Abdullaeva Xilola Nodirovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ul`tratovush navigatsiyasi erdamida perioperativ davrida korin bushligining kundalak blokadasini optimmallashtirishyullari», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1312.
Ilmiy rahbar: Nazirova Lyudmila Alixandovna tibbiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Visolat Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori; Berkinov Ulugbek Bazarboevich , tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.A. Asfandiyarov nomli “Milliy Tibbiet Universiteti”. 
Almati. Kozog‘iston. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ul`tratovush nazorati ostida TAP blokni o‘tkazishni maqbullashtirish orqali qorin bo‘shlig‘i jarrohligida jarrohlik amaliyotidan keyingi og‘riqsizlantirish natijalarini  yaxshilashdan iborat. 
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jarrohlik amaliyotidan keyingi davrda qorin ko‘ndalang bo‘shlig‘i blokadasining narkotiksiz va narkotikli anal`getiklar sarfiga ta’siri anal`geziya turi va jarrohlik aralashuvining xususiyatini hisobga olgan holda aniqlangan;
jarrohlik amaliyotidan keyingi og‘riq his qilish darajasining zo‘rayishiga ko‘maklashuvchi o‘ziga xos xavf omillariga yosh (≥ 60 yosh), ortiqcha tana vazni (≥30 kg/m2) va alomatli ahamiyati og‘riq sindromi jadalligi bilan bog‘liq yo‘ldosh yurak-qon tomir kasalliklarining mavjudligi aniqlangan;
jarrohlik aralashuvining xususiyatiga, narkotiksiz yoki narkotikli anal`getiklarni dastlabki qo‘llashga qadar maqbul davrga, anal`geziyani necha karra yuborish va uning dozasiga qarab, turli hil TAP bloklarni bajarish orqali sifatli anal`geziyani ta’minlashning jarrohlik amaliyotidan keyingi xususiyatlari aniqlangan;
davomiylik, samaradorlik va nojo‘ya ta’sirlarning rivojlanish xavfi kabi o‘ziga xos xususiyatlarni tasdiqlash bilan lateral va subkostal TAP blokli anal`geziya o‘tkazish sharoitida turli xil anestetiklarning ta’sir qilishi klinik va farmakodinamik xususiyatlari asoslangan; 
aniqlangan xavf omillariga va og‘riqni his qilish darajasini baholash mezonlarining prognostik ahamiyatiga qarab, jarrohlik amaliyotidan keyingi mutanosib og‘riqsizlantirishni ta’minlash uchun anal`geziya turini aniqlash usuli ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ul`tratratovush navigatsiyasi ostida qorin bo‘shlig‘ining jarrohlik amaliyoti jarayonidagi blokadasini maqbullashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
qorin ko‘ndalang mushaklari muskul pardalari oralig‘ida blokada bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Qorin bo‘shlig‘i jarrohligida qorin ko‘ndalang mushaklari muskul pardalari oralig‘ida blokada” (Transversus abdominis plane block) nomli uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 eyil 05 avgustdagi 8n-r/718-sonli ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar davolash natijalarini yaxshilashga imkon berdi, standart muolajalar bilan qiyoslaganda jarrohlik amaliyotidan keyingi og‘riqsizlantirishning samarali uzoq muddat ta’sir etishini ta’minlagan;
qorin bo‘shlig‘i jarrohligida TAP blokdan foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning amaliy faoliyatiga joriy etildi, jumladan, akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga, Namangan viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining jarrohlik bo‘linmasiga va “Nano klinika” xususiy tibbiyot markazining jonlantirish va jadal terapiya bo‘linmalari amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 05-avgustdagi 8n-r/ 718-son ma’lumotnomasi). Qorin bo‘shlig‘i jarrohligida xavf omillarini tasdiqlashga va yuqori darajadagi og‘riq hissini prognozlashga asoslangan taklif etilgan tavsiyalar jarrohlik amaliyotidan keyingi og‘riqsizlantirish sifatini sezilarli darajada yaxshilashga, opioid iste’molini 30,4% ga kamaytirishga va umuman bemorlarning anesteziyadan qoniqish darajasini oshirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish