Amonova Zilola Qodirovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Nasimiy ijodining o‘zbek adabiyotiga ta’siri», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.DSc/Fil102.
Ilmiy rahbar: Haqqulov Ibrohim Chorievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti. DSc.03/04.06.2021.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Isroil Isomiddinovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Hamidulla Boltaboev filologiya fanlari doktori, professor; Nurboy Jabborov filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nasimiy she’riyatining o‘zbek shoirlari ijodiga ta’sirini tarixiy-xronologik, qiyosiy-tipologik, adabiy aloqa va ta’sir nuqtai nazaridan asoslash orqali an’anaviy motiv, obraz, ifoda uslubiga xos xususiyatlarni, poetik transformatsion jarayonlarni ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Nasimiy ijodiyotining hurufiylik bilan bog‘liqligi dalillanib, she’riyatning geografiyasi, vakillari, shakllanish asoslari va manbalari hamda badiiy talqin komponentlari isbotlangan;
ozar shoiri Imodiddin Nasimiyning Mansur Halloj qarashlari, hurufiylik g‘oyalari asosida yaratgan she’riy asarlarining ozarbayjon, usmonli turk, turkman, o‘zbek fol`klori va adabiyoti taraqqiyotiga ko‘rsatgan adabiy ta’siri asoslangan;
o‘zbek adabiyoti taraqqiyotining turli bosqichlarida ijod qilgan Atoiy, Lutfiy, Hofiz Xorazmiy, Alisher Navoiy, Z.M.Bobur, Qul Ubaydiy, Boborahim Mashrab, Ogahiy, Komil Xorazmiy, Haziniy kabi shoirlar tomonidan ilohiy ishq va irfon talqinida Nasimiy she’rlaridan ilhomlanib, adabiy-estetik qarashlaridan ta’sirlanib yaratilgan asarlarining g‘oyaviy-badiiy jihatdan mushtarak belgilari, mavzular olamidagi hamohanglik, vazn, qofiya, badiiy tasviriy vositalardan foydalanishdagi o‘xshashliklarning aks etishi dalillangan;
adabiy ta’sir zavqi bilan yozilgan she’rlarning janriy, ritmik-kompozision vazni, qofiya tuzilishi, obrazlar tarkibi, badiiy til xususiyatlari shoirlar mahorati nuqtai nazaridan qiyosiy-tipologik, hurufiylik g‘oyalari ifodasidagi ilohiy ishq va irfon talqinidagi umumiylik va mazkur g‘oya ifodasidagi adabiy-estetik qarashlari, badiiy mahorat kabi xususiy poetik xossalari isbotlab berilgan;
Nasimiy ijodi hamda obraziga tarixiy-xronologik va qiyosiy-tipologik munosabat, shoir asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish orqali poetik transformatsion tabiati dalillangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nasimiy ijodining o‘zbek adabiyotiga ta’siri masalasini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar quyidagi yo‘nalishlarda joriylangan:
iste’dodli shoir Nasimiy ijodiyoti turkiy xalqlar fol`klori va adabiyotining g‘oyaviy-badiiy takomilida asosiy ta’sir ko‘rsatgan manbalardan biri bo‘lgani, fol`klor va yozma adabiyot janrlari o‘zaro ta’sir asosida shakllanib kelgani haqida olingan xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» (2012–2016 yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 19 fevraldagi 25/01-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek mumtoz adabiyotining an’anaviy janr, mavzu va obrazlarining fol`kloriy asoslarini ochish, yangi shakliy va mavzuiy izlanishlar qilishda stilizatsiya hodisasining o‘rnini belgilab ko‘rsatish bo‘yicha xulosalar chiqarishga erishilgan;
fol`klorning iste’dodli ijodkori Nasimiy she’riyati g‘oyaviy-badiiy takomilidagi xalqchilligini ta’minlashda asosiy manbalardan biri ekanligini tadqiq etish bo‘yicha chiqarilgan xulosalardan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish» (2017–2020 yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 6 yanvardagi 89-03-58-son ma’lumotnomasi). Natijada ozar shoiri Imodiddin Nasimiy ijodiyotiga fol`klorning ta’siri asosida o‘zbek fol`klori va adabiyoti taraqqiyotiga ko‘rsatgan adabiy ta’siriga oid tahliliy ma’lumotlar takomillashtirilgan; 
Imodiddin Nasimiy qo‘llagan janr, obraz va motivlardan Alisher Navoiyning o‘z asarlarida ijodiy foydalanganini dalillovchi misollar orqali shoir ijodiga xos badiiy mahorat va adabiy ta’sirlanish bo‘yicha chiqarilgan xulosalarlardan Ozarbayjon Respublikasi Milliy ilmlar akademiyasi va Baku davlat universiteti foydalangan (Ozarbayjon-Turkmaniston-O‘zbekiston adabiy aloqalar bo‘limining 2021 yil 13 fevraldagi 81-son ma’lumotnomasi). Natijada Nasimiyning arab harflari asosida ilohiy-irfoniy, tasavvufiy g‘oyalarni ramziy-timsoliy ma’nolarda badiiy ifodalash mahoratining mumtoz va zamonaviy o‘zbek shoirlari ijodiga ta’siri hamda ular ijodida yanada mazmuniy-uslubiy yangilanishlarga erishganligi isbotlangan;
Nasimiyning qator g‘azal va ruboiylarida inson va uning mavqei, olam va odam munosabatlari, umr o‘tkinchiligi, vaqtni behuda sarflamaslik, inson kamoloti, nafs tarbiyasi, go‘zal axloq, qalb tafsiyasi va ayniqsa, ilohiy ishq jozibasiga keng e’tibor qaratilishi bo‘yicha chiqarilgan xulosalarlardan O‘zbekiston Musulmonlari idorasi huzuridagi Mir Arab oliy madrasasida foydalanilgan (O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Mir arab oliy madrasasining 2021 yil 17 iyuldagi 81-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyoti taraqqiyotining turli bosqichlarida ijod qilgan Atoiy, Lutfiy, Hofiz Xorazmiy, Alisher Navoiy, Z.M.Bobur, Qul Ubaydiy, Boborahim Mashrab, Ogahiy, Komil Xorazmiy, Haziniy kabi shoirlar tomonidan ilohiy ishq va irfon talqinida Nasimiy she’rlaridan ilhomlanib, adabiy-estetik qarashlaridan ta’sirlanib yaratilgan asarlari yuzasidan ilmiy xulosalar chiqarishda ushbu tadqiqot natijalariga tayanildi.  
ozar mutafakkir shoiri Imodiddin Nasimiy hayoti va faoliyatining o‘zbek xalq og‘zaki ijodiga hamda  XV, XVI, XVII, XVIII va XIX asr shoirlari ijodiga adabiy ta’siri masalasi, qolaversa, zamonaviy adabiyot vakillari she’rlari orasida Nasimiyga atalgan va Nasimiy nomi bilan bog‘liq ijod namunalarining mavjudligi, ularning shoir motivlari asosida o‘z davri voqeliklarini, irfoniy tushunchalarni, insonni ma’naviy kamolotga etaklovchi qarashlarni badiiy ifodalashga erishgani haqidagi ilmiy xulosalardan «Buxoro» telekanalining «Dolzarb mavzu», «Interv`yu plyus», «Assalom, Buxoro», «Sakkizinchi mo‘’jiza» ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2021 yil 16 martdagi 1/79-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ishning ilmiy natijalari vositasida ushbu teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni ilmiy dalillar bilan boyitilishi, ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi kuchaytirilishi, badiiy adabiyotda komil insonni kamolotga etaklovchi g‘oyalar, nafsni engish, poklikka intilish bilan bog‘liq axloqiy qarashlar tahlili asosida teletomoshabinlarning bilimi, kitobxonlikka qiziqishi, axloqiy tushunchalari rivojlantirilishi ta’minlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish