozanat” (Qalampir.uz internet nashrining 2020 yil 20 avgustdagi  Q-09-20-son ma’lumotnomasi); O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yangi O‘zbekiston- Pravda Vostoka” gazetalarida “Ekologiya” (“Yangi O‘zbekiston- Pravda Vostoka” gazetalari qo‘shma tahririyatining 2020 yil 18 avgustagi 146-son ma’lumotnomasi); “Tabiat va hayot” gazetasida “Atrof-muhit va biz” kabi ruknlarni tashkil etishda (“Tabiat va hayot”  gazetasi tahririyatining 2020 yil  20 avgustdagi T/H- 10-son ma’lumotnomasi), ekologik mazmundagi jurnalistik materiallarni boyitishda, gazeta mazmuni sifatini oshirishda, O‘zbekistonning ekologik siyosati va mamlakatdagi mavjud ekologik muammolarni yoritishga bag‘ishlangan, aholining ekologik bilimini oshirishga qaratilgan maqola, lavha, xabar, fotoreportaj va interv`yular tayyorlashda foydalanilgan. Natijada mazkur bosma ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan jurnalistlarning ekologik mavzuni yoritish borasidagi mahorati oshgan;
tahlilga tortilgan ekologik mavzudagi jurnalistik materiallar samaradorligining reyting ko‘rsatkichlarini aniqlash borasida olingan natijalar “Dunyo boʻylab” teleradiokanalida tayyorlanib, efirga uzatilayotgan “Muvozanat”, “Ekspedisiya (Suv yoqalab)”, “Ekominbar” kabi ekologik mavzudagi turkum teledasturlarning mazmun-mohiyatini boyitishda qo‘llanildi va “Ekopatrul`” ko‘rsatuvini tashkil etilishiga turtki bo‘lgan (“Dunyo boʻylab” teleradiokanalining 2020 yil 21 avgustdagi 08-14-201-son ma’lumotnomasi); “Oʻzbekiston” teleradiokanalida tayyorlab, efirga uzatilayotgan “Mo‘’jizakor makon”, “Agroolam” ekologik mavzudagi turkum teledastur, “Ekohayot” kabi radiodasturlarning sifatini oshirishda hamda “Ekomuvozanat” nomli radioeshittirishni tashkil etilishiga xizmat qildi (“Oʻzbekiston” teleradiokanalining 2020 yil 20 avgustdagi 02-14-774-son ma’lumotnomasi); Jizzax viloyat teleradiokompaniyasida “Ekomuammo” teleko‘rsatuvini tashkil etishda (Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 21 avgustdagi 01-08/653-son ma’lumotnomasi); Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasida “Tabiat do‘sti” radioeshittirishini tayyorlashda (Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 24 avgustdagi 01-19-183-son ma’lumotnomasi); O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Mahalla” teleradiokanalida efirga uzatilayotgan “Jurnalist nigohida” teleko‘rsatuvi va “Ekomuvozanat” radiodasturlarining yo‘nalishini belgilash, atrof-muhit muhofazasiga bag‘ishlangan jurnalistik materiallarning mazmunini boyitish va sifatini oshirishda (“Mahalla” teleradiokanalining 2020 yil 21 avgustdagi 01-16-329 -son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada nazariy xulosalar va amaliy tavsiyalar kontentda asosiy manba sifatida qo‘llanilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish