Maksudov Muzaffar Fatxullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronar arteriyalar va miokardning patologik o‘zgarishlari tashxisida MSKT va MRT zamonaviy usullarining qo‘llanilishi» 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib279.
Ilmiy maslahatchi: Ikramov Adxam Il`xamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik V. Voxidov nomli Respublika ixtisoslashtirilgan jarroxlik ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01
Rasmiy opponentlar: Dautov Tairxan Bekpolatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi); Alimov Doniyor Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori; Yusupalieva Gul`nora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronar arteriyalari va miokardi patologiyalari bo‘lgan bemorlarni mul`tispiral kompyuter tomografiya va magnit rezonanas tomografiyasi yordamida kompleks tashxislash samaradorligini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurak ishemik kasalligi taxmin qilingan bemorlarda koronar arteriyalari kal`sinozining xududiy xususiyatlari evropalik bemorlarga nisbatan, erkaklarda- 233,6 va ayollarda - 114,8 ni, O‘zbekiston tub aholisining koronar kal`siy indeksi kamroq namoyon bo‘lgan, erkaklarda–89,3 va ayollarda – 58,8ni  tengligi asoslangan;
koronar arterialarning stentlangan va kuchli namoyon bo‘lgan kal`sinoz segmentlarida ham 64-kesimli (66% va 74%) va 256-kesimli (75% va 83%) MSKT-koronarografiya uslubining tashxislash aniqligi pasayishi isbotlangan;
tamoyil kontrast suyuqlikni yuborish va nur tufayli zo‘riqishni pasaytirish natijasida chap qorincha miokardini dinamik KT-perfuziyasini baholashning yangi usuli ishlab chiqilgan;
yurak mul`tiparametrik MRT sini kompleks qo‘llash orqali miokardning hayotchanligi va qisqarish faoliyatini baholash imkonini berishi hamda MRT bo‘yicha  shikastlangan miokard sohalari EKG, ExoKG natijalariga ko‘ra zararlanish lokalizatsiyasiga to‘g‘ri kelishi asoslangan;
MR-koronarografiya 87,5% yuqori sezuvchanlikka va 95,8% o‘ziga xoslikka ega ekanligi isbotlangan, bu tarkibida yod bo‘lgan KT-kontrast vositalariga aallergiyasi bor bemorlarda koronar arteriya stenozi darajasini baxolashning muqobil usuli isbotlangan; 
chap qorincha global qisqaruvchi funksiyasini KT-ventrikulografiya uslubi orqali hisoblash MR-ventirkulografiyadan kam emasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Koronar arteriyalar va miokardning patologik o‘zgarishlari tashxisida MSKT va MRT  zamonaviy usullarining qo‘llanilishini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
koronar arteriyalar va miokardning patologik o‘zgarishlari tashxisida MSKT va MRT zamonaviy usullarining qo‘llanilishni natijasida tashxislashni takomillashtirish natijasida «Chap qorincha miokardi perfuziyasini baholash usuli» bo‘yicha O‘zbeksiton Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 06232, 2020). Natijada ushbu usul char qorincha miokardidagi o‘zgarishlarini samrali tashxislash va davolash samardorligini oshirish imkonini bergan;
yurak ishemik kasalligini tashxislashda koronar arteriyalarni kontrastli kompyuter tomografiyasi yordamida  tashxislashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Koronar arteriyalarni kontrastli kompyuter tomografiyasi yurak ishemik kasalligi diagnostikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 5 maydagi 8n-r/671-son ma’lumotnomasi). Natijada koronar arteriyalarni kontrastli kompyuter tomografiyasi amalga oshir orqali yurak ishemik kasalligi erta tashxislash orqali bemorlarni davolashning samaradorligini oshirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
koronar arteriyalar va miokardning patologik o‘zgarishlari tashxislashda MSKT va MRT  zamonaviy usullarining qo‘llanilishini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi hamda MChJ «Fedorovich Klinikasi» radiologiya va PET/KT tashxislash bo‘limlarining klinik  amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 21 sentyabrdagi 8 n-z/300-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi yurak ishemik kasalliklarni nur bilan tashxislashda dinamik kontrast bilan kompyuter tomografiyasini qo‘llash orqali, dinamik perfuziyali yurak kompyuter tomografiyasini o‘tkazish miokardial qon oqimi ko‘rsatkichlari, jarrohlik amaliyoti natijalari, aortal klapani protezlangan (75±16 ml/100gr/daq dan 80±15 ml/100gr/daq gacha r<0,001) va miokard revaskulyarizatsiya qilingan (66±19 ml/100gr/daq dan 75±19 ml/100gr/daq gacha r<0,001) bemorlarda miokard perfuziyasi ko‘rsatkichlarining oshishini olddini olish, kasallikni tashxislashga sarflanadigan mablag‘lar miqdorini kamaytirish hamda bemorlarga nur ta’siri kamaytirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish