Xudayberganov Ravshonbek Xudaybergan o‘g‘li
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Til va kommunikatsiya mutanosibligining falsafiy-metodologik jihatlari”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Fal62.
Ilmiy maslahatchi: Shermuxamedova Nigina Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Karimov Baxtiyor Raxmonovich, falsafa fanlar doktori, professor; To‘raev Baxtiyor Omonovich, falsafa fanlar doktori, professor; Tulenova Karima Jandarovna, fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi til – og‘zaki nutqning tafakkurda namoyon bo‘luvchi kommunikatsiya vositasi va dunyo haqidagi bilimlarni ifodalash usuli ekanligini asoslash iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
til – millat ruhi va mafkurasi, avlodlararo davomiylik, tafakkurning mantiqiy izchilligi, nutq ravonligini ta’minlash vositasi ekanligi va uning ijtimoiy taraqqiyot jarayonidagi o‘zgaruvchan xarakteri falsafiy jihatdan asoslangan;
kompyuter lingvistikasining tillarni o‘qitish, matnlarni avtomatik tahrir etish, tarjima qilish uchun mo‘ljallangan dasturlaridan foydalanishning turli tillardagi matnlarni tushunish, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish va  xalqaro ilmiy jamoatchilikning  o‘zbek tilini o‘rganishga qiziqishini oshirish  omili ekanligi ochib berilgan.
til va kommunikatsiya jamoa ongining tashuvchisi, barqaror boshqaruv vositasi va davlatning strategik resursi sifatida shaxsning ona tiliga hurmati,  muloqot me’yorlarini belgilovchi mezon ekanligi isbotlangan;
shaxslararo muloqotni tizimli tashkil etish, fikrning mantiqiy izchilligiga erishishda til va nutq me’yorlariga amal qilishning tafakkur yangilanishi va ijtimoiy munosabatlarda inson aqli imkoniyatlarining kengayishi omili ekanligi falsafiy jihatdan asoslangan;
og‘zaki va yozma matn shaxslararo ma’lumot uzatish va qabul qilishning ijtimoiy sharti, intellektual nutq mahsuli ekanligi isbotlangan, texnogen sivilizatsiya sharoitida milliy tilda paydo bo‘lgan yangi so‘zlarning ma’nosini bilish va ulardan tabiiy va sun’iy til vositasi sifatida foydalanishning ahamiyati ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Til va kommunikatsiya mutanosibligining falsafiy-metodologik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
til – millat ruhi va mafkurasi, avlodlararo davomiylik, tafakkurning mantiqiy izchilligi, nutq ravonligini ta’minlash vositasi ekanligi va uning ijtimoiy taraqqiyot jarayonidagi o‘zgaruvchan xarakteriga oid xulosalardan «Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazida  aholi turli qatlamlarining o‘zbek tilini bilish darajasini, lotin alifbosiga o‘tishdagi muammolarni aniqlashga oid so‘rovnomalar matnlarini tayyorlashda, o‘zbek tilining ahamiyati bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar tayyorlashda foydalanilgan («Ijtimoiy fikr» respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining 2021 yil 19 martdagi 01-16/86-son ma’lumotnomasi). Natijalar inson nutqida tilning shakliy va normativ, orfografik (yozuvdagi), fonologik (talaffuzdagi), sintaktik (gapdagi), semantik va pragmatik qoidalariga rioya qilishiga oid bilimlarni egallashiga xizmat qilgan;   
kompyuter lingvistikasining tillarni o‘qitish, matnlarni avtomatik tahrir etish, tarjima qilish uchun mo‘ljallangan dasturlaridan foydalanishning turli tillardagi matnlarni  tushunish, o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish va  xalqaro ilmiy jamoatchilikning  o‘zbek tilini o‘rganishga qiziqishini oshirish omili ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy axborot agentligining ommaviy kommunikatsiya vositalarida ma’lumotlarni yoritishda o‘zbek tili grammatik qoidalariga rioya qilish, ijtimoiy tarmoqlar va davriy nashrlar ma’lumotlarining haqiqiyligini ta’minlashga yo‘nalgan ilmiy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy axborot agentligining 2021 yil 7 apreldagi 01-23/254-son ma’lumotnomasi). Natijalar tilning jonli muloqot vositasi sifatida nutq ravonligiga bog‘liqligi, odamlar tafakkurining yashirin zahirasi ekanligini tushinishga xizmat qilgan; 
til va kommunikatsiya jamoa ongining tashuvchisi, barqaror boshqaruv vositasi va davlatning strategik resursi sifatida shaxsning ona tiliga hurmati,  muloqot me’yorlarini belgilovchi mezon ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashining deputatlar uchun tashkil etilgan siyosiy o‘qishlarda, millatlararo munosabatlarni takomillashtirish, yoshlarning milliy tilda muloqot qilishini ta’minlash uchun kompyuter dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2021 yil 2 apreldagi 03-79-son ma’lumotnomasi). Natijalar davlat tilida ish yuritish mexanizmini takomillashtirish, normativ-huquqiy hujjatlar va reklamalardagi imloviy xatolarni bartaraf qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, partiya xodimlarining tillarni o‘rganish bo‘yicha tizimli faoliyatini tashkil qilishga xizmat qilgan.
til va  nutq me’yorlariga amal qilishda odamlar o‘zaro muloqotini tizimli tashkil etish, komillikka erishish vositasi, tafakkurning yangilanish omili ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston» telekanalida o‘zbek tilini rivojlantirish bo‘yicha tashkil etilgan «Munosabat», «Suhbatdosh» ko‘rsatuvlariga oid materiallar va tilning ahamiyati yoritilgan matnlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 1 apreldagi 01-35-480-son ma’lumotnomasi). Natijalar shaxslararo muloqotda muomala madaniyatiga rioya qilish, uning  interaktiv shakllaridan foydalanish va dialogdan konfliktga o‘tmaslik me’yorlariga amal qilishga xizmat qilgan;  
og‘zaki va yozma matn shaxslararo ma’lumot uzatish va qabul qilishning ijtimoiy sharti, intellektual nutq mahsuli ekanligi isbotlangan, texnogen sivilizatsiya sharoitida milliy tilda paydo bo‘lgan yangi so‘zlarning ma’nosini bilish va ulardan tabiiy va sun`iy til vositasi sifatida foydalanishning ahamiyatiga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni takomillashtirishga oid xalqaro konferensiyalar, ilmiy seminarlar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2021 yil 17 martdagi 14-07-474-son ma’lumotnomasi). Natijalar fuqarolarning xorij tillarini o‘zlashtirish, undan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, yangi bilimlarni egallash, faoliyat maqsadini tanlash, muloqot maydonini kengaytirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish