Djuraev Lukmon Narzullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Zamonaviy O‘zbekiston jamiyatida yoshlar iqtisodiy madaniyatining transformatsiyalashuvi - innovatsion sotsiomadaniy fenomen sifatida”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Fal69
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy maslahatchi: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori, professor; To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Muxtorov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlar iqtisodiy madaniyatining innovatsion mohiyatini ochib berish va uni rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh tadbirkor iqtisodiy faoliyatida individualizm, ratsionalizm, erkinlik kabi qadriyatlarning faollashishi, erkin biznes tashkil qilishda iqtisodiy madaniyatning axloqiy-estetik talablari ustuvorligini saqlash zaruriyatini taqozo qilishi mantiqiy dalillangan;
ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning yoshlar iqtisodiy madaniyatini shakllantirish bilan bog‘liq fan-texnika yutuqlaridan foydalanish, aniq hisob-kitob, mantiqiylik, yuz berishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilish, maqsad va natijalarning adekvatliligiga erishish, rejalilik kabi xususiyatlari asosida ishbilarmonlikning turli shakl va daraja yo‘nalishlari bo‘yicha rivojlanish dinamikasi aniqlangan;
yoshlar iqtisodiy madaniyatining innnovatsion xususiyati substansional asos (iqtisodiy faoliyat), funksional birlik (iqtisodiy ong), institusional tizim (iqtisodiy munosabatlar), ontologik asos (iqtisodiy qadriyatlar)ga egaligi ijtimoiy falsafiy nuqtai nazardan isbotlangan;
yoshlar tadbirkorlik madaniyatining milliy modelini yaratishda o‘zaro hamkorlik va tarixiy tajribaga tayanilgan sotsial-madaniy determinantlarini hamda axloq va oqilonalikka asoslangan ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni tiklash zarurati falsafiy jihatdan asoslangan;
borliqni ongli, maqsadga muvofiq o‘zgartirishga asoslangan iqtisodiy faoliyat iqtisodiy madaniyatning substansional funksiyalari o‘rtasidagi aloqalarni barqarorlashtirishi, tashqi va ichki muhit bilan muvozanatni saqlash vazifasini bajarishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy O‘zbekiston jamiyatida yoshlar iqtisodiy madaniyatining transformatsiyalashuvi innovatsion sotsiomadaniy fenomen sifatida mavzu bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
yosh tadbirkor iqtisodiy madaniyatining individualizm, ratsionalizm, erkinlik kabi qadriyatlarini faollashishi, ularning erkin biznes tashkil qilishida axloqiy-estetik talablarni ustuvorligi saqlanishiga doir taklif va tavsiyalaridan “Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi” nomli darslikning “Komil insonni shakllanishida milliy g‘oyaning o‘rni” deb nomlanuvchi 18-bobining “Komil inson barkamol avlod tushunchalari, ularning mazmun-mohiyati”, “Yoshlarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda milliy g‘oyaning ahamiyati” deb nomlanuvchi 23-bobining “Yoshlarda mustaqil fikrlash madaniyatini oshirish” degan mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 dekabrdagi 89-03-5224-son ma’lumotnomasi). Bu esa respublika yoshlarining iqtisodiy madaniyatini oshrishda iqtisodiy tafakkur, iqtisodiy ong, iqtisodiy qadriyatlarini inovatsion yondashuv orqali shakillantirilishiga xizmat qilgan;
ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning yoshlar iqtisodiy madaniyatini shakllantirish bilan bog‘liq xususiyatlari va dinamikasiga doir taklif va tavsiyalaridan “Mehnat bozori infratuzilmasi” nomli o‘quv qo‘llanmaning “Davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyatining asosiy yo‘nalishlari” deb nomlanuvchi 7-bobidagi “7.2.1. - Aholining ish bilan bandligiga ko‘maklashish va ishsiz fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlash” va “7.2.2. - Ish bilan band bo‘lmagan aholi va ishsizlarni kasbiy harakatchanligi (mobilligi) va raqobatbardoshligini oshirish” mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 89-03-5570-son ma’lumotnomasi). Natijada mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishining ilmiy-nazariy asoslari, uning funksional elementlari va tarkibiy qismlari, ishsizlarni ijtimoiy muhofaza qilish tizimi hamda yoshlarning tadbirkorlik madaniyati ko‘nikmalarini shakllantirishda samarali xizmat qilgan;
yoshlar iqtisodiy madaniyatining innnovatsion xususiyati substansional asos (iqtisodiy faoliyat, faollik), funksional birlik (iqtisodiy ong), institusional tizim (iqtisodiy munosabatlar), ontologik asos (iqtisodiy qadriyatlar)ga egaligi”ga doir ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalaridan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi to‘g‘risidagi Nizomini, “Ma’naviyat oiladan boshlanadi” mavzusidagi tashkiliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2020 yil 26 dekabrdagi 02-02/1911-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarimizni jamiyatga nisbatan pozitiv yondashuvi, tadbirkorlik, ishbilarmonlik va innovatsion-iqtisodiy madaniyatning mazmun-mohiyatini anglashi shuningdek, hududiy mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalarining faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
yoshlar tadbirkorlik madaniyatini milliy modelini yaratishda sotsial-madaniy determinantlari, tadbirkorlik madaniyatining an’anaviy va innovatsion yo‘llari, ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni tiklash zaruratiga doir ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Respublika bo‘yicha 28 ta tuman (shaharlar)da yoshi, jinsi, kasbga layoqati bo‘yicha bitiruvchi yoshlar, hozirda ishsiz bo‘lgan, ishga muhtoj nogiron, xorij va harbiy xizmatdan qaytgan yoshlarni hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashish hamda kasb-hunarga o‘qitish yuzasidan ro‘yxatga olinadigan “Yoshlar daftari”ni namunaviy tartibda shakllantirish jarayonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2020 yil 28 dekabrdagi 01/4-17-23-1016-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarimizni jamiyatimizga nisbatan pozitiv yondashuvi, tadbirkorlik, ishbilarmonlik va innovatsion-iqtisodiy madaniyatni ratsional mazmun mohiyatini anglashi hamda ularning dunyoqarashini kengayishi va rivojlanishiga samarali xizmat qilgan;
iqtisodiy faoliyat iqtisodiy madaniyatning substansional va funksiyalari o‘rtasidagi aloqalarning barqarorlashtirishi, tashqi va ichki muhit bilan muvozanatni saklash vazifasini bajarishiga doir ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi-ning 2021 yilda efirga uzatilgan “Iqtisodiyot chorrahalarida”, “Raqamli iqtisodiyot”, “Raqamli O‘zbekiston” tahliliy ko‘rsatuvlarining dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 20 yanvardagi 09.01/81-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlarimizni tadbirkor, ishbilarmonlik orqali oila va jamiyatni iqtisodiy jixatdan boyituvchi ilmiy qarashlari hamda ularning dunyoqarashini kengayishi va rivojlanishiga samarali xizmat qilgan.