Tilovova Gavhar Abdaxatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek va nemis tillarida o‘rmonchilikka oid terminlarning leksik-semantik xususiyatlari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil890. 
Ilmiy rahbar: Imyaminova Shuxratxon Salijanovna, filologiya fanlari nomzodi, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ismoilov Yusuf Niyazmetovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va nemis tillarida o‘rmonchilik terminlarining leksik-semantik, struktur-funksional xususiyatlarini o‘zaro chog‘ishtirgan holda ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va nemis tillari dendronimik leksikasining terminologik maydondagi tizimlilik, nominativlik, defenitivlik hamda neytrallik kabi lingvistik xususiyatlari ularning umumiy tilshunoslikdagi terminologik ahamiyatini belgilash asosida isbotlangan;
o‘zbek va nemis tillarida o‘rmonchilik terminlari funksional-semantik xususiyatlarining affiksal, konversiya, kompozisiya, morfemik-morfologik usullarda yasalishi kabi differensial jihatlari hamda nomlash prinsipi va tamoyillari asosida ularning nominatsion-motivatsion belgilari soha terminlarini tizimlashtirish orqali dalillangan; 
o‘zbek tilida o‘rmonchilik terminlarining gipo-giperonimik va graduonimik munosabatlari leksik tizimda nemis tili bilan izomorflik xususiyatga egaligi, nemis tili o‘rmonchilik terminlarining antonimik, sinonimik, sinonim dominantlik kabi til tizimidagi leksik paradigmalarning ikki til semantikasidagi allomorflik jihatlari isbotlangan;
o‘rmonchilik sohasiga oid bo‘lgan manbalarda ko‘p hollarda soha terminlarining qo‘llanishida polisemantik munosabatning saqlanganligi isbotlangan, soha terminlarini tartibga solishda to‘sqinlik qiluvchi sinonimik va to‘g‘ridan-to‘g‘ri kal`kalash omillarini bartaraf etish va unifikatsiyaga erishish maqsadidagi tavsiyalar dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va nemis tillarida o‘rmonchilik terminlarining leksik-semantik xususiyatlarini tadqiq etishdan olingan natijalar asosida: 
o‘zbek va nemis tillari dendronimik leksikasining terminologik maydondagi tizimlilik, nominativlik, defenitivlik hamda neytrallik kabi lingvistik xususiyatlari ularning umumiy tilshunoslikdagi terminologik ahamiyatini belgilashga oid xulosalardan «O‘zbek sehrli ertaklari tipologik katalogi nemis tilidan o‘zbek tiliga tarjimasi» mavzusidagi xalqaro amaliy loyihada foydalanilgan (Germaniyaning «Olmon-O´zbek ilmiy jamiyati»ning 2021 yil 15 iyuldagi ma’lumotnomasi). Natijada, nemis tilida o‘rmonchilik leksikasiga oid bo‘lgan so‘zlarning tildagi ahamiyati, shuningdek, bevosita o‘zbek tiliga berilish jarayonida lingvistik muqobilini tanlash muhim ekanligi, bu orqali mukammal ekvivalent tanlashga erishish mumkinligi aniqlab berilgan;
o‘zbek va nemis tillarida o‘rmonchilik terminlari funksional-semantik xususiyatlarining affiksal, konversiya, kompozisiya, morfemik-morfologik usullarda yasalishi kabi differensial jihatlari hamda nomlash prinsipi va tamoyillari asosida ularning nominatsion-motivatsion belgilari soha terminlarini tizimlashtirish yuzasidan olingan taklif, tavsiya va g‘oyalardan Toshkent davlat agrar universitetida 2018-2019 yillarda bajarilgan «Markaziy Osiyoda kasbiy ta’limni rivojlantirish» nomli grant doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2021 yil 10 iyuldagi 1/4-1-2/46-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va nemis tillarida o‘rmonchilik terminlarining gipo-giperonimik va graduonimik munosabatlari, antonim, sinonim va sinonim dominant o‘rmonchilik terminlarining izomorflik va allomorflik jihatlarining ochib berilishi orqali kasbiy ta’limning sifatini oshirish va rivojlantirishga erishilgan;
o‘zbek tilida o‘rmonchilik terminlarining gipo-giperonimik va graduonimik munosabatlari leksik tizimda nemis tili bilan izomorflik xususiyatga egaligi, nemis tili o‘rmonchilik terminlarining antonimik, sinonimik, sinonim dominantlik kabi til tizimidagi leksik paradigmalarning ikki til semantikasidagi allomorflik jihatlari yuzasidan keltirilgan tavsiyaviy materiallaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «O´zbekiston» teleradiokanali DUK «Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar» muharririyati tomonidan tayyorlangan «Adabiy jarayon» va «Ta’lim va taraqqiyot» nomli radioeshittirishlarning 2021 yil 14 may, 8 iyun` kunidagi sonlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 25 iyundagi 04-25-1075-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli tizimli tillarda o‘rmonchilik leksikasining insonlarning muloqot jarayoniga kirib kelishi, ishlatilishi hamda soha leksikasining tartibga solinishida berilgan tavsiyalar radio tinglovchilar bilimlarining boyishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish