Alimsaidova Sayyora Amid`eevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tarixiy-adabiy xarakterga ega bo‘lgan o‘lkashunoslikka oid matnlar asosida umumta’lim maktablari o‘quvchilarida sotsiolingvistik kompetensiyani shakllantirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.DSc/Ped84.
Ilmiy maslahatchi: Axmedova Laylo Tolibjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Ped.27.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dil`dora Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori; Asilova Gulshan Asadovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tarixiy-adabiy xarakterga ega bo‘lgan o‘lkashunoslik matnlarga tayangan holda umumta’lim maktablari o‘quvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablari o‘quvchilarini o‘lkashunoslikka oid matnlar asosida chet tilida muloqot qilishga o‘rgatish jarayonida sotsiolingvistik kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan metodik ta’minot dinamik (yuqori, quyi, o‘rta) va statik (uzviy) baholash mezonlari hamda aniqlangan interferension xatolar (dialogik, monologik nutqni ifodalash)ni barataraf etish asosida takomillashtirilgan; 
integrativ rus tilini o‘qitish bo‘yicha pedagogik imkoniyatlar  tilning nominativ, kommunikativ, kumulyativ funksiyalaridan sinxron foydalanish, o‘quvchilarning yoshiga mos autentik matnlar hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlar aks etgan tarixiy-adabiy xarakterdagi o‘lkashunoslik matnlarini til va madaniyat uzviyligi konsepsiyasi asosida optimallashtirish orqali rivojlantirilgan;
umumta’lim maktablari o‘quvchilarining rus tilida nutqini o‘stirish va faollashtirishga qaratilgan didaktik ta’minot shaxsga yo‘naltirilgan, o‘quvchilar dunyoqarashiga mos, yosh va qiziqishlarini hisobga olgan, o‘zida ta’lim va tarbiyani uyg‘unlashtirgan tarixiy-adabiy xarakterdagi o‘lkashunoslik matnlari (aniqlik, vaqt, makon, sabab-oqibat munosabatlari) kontentini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
9-11 sinf o‘quvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyalari tilning nominativ, kommunikativ, kumulyativ funksiyasidan sinxron foydalanishning ilmiy-didaktik imkoniyatlarini diagnostik loyihalash asosida o‘quvchilarga rus tilini murakkab va samarali o‘qitishga qaratilgan nazorat va diagnostika vositalari optimallashtirilgan;
tarixiy-adabiy xarakterdagi o‘lkashunoslik matnlarini tanlashda til o‘rganuvchilarning psixologik va kommunikativ ehtiyojiga qaratilgan mezonlarni ishlab chiqish orqali o‘quvchilarning real muloqot muhitida sotsiolingvistik kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tarixiy-adabiy xarakterga ega bo‘lgan o‘lkashunoslik matnlarga tayangan holda umumta’lim maktablari o‘quvchilarining sotsiolingvistik kompetensiyalarini rivojlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqish asosida: 
umumta’lim maktablari o‘quvchilarini o‘lkashunoslikka oid matnlar asosida chet tilida muloqot qilishga o‘rgatish jarayonida sotsiolingvistik kompetensiyani shakllantirish metodikasini takomillashtirish haqidagi xulosa va umumlashmalardan 2015 yilda amalga oshirilgan A-1-121 “Uzluksiz ta’limda o‘quvchilar til kompetentligini qayta ishlashning zamonaviy usullari” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Muhammad Zahiriddin Bobur nomidagi Andijon davlat universitetining 2021 yil 3 maydagi 38-04-974-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari loyiha doirasida yaratilgan elektron resurslarni, tipografik darsliklarni, nazariy va amaliy materiallarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
milliy va umuminsoniy qadriyatlar aks etgan tarixiy-adabiy xarakterdagi o‘lkashunoslik matnlariga tayangan holda rus tilida sotsiolingvistik kompetensiyani shakllantirishning zamonaviy pedagogik usullari o‘quvchilar uchun tavsiya etilishi haqidagi xulosalardan 574097-EPP-1-2016-1-CY-EPPKA2-CBHE-JP RUECVET «2016-2019 yillarda Rossiya va O‘zbekiston milliy kasb-hunar ta’limi tizimlarida kasb-hunar ta’limi va o‘qitish uchun Evropaning ta’lim tizimidagi sinov birliklari (kreditlar)ni sinovdan o‘tkazish» loyihasi dorasida foydalanilgan (Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2021 yil 16 martdagi 183-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning amaliyotga tatbiq etilishi tarixiy-adabiy xarakterdagi o‘lkashunoslik matnlariga tayangan holda rus tilida sotsiolingvistik kompetensiyani shakllantirishning ahamiyatini asoslashga muhim asos bo‘lib xizmat qilgan;
o‘quvchilar dunyoqarashiga mos, yosh va qiziqishlarini hisobga  lgan va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim va tarbiyani umumlashtirgan tarixiy-adabiy xarakterdagi o‘lkashunoslik matnlari (aniqlik, vaqt, makon, sabab-oqibat munosabatlari)ga asoslanib, umumta’lim maktablari (9-11 sinflar) o‘quvchilarining nutqini o‘stirish va faollashtirishga qaratilgan zamonaviy rus tilining nutqiy konstruksiyalarining ilmiy asoslangan va tajriba-sinovdan o‘tgan topshiriq va va mashqlar tizimidan Toshkent shahar Olmazor tumani 134-son, Farg‘ona shahridagi 1-son, Qo‘qon shahridagi 1-, 14-, 28-son, Namangan shahridagi 7-son, Andijon viloyati, Shahrixon  tumanidagi 28-son, Dang‘ara tumanidagi 1-, 2-, 23-son umumta’lim maktablari o‘quvchilariga dars o‘tish jarayonida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 2 apreldagi 02-02/3-1032-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotning nazariy va amaliy materiallari ta’lim o‘zbek va boshqa tillarda olib boriladigan umumta’lim maktablari o‘quvchilariga rus tilini o‘qitishda zamonaviy rus tilidagi nutq tuzilmalarini tarixiy-adabiy xarakterga ega o‘lkashunoslik matnlari asosida o‘rgatish uslubi, o‘quv jarayonini rejalashtirish uslublari va mexanizmlari bo‘yicha yo‘nalishlar va pedagogik texnologiyalar yuzasidan uslubiy tavsiyalar bilan boyitish va takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish