Sultanova Gulnoza Sabirovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kognitiv konstruktivizm tafakkur tarzi kreativligining intellektual asosi sifatida”, 09.00.01 – Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/Fal72.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: Kushakov Shuxrat Salievich, falsafa fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: G‘affarova Gulchehra G‘ulamjanovna, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent; Shermuxamedova Niginaxon Arslonovna, falsafa fanlari doktori, professor; Karimov Baxtiyor  Raxmanovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hozirgi zamon fani va falsafasida kreativ tafakkur tarzining kognitiv konstruktivligini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
izlanuvchilar ilmiy-intellektual faoliyatida hozirgi zamon innovatsion tafakkur tarzi hamda kognitiv konstruktivlikni rivojlantirishning algoritmik, sistemali, mantiqiylikka asoslangan ratsional va intuitiv, irratsional, gipotetik kabi noratsional omillari aniqlangan;
yoshlarning faol ijtimoiy pozisiyasini belgilashda konstruktivlikka asoslangan innovatsion, kreativ tafakkur tarzini shakllantirishning germenevtik-interpretatsion jihatlari va uning ilmiy tadqiqot texnologiyasi ta’riflash, talqin qilish kabi eksplikatsion usulda takomillashtirilgan;
ilmiy tafakkur tarzining kreativligi muammosiga fenomenologik va nomologik refleksiv yondashuv asosida, uning ijtimoiy amaliyotda namoyon bo‘ladigan kognitiv hamda funksional samaradorligi dialektik-sinergetik metodologiyada falsafiy jihatdan isbotlangan;
kreativ fikrlovchi yoshlarda konstruktivistik tafakkur tarzi hamda postnoklassik ilmiy tafakkur tarzi transformatsiyasining kogerentligi proliferativlik qonuniyati asosida mantiqiy argumentlangan;
O‘zbekistonda zamonaviy ilmiy, texnologik va proektiv qadriyatlarni yaratuvchi  ijodkor olimlarni etishtirishga xizmat qiladigan, ularda kreativ tafakkur tarzini yuksaltirishga qaratilgan o‘zaro bog‘lanish, mutanosiblik, bashorat qiluvchi kabi korrelyativ-prognostik va amaliy-loyihaviy, kashfiyotchilik, ixtirochilik singari pragmatik-evristik usullari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kognitiv konstruktivizm hamda tafakkur tarzi kreativligini tadqiq etish asosida:
izlanuvchilar ilmiy-intellektual faoliyatida hozirgi zamon innovatsion tafakkur tarzi hamda kognitiv konstruktivlikni  rivojlantirishning ratsional va noratsional omillariga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflaridan  OT-F1-95 raqamli “Fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarni tadqiq etishdagi imkoniyat va istiqbollari” fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2021 yil 21 sentyabrdagi №04/11-4938-son ma’lumotnomasi). Natijada grand loyihasini yanada takomillashtirishga va fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarni tadqiq etishda yosh mutaxassislar va olimlarning kasbiy malakani egallashidagi nazariy-metodologik (uslubiy) ahamiyati, uning ilmiy proektiv (loyihalashtirish va prognozlashtirishda) va amaliy (texnologik jarayonlardagi) o‘rnini belgilashga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekiston yoshlarining faol ijtimoiy pozisiyasini belgilashda  konstruktivlikka asoslangan innovatsion, kreativ tafakkur tarzini shakllantirishning germenevtik-interpretatsion jihatlariga oid ilmiy yangilik hamda taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazi tomonidan nashr etilgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlari tarixiy-falsafiy merosi” mavzusidagi ensiklopediyani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazining 2021 yil 18 avgustdagi 02/329-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy-tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirishga va keng jamoatchilikka buyuk ajdodlarimizning ma’naviy merosiga bo‘lgan qiziqishini orttirishga va ularning falsafiy, ma’naviy-ilmiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilgan;
ilmiy tafakkur tarzining kreativligi muammosiga fenomenologik va nomologik refleksiv yondashuv asosida, uning ijtimoiy amaliyotda namoyon bo‘ladigan kognitiv hamda funksional samaradorligiga oid ilmiy yangilik, nazariy xulosalari, metodologik tavsiyalari hamda amaliy takliflaridan  OT-F1-95 raqamli “Fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarni tadqiq etishdagi imkoniyat va istiqbollari” fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2021 yil 21 sentyabrdagi №04/11-4938-son ma’lumotnomasi). Natijada grand loyihasini yanada takomillashtirishga va fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarni tadqiq etishda yosh mutaxassislar va olimlarning kasbiy malakani egallashidagi nazariy-metodologik (uslubiy) ahamiyati, uning ilmiy proektiv (loyihalashtirish va prognozlashtirishda) va amaliy (texnologik jarayonlardagi) o‘rnini belgilashga xizmat qilgan;
kreativ fikrlovchi yoshlarda konstruktivistik tafakkur tarzi hamda postnoklassik ilmiy tafakkur tarzi transformatsiyasining kogerentligi proliferativlik qonuniyat asosida mantiqiy argumentlanganligi borasidagi taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi majlisining 2021 yil yanvardagi O‘zbekiston Respublikasida 2021 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishidagi “Yosh ota-onalar, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari uchun 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarni jismonan, ma’nan, intellektual rivojlanishi uchun milliy tarbiya ruhida voyaga etkazishga qaratilgan innovatsion kompleks dasturni yaratish” nomli 33-bandini tayyorlashda foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 10 sentyabrdagi 02/08-1076  son ma’lumotnomasi). Natijada,  Markazning ish faoliyatiga doir olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlarida yoshlar intelektual-kreativ faolligini oshirish, fuqarolarimizda bunyodkorlik va yaratuvchanlik tafakkurini shakllantirishda, ularning ilmiy, ma’naviy salohiyatini oshirishda ilmiy-nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
O‘zbekistonda zamonaviy ilmiy, texnologik va proektiv qadriyatlarni yaratuvchi  ijodkor olimlarni etishtirishga xizmat qiladigan, ularda kreativ tafakkur tarzini yuksaltirishga qaratilgan korrelyativ-prognostik va pragmatik-evristik usullariga oid nazariy xulosalari hamda amaliy takliflaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvining 2021-yil 30-avgust kuni soat 07:00 da efirga uzatilgan sonining ssenariysini hamda “Ta’limdagi islohotlar” radioeshittirishining 2021-yil 31-avgust kuni soat 15:00 da efirga uzatilgan navbatdagi sonining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 15 sentyabrdagi 01-11/481-son ma’lumotnomasi). Natijada, eshittirish va ko‘rsatuvni ssenariysini mazmunan boyitishga hamda yoshlarda tafakkur tarzi kreativligini oshirish va proektiv-innovatsion fikrlashni shakllantirishda muhim intelektual omil ekanligi keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish