Xalillaev Sherzod Alimboevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Zararli xasva (Eurygaster integriceps Put.)ning bioekologik xususiyatlari va unga qarshi kurash choralari», 03.00.06–Zoologiya (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/B56.

Ilmiy rahbar: Xolmatov Baxtiyor Rustamovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Zoologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Zoologiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.29.08.2017.V.52.

Rasmiy opponentlar: Kimsanboev Xujamurat Xamrokulovich, biologiya fanlari doktori, professor; Zokirov Islomjon Ilxomjonovich, biologiya fanlari nomzodi.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: zararli xasvaning bioekologik xususiyatlari, tabiiy kushandalari tur tarkibi, ahamiyati va unga qarshi kimyoviy insektisidlarning biologik samaradorligini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

zararli xasvaning barcha bosqichlarida uning rivojlanish muddatlari va davomiyligi, qishlash va ko‘payish xususiyatlari, biologik potensialini tana vazni og‘irligiga bog‘liqligi aniqlangan;

zararli xasva imagosida parazitlik qiluvchi faziya pashshalarining 3 ta kulrang faziya (Phasia subcoleoptrata), olachipor faziya (Ectophasia crassipennis), qoramtir faziya (Helomiya lateralis) turlari va ularning xasva populyasiyasi miqdorini cheklashdagi roli aniqlangan;

zararli xasva tuxum parazitlari tur tarkibi va ularning “parazit-xo‘jayin” munosabatlari ochib berilgan;

O‘zbekistonda zararli xasvadan Aspergillus flavus (Link.), Scopulariopsis brevicaulus (Sacc.) Bain., Paecilomyces sp. va Cordyceps sp. zamburug‘ turlarining xasva entomopatogen mikroorganizmi sifatidagi ahamiyati isbotlangan;

Beauveria brangniarti entomopatogen zamburug‘ining VD-85 shtammi xasva imagosi va lichinkalariga nisbatan patogenligi isbotlangan;

kuzgi bug‘doy agrotsenozlarida zararli xasvaga qarshi kurash samaradorligini oshirish uchun foydalaniladigan fenologik kalendari tuzilgan;

zararli xasvaga nisbatan turli guruhga mansub bo‘lgan insektisidlarning biologik samaradorligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

O‘zbekistonda kuzgi bug‘doy agrotsenozlarida zararli xasvaga qarshi kurash chora-tadbirlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

zararli xasvaga qarshi jami 6 nomdagi kimyoviy preparatlar Davlat Kimyo komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida o‘simlik zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlariga qarshi foydalanish uchun ruxsat etilgan kimyoviy va biologik himoya vositalari, defoliantlar hamda o‘simliklarining o‘sishini boshqaruvchi vositalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 17 avgustdagi 07/23-654-son ma’lumotnomasi). Kimyoviy preparatlar g‘alla ekinlarini zararli xasvadan himoya qilish va unga qarshi kurashish imkonini bergan;

kuzgi bug‘doy agrotsenozlarida zararli xasvaga qarshi Al`fatsid em.k. (100 g/l), Desiban (25 g/l), Ximfoks 40% em.k. kimyoviy preparatlari g‘allachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari dalalariga joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 17 avgustdagi 07/23-654-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalari zararkunandani 86-90% bartaraf etish va kuzgi bug‘doy hosildorligini oshirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish