Kamalova Zulfiya Xasanboy qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak pedagogda kasbiy refleksiyani rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik shartlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/P308.
Ilmiy rahbar: Safaev Nuriddin Salixovich, psixologiya fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Samarov Rustam Sadriddinovich psixologiya fanlari doktori, professor; Sirliev Baxtiyor Nazarovich psixologiya nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak pedagogda kasbiy refleksiyani samarali rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik shartlarini asoslash va eksperimental tekshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy refleksiyaning qadriyatli-motivatsion, kommunikativ, intellektual va proektiv xususiyatlari pedagogning loyiha tadqiqotchilik faoliyatida yakuniy natijalarini prognozlovchi asosiy omillar ekanligi aniqlangan;
bashoratlash qobiliyati, o‘zini o‘zi rivojlantirish, o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarish va muloqotmandlik ta’lim jarayonida bo‘lg‘usi pedagog kasbiy refleksiyasining yetakchi ijtimoiy-psixologik komponentlari ekanligi isbotlangan;
bo‘lg‘usi pedagoglarda kuzatuvchanlik, asabiy-psixik barqarorlik, ijodkorlik, yuqori intellekt, odob-axloq mutanosibligi, irodaviy ta’sir kabi shaxsiy xususiyatlar metaqobiliyat sifatida yuzaga chiqib bo‘lajak pedagog psixikasi substrukturasining ajralmas qismi sifatida og‘ishgan vaziyatlarda eng maqbul qarorni qabul qilishga tayyorligini ifodalashi dalillangan;
bo‘lajak pedagoglarda kasbiy refleksiyani rivojlantiruvchi trening dasturi kasbiy refleksiyaning pedagogik salohiyatini optimallashtirish, ijtimoiy-perseptiv imkoniyatlarini rivojlantirish, assotsiativ-metaforik tasavvurni shakllantiruvchi psixologik mashqlarning izchil kombinatsiyasi orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak pedagogda kasbiy refleksiyani rivojlantirishning ijtimoiy-psixologik shartlari yo‘nalishida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
kasbiy refleksiyaning qadriyatli-motivatsion, kommunikativ, intellektual va proektiv xususiyatlari pedagogning loyiha tadqiqotchilik faoliyatida yakuniy natijalarini prognozlovchi asosiy omillar ekanligi aniqlanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 12-son buyrug‘iga asosan, bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Umumiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-12a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarning kasbiy tayyorgarlik darajasi sifat jihatdan takomillashtirilgan va o‘quv jarayonlarini samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bashoratlash qobiliyati, o‘zini o‘zi rivojlantirish, o‘zini o‘zi nazorat qilish, o‘zini o‘zi boshqarish va muloqotmandlik ta’lim jarayonida bo‘lg‘usi pedagog kasbiy refleksiyasining yetakchi ijtimoiy-psixologik komponentlari ekanligi isbotlanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 12-son buyrug‘iga asosan, bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Ijtimoiy-psixologik trening” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-12a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlar faoliyatini takomillashtirishga, kasbiy refleksiyaning psixologik mazmun moxiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
bo‘lg‘usi pedagoglarda kuzatuvchanlik, asabiy-psixik barqarorlik, ijodkorlik, yuqori intellekt, odob-axloq mutanosibligi, irodaviy ta’sir kabi shaxsiy xususiyatlar metaqobiliyat sifatida yuzaga chiqib bo‘lajak pedagog psixikasi substrukturasining ajralmas qismi sifatida og‘ishgan vaziyatlarda eng maqbul qarorni qabul qilishga tayyorligini ifodalashi dalillanganganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 12-son buyrug‘iga asosan, bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-12a son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagog kasbiy refleksiyasining ilmiy-amaliy ta’minotini hamda shaxs etukligidagi o‘rni va axamiyati yoritilgan;
bo‘lajak pedagoglarda kasbiy refleksiyani rivojlantiruvchi trening dasturi kasbiy refleksiyaning pedagogik salohiyatini optimallashtirish, ijtimoiy-perseptiv imkoniyatlarini rivojlantirish, assotsiativ-metaforik tasavvurni shakllantiruvchi psixologik mashqlarning izchil kombinatsiyasi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 12-son buyrug‘iga asosan, bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Psixokorreksiya” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2021 yil 19 apreldagi P-M-12a ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak pedagoglarda kasbiy refleksiyani shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi samarali ijtimoiy–psixologik trening dastur asosida nazariya hamda amaliyot uzviyligini ta’minlashga xizmat qilgan.