Tulyaganova Vasila Sunatillaevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Mashinasozlik uchun elektrokeramika kompozision materiallarining samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/T462.
Ilmiy maslahatchilar: Negmatov Sayibjon Sodikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Abdullaeva Raisa Ismatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Talipov Nigmatilla Xamidovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Kadirova Zulayxo Raimovna, texnika fanlari doktori, professor; Turaxodjaev Nodir Djaxongirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mashinasozlik uchun elektrokeramika kompozision materiallarining samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tal`k asosida elektrokeramik kompozision materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasining ilmiy-nazariy asoslari ishlab chiqilgan;
dastlabki xomashyolarning kimyoviy va mineralogik tarkibi va xossalariga qarab, ularning elektrokeramika kompozisiyalarini ishlab chiqarishda kullash mumkinligi aniqlangan;
fizik-kimyoviy tekshirishlar natijasida maxalliy xomashyolar asosida elektrkeramik kompozisiya tarkibida mikrostrukturasi shakllanishining o‘ziga xosligi va faza tarkibi aniklandi, bunda asosan steatit va kordierit mikdorining yukoriligi, shishasimon faza, mullit va kvarsning mavjudligi asoslangan; 
mexanik faollashtirilgan mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslar asosida xossalari yaxshilangan elektrokeramika kompozision materiallarning samarali tarkiblari ishlab chiqildi va ularning elektr izolyasion buyumlar ishlab chiqarishda yaroqliligi aniqlangan;
kompozisiya massalarni pishirishda faza hosil bo‘lish jarayonining qonuniyatlari hamda yangi hosil bo‘lgan minerallarning hajm bo‘yicha tarqalish xarakteri aniqlangan;
faza hosil bo‘lish jarayonining va shishasimon fazaning keramik-texnologik va dielektrik xossalariga ta’sir qilish mexanizmi ishlab chiqilgan;
elektrokeramik kompozision namunalarning keramik-texnologik va dielektrik xossalarining xaroratga bog‘liqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Mashinasozlik uchun elektrokeramika kompozision materiallarining samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan elektrokeramik kompozision materiallarning samarali tarkiblari «Olmaliq KMK» AJ «NMvaQQ» IIChBda joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 24 noyabrdagi HA-009604-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan elektrokeramika materiallarining fizik-mexanik va elektroizolyasion hususiyatlari yaxshilangan ya’ni mexanik mustahkamligi 30% ga va elektrik mustahkamligini 8,0% oshirish imkonini bergan;
tal`k, leykokratoviy granit, dolomit, bentonit, kaolin va kremnezemli chiqindi asosida ishlab chiqilgan elektrokreamik kompozisiyalarning maqbul tarkiblari «Olmaliq KMK» AJ «NMvaQQ» IIChBda joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 24 noyabrdagi HA-009604-son ma’lumotnomasi). Natijada, pishish xaroratini etalonga nisbatan 500 S ga kamayishi, yonilg‘i energetik resurslarini tejash va tayyor maxsulot tannarxini 22%ga pasayish imkonini bergan;
yaratilgan samarali ishlab chiqarish texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJ «NMvaQQ» IIChBda joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 24 noyabrdagi HA-009604-son ma’lumotnomasi). Natijada, organik plastifikatorlar o‘rniga suvdan foydalanilib, gaz va suvli hamda qattiq chiqindilarni hosil qilmaydigan ekologik toza ishlab chiqarish texnologiyasini olish va «Olmaliq KMK» AJning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish