Nadjimutdinova Nozima Shamsutdinovnaning fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xiqildoqning havfsiz o‘simta va o‘simtasimon kasalliklarini tashxislashni takomillashtirish va jarrohlik bilan davolashni optimallash», 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib222.
Ilmiy maslahatchi: Amonov Shavkat Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Nigora Nusratovna, tibbiyot  fanlari doktori, dotsent; Milan Profant, tibbiyot fanlari doktori, professor (Slovakiya); Maxkamova Nigora Ergashevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg kulok, tomog, burun va nutk ilmiy tekshirish instituti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hiqildoq xavfsiz o‘simtalari va o‘simtasimon kasalliklari bor bemorlarda tashhislash usullari va jarrohlik aralashuvi yondashuvlari samaradorligini oshirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor bolalar va kattalarda hiqildoq xavfsiz o‘simtalarining muhim xavf omillari sifatida odam papilloma virusi (OPV) bilan birga Epshteyn-Barr virusi o‘simta rivojlanishiga hissa qo‘shishi isbotlangan; 
ilk bor odam papilloma virusi  (OPV) respirator papillomatoz rivojlanishi va qaytalanishida virus yuklamasi ta’siri va uning miqdoriy o‘lchamlari isbotlangan;
hiqildoq xavfsiz o‘simtalarining rivojlanishi va qaytalanishida xelikobakter pilori, gastroezofageal reflyuks va hiqildoq-halqum sirtidagi kislotalik darajasining ta’siri isbotlangan;
hiqildoq xavfsiz o‘simta tukimalaridagi tizimini yoshga qarab o‘zgarish xususiyatlari va tashhislash mezonlari nozologiyalar bo‘yicha isbotlangan;
ilk bor tajribada yuqori energiyali turli asboblarning ta’siridagi  hiqildoq to‘qimalarida patogistologik xususiyatlari (yassi epiteliy, mushak, tog‘ay darajasida) aniklanib,  ularning shikastlanishi nur kuchi darajasiga qarab  isbotlangan;
yuqori energiyali turli asboblarning foydalanishida hiqildoq to‘qimalariga ta’siri, etkazilgan afzalliklari aniqlangan;
olingan klinik va immunologik ma’lumotlar asosida hiqildoqning xavfsiz o‘simtalarini erta tashhislashning takomillashtirilgan algoritmi ishlab chiqilganilk bor bolalar va kattalarda hiqildoq xavfsiz o‘simtalarining muhim xavf omillari sifatida odam papilloma virusi (OPV) bilan birga Epshteyn-Barr virusi o‘simta rivojlanishiga hissa qo‘shishi isbotlangan; 
ilk bor odam papilloma virusi  (OPV) respirator papillomatoz rivojlanishi va qaytalanishida virus yuklamasi ta’siri va uning miqdoriy o‘lchamlari aniqlab isbotlangan;
hiqildoq xavfsiz o‘simtalarining rivojlanishi va qaytalanishida xelikobakter pilori, gastroezofageal reflyuks va hiqildoq-halqum sirtidagi kislotalik darajasining ta’siri isbotlangan;
hiqildoq xavfsiz o‘simta tukimalaridagi tizimini yoshga qarab o‘zgarish xususiyatlari va tashhislash mezonlari nozologiyalar bo‘yicha isbotlangan;
ilk bor tajribada yuqori energiyali turli asboblarning ta’siridagi  hiqildoq to‘qimalarida patogistologik xususiyatlari (yassi epiteliy, mushak, tog‘ay darajasida) aniklanib,  ularning shikastlanishi nur kuchi darajasiga qarab  isbotlangan;
yuqori energiyali turli asboblarning foydalanishida hiqildoq to‘qimalariga ta’siri, etkazilgan afzallik va kamchiliklari aniqlangan;
olingan klinik va immunologik ma’lumotlar asosida hiqildoqning xavfsiz o‘simtalarini erta tashhislashning takomillashtirilgan algoritmi ishlab chiqilgan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: bolalarda hiqildoq kasalliklarini tashhislash usuli asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda hiqildoq kasalliklarini tashhislash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 apreldagi 8n-r/283-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bemor bolalarda hiqildoq nuqsonlarini erta aniqlash, nafas yo‘llari siqilishini baholash va xavf tug‘ilgan holatlardan  saqlash  va hayot sifatini oshirishga  xizmat qiladi;
lazerli endoskopik mikroxirurgiya usullari asosida ishlab chiqilgan «Hiqildoq kistalarini davolashda diod-lazerli fonojarrohlikdan foydalanish» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 avgustdagi №8n-r/717-son  ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma hiqildoq kistalarini batamom olib tashlashning jarrohlik usullari, ularning qaytalanishini oldini olishga  xizmat qiladi;
yuqori texnologiyali tashhislashlar orasidagi polimeraza zanjirli reaksiyasi (PZR) – DNK-nishonni in vitro kuchaytirish usuli asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda qaytalanuvchi nafas yo‘llari papillomatozining kechishini prognozlashtirish va davolash taktikasini tanlash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 26 martdagi 8n-r/268-son  ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma OPV virusli yuklamaga asoslangan holda qaytalanuvchi nafas yo‘llari papillomatozani baholash mezonlari, qaytalanishini prognozlashtirish sxemasini ishlab chiqish va ushbu bemorlar guruhini davolash taktikasini aniqlanishda xizmat qiladi; 
hiqildoq xavfsiz zararlanishlari, ularni zamonaviy tashhislash va jarrohlik aralashuvi bilan davolash usullari haqidagi ma’lumotlarni olingan ilmiy natijalar bilan birgalikda sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Samarqand viloyat bolalar ko‘p tarmoqli markazi (Samarqand sh.), Respublika ko‘p tarmoqli bolalar kasalxonasi amaliy faoliyatiga (Qoraqalpog‘iston, Nukus shahri) joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 12 oktyabrdagi №8n- z/363-sonli ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy etilishi endoskopik usullarni bemorlarda keng qo‘llash, ularni standartlashga imkon yaratdi, o‘simtalarning  qaytalanuvchiligini prognozlashtirish ehtimolini aniqlash va oldini olish,  bemorlarni jarrohlik usuli bilan davolash samaradorligini oshirish, hayot tarzini yaxshilashga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish