Xandamova Ma’rifat Akramovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari”, 09.00.03 – Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2020.1.DSc/Fal58.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi Bir martalik ilmiy kengash. 
Ilmiy maslahatchi: Shodiev Rustam Tohirovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Navro‘zova Gulchehra Negmatovna, falsafa fanlari doktori, professor; Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor; Bahodirov Roiq Majidovich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy-falsafiy qarashlarining tafakkur taraqqiyotiga ta’sirini ochib berish, falsafa tarixidagi ahamiyatini va bugungi kundagi zamonaviy falsafaning rivojlanishidagi o‘rnini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abu Rayhon Beruniyning “Osor al-boqiya”, “Geodeziya”, “Minerologiya”, “Tafhim”, “Saydana”  asarlaridagi muruvvat, jismoniy barkamollik, ruh sofligi kabi gumanistik g‘oyalari ijtimoiy taraqqiyotning asosiy omillaridan biri ekanligi falsafiy jihatdan dalillangan;
Abu Rayhon Beruniyning jamiyatni vujudga kelish sabablari, ichki tuzilishi, urf-odatlari, oilaviy munosabatlar, diniy qadriyatlar, inson va jamiyat o‘rtasidagi aloqadorliklar borasidagi qarashlari zamonaviy jamiyat xarakteriga adekvatligi mantiqiy isbotlangan;
Beruniyning “Geodeziya”, “Osor al-boqiya”, “Qonuni Mas’ud” asarlarida ilgari surilgan harakat, makon, zamon va borliq haqidagi ontologik qarashlari zamonaviy ontologiyaning kategorial apparatini takomillashtirishda asos bo‘lganligi aniqlangan;
Beruniyning kuzatuv va tajribaga asoslangan, realistik, pragmatik, sekulyaristik g‘oyalari bugungi davrda yoshlarni radikalizm, ommaviy madaniyat kabi mafkuraviy tahdidlardan himoyalashning muhim substansional vazifalarini belgilab berayotganligi mantiqiy dalillangan;
mutafakkir “Hindiston” asarida xolislik, haqqoniylik, tolerantlik kabi tamoyillarga izchil amal qilganligi va bu uning qomusiy qiyofasini shakllanishida muhim omil bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy - falsafiy qarashlarini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Beruniyning “Geodeziya”, “Osor al-boqiya”, “Qonuni Mas’ud” asarlarida ilgari surilgan harakat, makon, zamon va borliq haqidagi ontologik qarashlariga oid taklif – tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazi tomonidan nashr etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi” mavzusidagi ensiklopediyani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazining 2020 yil 15 dekabrdagi 02/359-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotchining ilmiy tadqiqot ishi natijalari “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi” mavzusidagi ensiklopediyani mazmunan takomillashtirishga xizmat qilgan;
Abu Rayhon Beruniyning “Osor al-boqiya”, “Geodeziya”, “Minerologiya”, “Tafhim”, “Saydana” asarlaridagi muruvvat, jismoniy barkamollik, ruh sofligi kabi gumanistik g‘oyalari ijtimoiy taraqqiyot omili ekanligiga oid taklif va tavsiyalaridan “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” nomli darsligining “Milliy g‘oyaning shakllanish tarixi, uning namoyon bo‘lish xususiyotlari” deb nomlanuvchi 2-bobining “Milliy g‘oyaning tarixiy ildizlari” va “O‘rta asrlardagi g‘oyaviy qarashlar tarixi va rivojlanish xususiyatlari” deb nomlangan mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 31 dekabrdagi 89-03-5633-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy-tadqiqot ishi mazkur darslik mazmunini takomillashtirishga xizmat qilgan.
Beruniyning kuzatuv va tajribaga asoslangan, realistik, pragmatik sekulyaristik g‘oyalari bugungi davrda yoshlarni radikalizm, ommaviy madaniyat kabi mafkuraviy tahdidlardan himoyalashda substansional vazifani bajarishi ilmiy-nazariy asoslanganligiga oid ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalaridan Viloyat o‘lkashunoslik muzeyi tabiat bo‘limidagi mineralogik va toshqotma ashyolarga ilmiy ishlov berishda, muzey ekspozisiyalarining eksplikatsiyalarini shakllantirishda, shuningdek, O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyining “O‘zbekiston dunyo madaniyatlari chorrahasida” ekspozisiyasining ekskursiya matnlari va eksplikatsiyasini qayta ishlashda foydalanilgan (O‘zbekiton Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 23 dekabrdagi 01-12-10-5680-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzey faoliyatini yanada takomillashtirishga va bu orqali muzeyga tashrif buyuruvchilarning buyuk ajdodlarimiz ma’naviy merosiga bo‘lgan qiziqishini ortishiga va ularning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan;
Abu Rayhon Beruniy o‘z davrining etnosotsiologi sifatida jamiyatning vujudga kelish sabablari, ichki tuzilishi, urf-odatlari, oilaviy munosabatlar, diniy qadriyatlar, inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar borasidagi qarashlariga oid ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror dasturiga muvofiq, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga doir tadbirlar”ining VIII bobidagi “O‘zbekistonning boy ma’naviy merosi, me’moriy va tarixiy yodgorliklarini keng targ‘ib qilish maqsadida YuNESKO jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan mamlakatimizdagi ob’ektlar haqidagi ma’lumotlarni 3D formatida namoyish etadigan elektron foto jamlanma (virtual sayohat) yaratish va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilish” mavzusidagi 34-bandini shakllantirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 06 yanvardagi 0207-08-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markaz faoliyatini yanda takomillashtirishga va bu orqali buyuk mutafakkirlarning boy ma’naviy merosini keng aholi qatlamiga etkazishga xizmat qilgan;
Abu Rayhon Beruniyning “Hindiston” asaridagi ijtimoiy-falsafiy qarashlarini ilmiy tahlil natijasida muallifning  falsafiy-ilmiy nuqtai nazardan xolislik, haqqoniylik, tolerantlik kabi tamoyillarga izchil amal qilganligiga oid ilmiy nazariy-metodologik xulosalari, tavsiyalari va amaliy takliflaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 15 dekabr` kuni efirga uzatilgan “Ajdodlar merosi” radioeshittirishi hamda 2020 yil 18 dekabr`  kuni efirga uzatilgan “Moziydan sado” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 21 dekabrdagi 09-01/383-son ma’lumotnomasi). Natijada, buyuk mutafakkirlarning ma’naviy merosi bo‘yicha keng aholi qatlamiga ma’lumot etkazish maqsad qilib olindi va unga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish