Murodov Alijon Salimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yumshoq to‘qimalar yiringli-destruktiv kasalliklarini davolashni samarali usullarini ishlab chiqish va tadbiq etish» 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib104.
Ilmiy rahbarlar: Teshaev Oktyabr Ruxullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc/PhD.04/30.12.2019.Tib.93.01
Rasmiy opponentlar: Gulamov Olimjon Mirzaxitovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Egamov Yuldashali Salaymanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samara davlat tibbiyot universiteti, Rossiya Federatsiyasi
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
yumshoq to‘qimalar yiringli-destruktiv kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni fotodinamik terapiya va karbon (SO2) lazerni qo‘llagan holda davolashni optimallashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilmiy-tadqiqot asosida in vitro tajribada yumshoq to‘qimalar yiringli-destruktiv kasalliklarini kompleks davolash maqsadida fotodinamik terapiya uchun fotosensibilizator – metilen ko‘kining optimal konsentratsiyasi aniqlangan;
yara jarayoni I fazasida ekssudatsiyani kamaytirib, yiringli-fibroz qatlam yupqalashishiga va yo‘qolishiga olib kelgan, yumshoq to‘qimalar yiringli-destruktiv kasalliklarini davolashda fotodinamik terapiyani keng qo‘llash uchun karbon (SO2) lazerning samaradorligi isbotlangan; 
matematik modellash yordamida saramas kasalligi shakli va fazasiga bog‘liq holda kasallik davolash taktikasi aniqlangan;  
ilmiy tadqiqotlar natijasida yumshoq to‘qimalar yiringli-destruktiv kasalliklari mavjud bemorlarni davolashda fotodinamik terapiya qo‘llanilishining yuqori samaradorligi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yumshoq to‘qimalar yiringli-destruktiv kasalligi mavjud bemorlarni davolashda fotodinamik terapiyani  qo‘llab olingan ilmiy natijalar asosida:
yumshoq to‘qimalar yiringli-destruktiv kasalligini fotodinamik terapiyani kompleks joriy etish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Yumshoq to‘kimalar yiringli-destruktiv kasalliklarini davo usullarini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 yanvardagi 8n-r/34-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma yumshoq to‘qimalar yiringli-destruktiv kasalligida fotodinamik terapiyani kompleks qo‘llab, ushbu kasalliklarni davo samaradorligini va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
yumshoq to‘qimalar yiringli-destruktiv kasalligini fotodinamik terapiyani kompleks qo‘llashni asoslashga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi xamda Buxoro viloyatining Viloyat ko‘p tarmokli klinikasi yiringli xirurgiya bo‘limlari klinik amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 martdagi 8n-d/111-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar yumshoq to‘qimalar yiringli-destruktiv kasalligi mavjud bemorlarda fotodinamik terapiyani kompleks qo‘llab, bemorlarni diagnostik va davolash algoritmi ishlab chiqish, bemorlarda yiringli yara mikrobiologik va morfologik o‘zgarishlarni darajasini aniqlash, davo algoritmini qo‘llash hisobiga davo samaradorligini yaxshilab, bemorlarning statsionarda bo‘lish davomiyligini xamda asoratlarning uchrashini kamaytirishga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish