Mirzaeva Gulnara Saidarifovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston urbanlashgan hududlarining ksilofag hasharotlari», 03.00.06 – Zoologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/B113.
Ilmiy maslahatchi: Xolmatov Baxtiyor Rustamovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, DSc.02/30.12.2019.B.52.01.
Rasmiy opponentlar: Kimsanboev Xo‘jamurot Xamraqulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Xurramov Alisher Shukurovich, biologiya fanlari doktori, dotsent; Zokirov Islomjon Ilhomjonovich biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston urbanlashgan hududlari ksilofag hasharotlarining tur tarkibi, bioekologiyasini aniqlash hamda asosiy zararkunandalar populyasiya miqdorini boshqarish strategiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonning urbanlashgan hududlarida ksilofag hasharotlar faunasining zamonaviy holati tahlil qilinib, 8 turkum 16 oila 26 avlodga mansub 27 turi aniqlangan;
O‘zbekistonning urbanlashgan hududlarida qayd etilgan Myrmecophilus acervorum (Panzer, 1799), Orosanga japonica (Melichar, 1898) va Cacotemnus rufipes (Fabricius, 1792) turlari O‘zbekiston faunasi uchun birinchi bor aniqlangan;
O‘zbekistonda ilk bor ksilofag hasharot sifatida pardaqanotlilar Hymenoptera turkumi, Antoforidlar - Anthophoridae oilasiga mansub, Anthophora uljanini Fedtschenko, 1875 antofora turi qayd etilib, uning rivojlanishining tuxum, lichinka va g‘umbaklik davri yog‘ochda rivojlanishi aniqlangan;
Anacanthotermes avlodiga mansub A. turkestanicus va A. ahngerianus termitlar turlari iz feromonining (konsentratsiyasi, muhit harorati, saqlash muddatlari, hamda termit tabaqalari va turiga bog‘liqligi) xususiyatlari ilk bor ochib berilgan;
A. turkestanicus va A. ahngerianus turlarini solishtirishda bir biriga yaqin turlarni mutatsiyasi va filogeniyasiga javob beradigan ikkita genetik marker: yadro ichida transkripsiyalangan rDNK genlarining (18S+ITS1+5.8S+ITS2+28S) sohalari va mDNK ni COI sohasi nuklotidlar ketma-ketligi o‘rganilgan va olingan natijalar asosida alohida tur ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston urbanlashgan hududlarining ksilofag hasharotlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
O‘zbekiston urbanlashgan hududlarida tarqalgan ksilofag hasharotlarning 8 turkum, 16 oila, 26 avlodga tegishli 27 turiga mansub 135 nusxa hasharot namunalari respublikada yetakchi bo‘lgan Zoologiya instituti “Zoologiya kolleksiyasi” noyob ob’ektiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublika Fanlar akademiyasining 2021 yil 27 oktyabrdagi 4/1255-2959-son ma’lumotnomasi). Natijada, namunalar respublikaning urbanlashgan hududlari bo‘yicha ksilofag hasharotlar fondini boyitgan va ular populyasiyalari tarqalishining zamonaviy holatini baholash hamda interfaol atlaslar tayyorlash imkonini bergan;
molekulyar genetik tadqiqotlar natijasida Anacanthotermes avlodi termit turlarining rDNK va mDNK (SOX) sohasi nukleotidlar ketma-ketligi bo‘yicha ma’lumotlar Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) bazasiga joylashtirilgan (Biotexnologik axborotlar milliy markazi (NCBI) ning 2021 yil 28 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, A. ahngerianus turi uchun - OK668213, OK668214; A. turkestanicus turi uchun - OK668391, OL273374 identifikatsiya raqamlari olingan va ular xalqaro miqiyosda turlarni aniqlash va filogeniyasini o‘rganish imkonini bergan;
ksilofag hasharotlarning biologiyasi, ekologiyasi va zarakunanda turlariga oid ilmiy natijalar asosida yaratilgan «Hasharotlar ekologiyasi» nomli darslik oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga kiritilgan bo‘lib, mazkur darslik 5140100 - Biologiya, 5630100 - Ekologiya va atrof muhit muhofazasi, 5410300 - O‘simliklar himoyasi va karantini bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda magistratura mutaxassisliklari o‘quv jarayoniga joriy etilgan (Guvohnoma, №507-047). Natijada, respublikamizda ksilofag - hasharotlarning tur tarkibi, faunasi, biologiyasi va ekologiyasi, landshaftlarda tarqalishi, zararli turlarini sonini boshqarish yuzasidan olingan ma’lumotlar fanlar mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirish imkonini bergan.