Niyozov Shuxrat Tashmirovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi ximoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalardagi ensefalit asoratlarining klinik-epidemiologik, paraklinik va morfofunksional tavsifi hamda prognostik kriteriyalari», 14.00.13-Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2020.3.DSc/Tib474.
Ilmiy maslahatchi: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc. 04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Shamansurov Shanavar Shamuratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Raximbaeva Gulnara Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor;  Zavadenko Nikolay Nikolaevich tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yunalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Bolalarda ensefalit va meningoensefalit oqibatlarining klinik-epidemiologik, paraklinik, morfofunksional xususiyatlarini aniqlash, shuningdek ushbu toifadagi bemorlarni davolash taktikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor chaqaloqlardagi ensefalit sababi xomila ichi TORH infeksiyasi bo‘lib, katta yoshdagi bolalarda esa enteroviruslar tomonidan chaqirilishi aniqlangan;
ilk bor ensefalitlar asorati sifatida bosh miya to‘qimasida gipopolimorfizm o‘choqlarining doimiy saqlanib qolishi aniqlangan;
ensefalitning asorati avj olishida bosh miya to‘qimasida nozik va qo‘pol chandiqlanish jarayonining rivojlanishi eksperimental isbotlangan;
neyroinfeksiya natijasida markaziy asab tizimining zararlanish oqibatlarini davolashda ozonlangan neyroprotektorning yallig‘lanish o‘chog‘i atrofidagi inaktiv neyronlarni faollashtirishi isbotlangan;
ilk bor tajribada ensefalitlarning davosini ozonlangan neyroprotektorlar qo‘llash bilan optimalashtirish neyronlarning tiklash muddatini qisqartirishi va ularning to‘liq tiklanishi isbotlangan;
ensefalit va meningoensefalitlarning asoratlarini davolashda an’anaviy davoga ozonlangan neyroprotektorni qo‘shish bilan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalardagi ensefalit va meningoensefalit ning klinik va epidemiologik aspektlarini o‘rganish va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asosida:
bolalardagi ensefalit va meningoensefalitni davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Bolalardagi ensefalit qoldiq asoratlarini davolashda ozonlangan neyroprotektorlarning samaradorligini klinik va morfologik asoslash" nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 iyuldagi 8i-z/248-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma bolalardagi asoratli kechuvchi ensefalit va meningoensefalitlarni erta tashxislash xamda davolash usullarini takomillashtirishga imkonini bergan;
bolalardagi ensefalomielit va ensefalitning asoratlarini diagnostikasi va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Ensefalomielit va ensefalitlar klinikasi, diagnostikasi, davolash taktikasi va asoratlari" (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 10 iyuldagi 8 i-z/248-son ma’lumotnomasi) nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan. Mazkur uslubiy tavsiyanoma kasallikni erta davrida aniqlash, asoratlarini bashoratlash va oldini olish xamda kasallangan bolalarda bosh miya faoliyatining erta tiklanish imkonini bergan;
bolalardagi ensefalit va meningoensefalitdagi o‘zgarishlarni tashxislash va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyat shifoxonalari, shuningdek Kitob va Denov shahar tibbiyot birlashmalari, Samarqand davlat tibbiyot institutining 1 -klinikasi amaliyotlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 noyabrdagi 08-09/17931-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotdan olingan natijalar bolalardagi ensefalit va meningoensefalit asoratlarining klinik kechishi va davolash choralarini optimizatsiyalashga olib kelib, bu esa davo samaradorligini oshirishga, reabilitatsiya vaqtini qisqartirishga,  nafaqat markaziy asab tizimi yallig‘lanish kasalliklarining asoratlarini oldini olishga, shuningdek ozonlangan serebrolizinni qo‘llash natijasida turli xil muddatlarda kechuvchi kasallikning oqibatlarini bartaraf etishga yordam berdi. Bundan tashqari ambulator sharoitda xam bolalardagi ensefalit va meningoensefalit asoratlarini davolashga zamin yaratib berdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish