Tolibov Behzod Ibrohimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Qimmatbaho komponentlar ajratib olish maqsadida metallurgiya sanoati sul`fidli materiallari va keklarini kuydirish jarayonini takomillashtirish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/T463.
Ilmiy maslahatchi: Xasanov Abdurashid Salievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Shadrunova Irina Vladimirovna, texnika fanlari doktori, professor; Sharipov Hasan Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qimmatbaho komponentlar ajratib olish maqsadida metallurgiya sanoati sul`fidli materiallari va keklarini kuydirish jarayonini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sul`fidli mahsulotlarning to‘liq oksidlanmaslik va molibden dioksidi hosil bo‘lish sabablari aniqlandi, molibden sanoati mahsuloti, kuyindilar, molibden sanoati changlari va tanlab eritish keklarining mineralogik tuzilish tarkiblari asoslangan;
kuydirish jarayonigacha va kuydirish jarayonidan keyingi molibdenli birikmalarning mineralogik xususiyatlari aniqlangan;
kuydirish jarayoniga oksidli birikmalar hosil bo‘lish mexanizmlarining ta’siri asoslangan va sul`fidlarning kristall panjarasini o‘zgartiruvchi kislorodning eng maqbul ta’sir sharoitlari aniqlangan;
molibden ishlab chiqarish sanoatining asosiy mahsuloti hisoblangan molibden angidridi yuqori miqdorda bo‘lgan to‘liq oksidlangan kuyindi mahsulot olish uchun molibden sanoati mahsulotini aylanma quvurli pechda, qaynar qatlamli pechda va ko‘p tubli pechda oksidlab kuydirishning texnologik ko‘rsatkichlari, afzallik va kamchiliklari aniqlangan;
molibden sanoat mahsulotini oksidlab kuydirishning ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan va takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan, kuydirish jarayonida molibden dioksidining hosil bo‘lish sabablari aniqlangan;
kuydirish va ammiakli hamda sodali tanlab eritishning asosiy omillari asoslangan;
molibden sanoat mahsuloti va keklarini qayta ishlash texnologik sxemasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qimmatbaho komponentlar ajratib olish maqsadida metallurgiya sanoati sul`fidli materiallari va keklarini kuydirish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sul`fidli molibden mahsulotini oksidlab kuydirishning takomillashtirilgan texnologiyasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJda noyob metallar va qattiq qotishmalar ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi sul`fidli molibden konsentratlarini kuydirish jarayonida joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2021 yil 25 noyabrdagi AA-009633-son ma’lumotnomasi). Natijada, sul`fidsizlantirish darajasi oshirilishi ta’minlangan, ikki bosqichli tanlab eritishdan so‘ng 94% oksidlangan molibden eritmaga o‘tkazish imkonini bergan;
sul`fidli molibden konsentratlarini oksidlab kuydirish uchun o‘rnatilgan omillar Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJda molibden sanoati mahsulotini kuydirish jarayonida joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2021 yil 25 noyabrdagi AA-009633-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarkibida 90% gacha MoO3 bo‘lgan sifatli kuyindi olish orqali kuyindining erish darajasi 92% gacha oshirilishi ta’minlash imkonini bergan;
molibden sanoat mahsulotini past haroratda (550 ºS) 3-4 soat mobaynida oksidlab kuydirishning texnologik reglamenti Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJda sul`fidli molibden konsentratlarini kuydirish jarayonida joriy etilgan (Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2021 yil 25 noyabrdagi AA-009633-son ma’lumotnomasi). Natijada, MoO3 ning eritmaga o‘tishi 94% gacha ko‘tarilgan, boshqa kerakli qimmatbaho komponentlar kek tarkibida qolishi ta’minlash imkonini bergan.