Xushvaktova Xusnobod Solievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Oliy ta’lim muassasalarida “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o‘qitishning metodik asoslarini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ekologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Ped159.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Sharipova Dilyara Djumaniyazovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Fayziev Voxid Baxromovich, biologiya fanlari doktori; Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlari doktori; Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o‘qitishning metodik asoslarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
modulli yondashuv asosida “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o‘qitishning metodik jihatlari blok-modulli va fanlararo modulli ta’limning muvofiqlashtiruvchi, axborot, nazoratga doir o‘quv elementlarini tashkiliy, ta’limiy, yakuniy bosqichlar bilan integrativligini ta’minlash, shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv-bilish faoliyatining individualligi va variativligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
“Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o‘qitish jarayonida talabalarda ekologik dunyoqarashni rivojlantirishning axloqiy-ekologik onglilik, ekologik mas’uliyatlilik, ekologik irodaviylik, ekologik qadriyatlarni hurmat qilish bilan bog‘liq omillari ekologik kompetensiyalarning shakllanganligini baholashning motivatsion, shaxsiy, faoliyatli, kognitiv mezonlarning kvalimetrik ko‘rsatkichlar bilan empirik aloqadorligi va validligini muqobil tarzda belgilash orqali aniqlashtirilgan;
“Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o‘qitishning metodik asoslarini takomillashtirish modeli ekologik ta’lim jarayoni tuzilmasining dastlabki tayyorgarlik, identiv maqsadni belgilash, umumkasbiy fanlar bilan aloqadorlikni hosil qilish, didaktik materillarni loyihalash, o‘z-o‘zini baholashning ustuvorligiga erishish kabi qadamlar ketma-ketligini ekologik kompetentlikning anglangan va anglanmagan bosqichlarida korreksion-didaktik produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlari aksiologik (gumanistik va texnik jihatlarning paritetligi), ontologik (kompetentli yondashuv), texnologik (kasbiy faoliyatdagi ijtimoiy-ekologik munosabatlarni rivojlanishini tashkil qilish) konseptual asoslarga tayangan holda ekologik ta’lim jarayonini tashkil etishning metodologik, faoliyatli-texnologik, shaxsiy-natijaviy darajalarining qayta aloqaga kirishuvining intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
mul`timedia vositasida “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o‘qitishning elektron tizimi “Barqaror rivojlanish sharoitida “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o‘qitishning nazariy va metodik asoslari” maxsus kursi bo‘yicha interaktiv dasturiy vositalarni rivojlantiruvchi ta’limning o‘yinli, muammoli texnologiyalari bilan adaptiv shaklda loyihalashning tashkiliy-didaktik mexanizmini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o‘qitishning metodik asoslarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
modulli yondashuv asosida “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o‘qitishning metodik jihatlarini blok-modulli va fanlararo modulli ta’limning muvofiqlashtiruvchi, axborot, nazoratga doir o‘quv elementlarini tashkiliy, ta’limiy, yakuniy bosqichlar bilan integrativligini ta’minlash, shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv-bilish faoliyatining individualligi va variativligiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 511400 – Biologiya o‘qitish metodikasi bakalavriat yo‘nalishi uchun “Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i, 603-065-raqamli guvohnoma). Natijada, tabiiy fanlarni modulli ta’lim texnologiyasi asosida o‘qitish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
“Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o‘qitish jarayonida talabalarda ekologik dunyoqarashni rivojlantirishning axloqiy-ekologik onglilik, ekologik mas’uliyatlilik, ekologik irodaviylik, ekologik qadriyatlarni hurmat qilish bilan bog‘liq omillarini ekologik kompetensiyalarning shakllanganligini baholashning motivatsion, shaxsiy, faoliyatli, kognitiv mezonlarning kvalimetrik ko‘rsatkichlar bilan empirik aloqadorligi va validligini muqobil tarzda belgilash orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5630100 – Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bakalavriat yo‘nalishi uchun “Shahar va sanoat ekologiyasi” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 676-son buyrug‘i, 676-045-raqamli guvohnoma). Natijada, “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini ekologik sohalar bilan integratsiyalab o‘qitishga xizmat qilgan;
“Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o‘qitishning metodik asoslarini takomillashtirish modelini ekologik ta’lim jarayoni tuzilmasining dastlabki tayyorgarlik, identiv maqsadni belgilash, umumkasbiy fanlar bilan aloqadorlikni hosil qilish, didaktik materillarni loyihalash, o‘z-o‘zini baholashning ustuvorligiga erishish kabi qadamlar ketma-ketligini ekologik kompetentlikning anglangan va anglanmagan bosqichlarida korreksion-didaktik produktivligini ta’minlash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan ITD-4-153. “Yoshlarda ekologik bilim va madaniyatni shakllantirish mazmuni va o‘quv-metodik majmuasini ishlab chiqish” amaliy loyihasi doirasida ekologik madaniyatni shakllantirishning amaliy-texnologik tizimini yaratishda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2021 yil 15 noyabrdagi 305-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o‘qitishda ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
oliy ta’lim muassasalarida “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o‘qitishning pedagogik shart-sharoitlarini aksiologik, ontologik, texnologik konseptual asoslarga tayangan holda ekologik ta’lim jarayonini tashkil etishning metodologik, faoliyatli-texnologik, shaxsiy-natijaviy darajalarining qayta aloqaga kirishuvining intensivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir 2018-2020 yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari institutida bajarilgan № QH-A-QH - 2018-302 “O‘zbekiston sharoitida iqlim o‘zgarishining suv resurslari potensialiga ta’sirini baholash va unga moslashish tadbirlarini ishlab chiqish” amaliy granti hamda №1.17 “Suv resurslarini va atrof-muhitni boshqarishni iqlim o‘zgarish sharoitiga moslashtirish tadbirlarini takomillashtirish” mavzusida bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda foydalanilgan (Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligi mexanizatsiyalash muhandislari institutining 2021 dekabr` 12 noyabrdagi 23/24-09-13-2628 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o‘qitishning innovatsion-metodik ta’minotini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
mul`timedia vositasida “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o‘qitishning elektron tizimini “Barqaror rivojlanish sharoitida “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” fanini o‘qitishning nazariy va metodik asoslari” maxsus kursi bo‘yicha interaktiv dasturiy vositalarni rivojlantiruvchi ta’limning o‘yinli, muammoli texnologiyalari bilan adaptiv shaklda loyihalashning tashkiliy-didaktik mexanizmini ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 24 avgustdagi 603-son buyrug‘i, 603-054-raqamli guvohnoma). Natijada, ekologik ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.