Gandjaeva Lola Atanazarovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Quyi Amudaryo yarimqattiqqanotlilari (Heteroptera) faunasi, morfologiyasi va ekologik xususiyatlari», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/B120.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Ikram Iskandarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xorazm Ma’mun akademiyasi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Kojevnikova Alevtina Grigorevna, biologiya fanlari doktori, professor; Medetov Maxsetbay Japakovich, biologiya fanlari doktori; Xusanov Alijon Karimovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Quyi Amudaryo hududida uchraydigan yarimqattiqqanotlilarning faunasi, morfologiyasi va bioekologik xususiyatlarini aniqlash hamda zararli turlariga qarshi kurash chora tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Quyi Amudaryo hududida tuproqda yashovchi yarimqattiqqanotlilar (Heteroptera) ekologik - faunistik  guruhlari aniqlangan;
tuproqda yashovchi qandalalarning tur tarkibi aniqlanib, ilk bor Xorazm viloyati faunasi uchun 39 turi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun 87 turi, O‘zbekiston faunasi uchun esa 3 turi (Heterocapillus tigripes (Meyer & Dur, 1852), Macrotylus herrichi (Reuter, 1873), Eurydema wilkinsi (Distant, 1879)) qayd etilgan;
yarimqattiqqanotlilarning morfologik ko‘rsatkichlari, trofik munosabatlari, hayotiy shakllari va sikllari ochib berilgan;
turli xil ekotizimlarda yarimqattiqqanotlilarning faunasi qiyosiy tahlil qilingan va ekologik ahamiyatini asoslangan;
karamguldoshlar qandalalarining zararli xususiyati aniqlanib, ularga qarshi parazit tuxumxo‘r Trissolcus (Ashmead, 1893) avlodini qo‘llash orqali biologik kurash usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Quyi Amudaryo yarimqattiqqanotlilari (Heteroptera) faunasi, morfologiyasi va ekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Quyi Amudaryo hududida tarqalgan yarimqattiqqanotlilarning (Heteroptera) 2 kenja turkum 89 avlodga tegishli 149 turiga mansub  180 nusxa hasharot namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan Zoologiya instituti “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2021 yil 5 apreldagi 4/1255-1000-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar yarimqattiqqanotlilarning fondini boyitgan va qandalalar turlari xilma-xilligini aniqlash va turlarini sistematik tahlil qilish imkonini bergan;
krestguldoshlar qandalalariga qarshi biologik kurash choralari bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi azirligining 2021 yil 13 apreldagi 02/025-1584-son ma’lumotnomasi). Natijada, parazit tuxumxo‘rlarning Trissolcus (Ashmead, 1893) avlodini karamguldoshlar qandalalariga qarshi qo‘llashda zararkunanda qandalalarning sonini 85% gacha kamaytirish imkonini bergan;
zararkunanda qandalalarga qarshi kimyoviy kurash yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar “O‘zagrokimyohimoya” AJ ning Xorazm viloyati xududiy boshqarmasi amaliyotiga joriy qilingan (“O‘zagrokimyohimoya” AJning 2021 yil 26 martdagi 02-13/158-son ma’lumotnomasi). Natijada, Amrell 600 60% em.k. va Agrofos Ekstra 60% em.k. kimyoviy preparatini gektariga 0,2-1,0 litr sarf-me’yorida qo‘llash orqali biologik samaradorligi 85-92,4% erishilgan hamda mevali daraxtlarda 3-4 sentner qo‘shimcha hosil olish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish