Yaxshiev Ashur Abdievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi hakida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nemis tili og‘zaki nutqi tizimida frazeologik birliklarning semantik-diskursiv maqomi”, 10.00.04 – Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Fil110. 
Ilmiy rahbar: Safarov Shaxriyor Safarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik ilmiy kengash.    
Rasmiy opponentlar: Bushuy Tat`yana Anatol`evna, filologiya fanlari doktori, professor; Umarxadjaev Muxtarxon Eshonxadjaevich, filologiya fanlari doktori, professor; Sadiqov Zoxid Yakubjanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti     
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis tili prozasi (asosan dialogda) va dramalarida so‘zlashuv nutqida qo‘llaniladigan hozirgi zamon nemis tili frazeologiyasini ochib berishdan iborat.    
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
og‘zaki nutq frazeologik birliklarining tipologiyasi hozirgi zamon nemis tili frazeologiyasining leksiko-grammatik guruhlariga oid turlari faollashuvi asosida shakllantirilishi isbotlangan;
so‘zlashuv nutq frazeologiyasining tizimli rivojlanishi frazeologik birlik qoliplanishi va ularning obrazli-semantik mazmunining yangilanishi, implisit va eksplisit munosabatlar o‘rtasidagi o‘zaro farqli, keskin dinamik qarama-qarshiliklar echimi natijasida yuzaga kelishi ochib berilgan; 
dialogik nutqning diskursiv-kommunikativ xarakterdagi faol frazeologik birliklari o‘z frazeoshakli yoki uning bir qismi bilan jonli sintaktik konstruksiyalar (predlog-ot, sifat-ot, fe’l-ot, ot-ot kabi ergashgan va teng bog‘lanishlar) asosida yuzaga chiqishi isbotlangan;
og‘zaki diskurs sathida frazeologik birliklarning bevosita muloqot vaziyatida voqelanadigan kommunikativ xususiyatlari aniqlanib, ularning muloqot muhiti talablaridan kelib chiqib pragmatik mazmunni shakllantirishi dalillangan;
hozirgi zamon nemis tili so‘zlashuv nutqining asosiy tizimli diskursiv frazeologik fondi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. So‘zlashuv nutq frazeologik birliklari semantik-stilistik, pragmatik, diskursiv va madaniy  tadqiq etish jarayonida olingan nazariy  va amaliy natijalari asosida:
OT-F8-062 raqamli  "Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari" nomli fundamental loyihada nemis tili og‘zaki nutqida frazeologik birliklarning semantik-diskursiv maqomini belgilash, frazeologik birliklarning xususiyatlarini va hosil bo‘lishini, frazeologik ma’no maqomi va tabiatini aniqlash, frazeologik birliklarning sinonimik, antonimik, variantlashuv va boshqa jihatlarini tadqiq qilish, bu birliklarning paradigmatik-sintaktik munosabatlarini va tuzilishini tahlil qilish hamda har xil funksional uslubdagi matnlarda ularning faollashuv imkoniyatlarini aniqlash va ulardagi munosabatlarning tizimli-semantik tomonlarini o‘rganish, og‘zaki nutq bilan bog‘liq konseptual tamoyillar va tadqiqot metodlari joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 avgustdagi 88-03-2982-son ma’lumotnomasi). Natijada, nemis tili og‘zaki nutq frazeologik birliklarining tasnifi va ta’riflari ishlab chiqilgan;
2014-2015 yillarda bajarilgan I-204-4-5 raqamli "Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish" nomli innovatsion loyihada frazeologik birliklarning yozma va og‘zaki nutqning turli registrlarida faollashuvi, milliy tillarning, shu jumladan, nemis tili frazeologiyasining o‘ziga xos hosil bo‘lish ko‘rsatkichlari, frazeologizmlarning formal-semantik modellarini ishlab chiqish kabi hodisalar o‘rganilgan, frazeologizmlarning barcha lingvistik va sotsiomadaniy jihatlarini tizimli aks etishiga oid materiallardan foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28  avgustdagi 88-03-2982-son ma’lumotnomasi). Natijada, "Nemis tili leksikologiyasi", "Nemis tili frazeologiyasi", "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" fanlaridan o‘quv adabiyotlari yaratish imkoniyatlari kengaygan; 
2018-2020 yillarda bajarilgan OT-Atex-2018-519 "Kompyuter imitatsion modellar asosidagi virtual resurslarni veb ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish" nomli amaliy loyihada axborot-texnologiyalari va internet imkoniyatlari bo‘yicha foydalanuvchi dastur va tarjima standartlari asosida modellashtirish - bu og‘zaki nutq frazeologiyasiga xos o‘ta muhim xususiyatligi, model` frazeologik birliklar semantik-obrazli qismining barqaror saqlanishiga xizmat qilishi, bundan tashqari, tavtologik frazeologik birliklar modellari asosida nafaqat frazeologik birliklar, balki ko‘plab klishelar yoki sintaktik erkin qurilmalar yuzaga kelishi natijasida tarjimonlarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish usullaridan foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 avgustdagi 88-03-2982-son ma’lumotnomasi). Natijada, sinxron tarjimonlar uchun og‘zaki nutq formulalari va frazeologik birliklar ruyxati shakllantirilgan;
Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016-2018 yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar  loyihasi doirasida o‘qituvchilarning lingvistik va kommunikativlik qobiliyatini oshirish, tilshunoslik asoslari bilimini oshirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashtirish maqsadida yaratilgan uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishda yangi yondashuvlar sifatida mazkur tadqiqot ishidagi tahlil natijalaridan foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2020 yil 12 avgustdagi 1260/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada, lingvistik tahlilga tortilgan og‘zaki nutq formulalari, frazeologik birliklar “Qisqacha nemischa-o‘zbekcha frazeologik lug‘at” ni amaliy jihatdan boyitishga xizmat qilgan;
Samarqand davlat chet tillar institutida Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturi 2014-2016 yillarga mo‘ljallangan Tempus Project 544161- TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European Languages: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasi doirasida ushbu tadqiqot bo‘yicha erishilgan natijalar va ishlab chiqilgan tavsiyalardan institutning o‘quv jarayoni va xalqaro loyihalarini amalga oshirishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2021 yil 16  sentyabrdagi  2056/30.02.01-son ma’lumotnomasi). Natijada,  talabalarning nemis  tilida og‘zaki nutqini rivojlantirishga, frazeologik birliklar tipologiyasini, uning funksional va matn hosil qilish faolligini o‘rganishga xizmat qilgan;
hozirgi nemis tili og‘zaki nutqi tizimida frazeologik birliklarning semantik-diskursiv maqomining turli til tizimidagi og‘zaki nutq formulalari, ularni qo‘llash vaziyatlari, frazeologik birliklarni o‘rganish bo‘yicha xulosalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom Samarqand”, “Ta’limdagi islohatlar”, “Nemis tili saboqlari” ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan hamda nemis tilidagi frazeologik birlik kontekstual va lug‘aviy ma’nosining turg‘un va o‘zgaruvchan jihatlari o‘rtasidagi munosabatlar natijalari Samarqand viloyat STR teleradiokompaniyasining ”Kitob va kitobxonlik” hamda “Nemis tilini o‘rganamiz” ko‘rsatuvlarida efirga uzatilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021yil 20 sentyabrdagi 01-11/490-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘rsatuvlarning mazmun-mundarijasi yangi manbalar vositasida to‘ldirilib ilmiy-ommabopligi ta’minlangan hamda o‘quvchilarning nemis tili frazeologiyasi borasida bazaviy ko‘nikmalari shakllanishiga asos bo‘lgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish