Boymirzaeva Dil`bar Dmitrievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy o‘quv yurtlari talabalarida frustratsiyaning namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari», 19.00.05–Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/P214.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Dilbar Gafurdjanovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Kadirov Kamoliddin Batirovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Sultanova Liliya Ziyautdinovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi frustratsiya namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik tuzilishini aniqlash hamda ularning psixokorreksion va psixoprofilaktik usullari bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talaba o‘quv faoliyati davrida frustratsiya holatining kuchayishiga ta’sir qiluvchi yuqori xavotirlik, agressivlik, rigidlik, psixologik himoya, emotsional zo‘riqish psixologik xususiyatlari ochib berilgan;
shaxslararo munosabatlarda aynan talabada namoyon bo‘luvchi frustratsiya holatining ijtimoiy-psixologik jihatlarini modellashtirish ijtimoiy mavqe, muloqotchanlik ko‘nikmalari, shaxs tiplarini o‘zgarishi isbotlangan;
talabalar orasidagi agressiv va tobe tipdagi shaxslararo munosabatlar tizimida quyi emotsional ekspansivlik, salbiy ijtimoiy maqom ko‘rinishidagi psixik holatlar frustratsiya natijasida namoyon bo‘lishi aniqlangan;
talabada psixik zo‘riqishlarni bartaraf etish, guruhiy jipslikni ta’minlash, emotsional sohada o‘zini o‘zi qabul qilish, refleksiya kabi frustratsiya darajasini pasaytirishga xizmat qiluvchi tayanch komponentlarni barqarorlashtirishning psixokorreksion va psixologik maslahat berish, o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish ko‘rinishidagi psixoprofilaktik tadbirlar majmuasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy o‘quv yurtlari talabalarida frustratsiyaning namoyon bo‘lishining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
talaba o‘quv faoliyati davrida frustratsiya holatining kuchayishiga ta’sir qiluvchi yuqori xavotirlik, agressivlik, rigidlik, psixologik himoya, emotsional zo‘riqish psixologik xususiyatlari Toshkent davlat pedagogika universitetining 2020 yil 18 iyundagi 9-son buyrug‘i asosida bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Boshqaruv va marketing psixologiyasi” fani mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazi P-M-9-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim sohasi uchun tayyorlanadigan psixologlarning kasbiy ahamiyatli tayanch kompetensiyalarni shakllantirish hamda kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirish sohasida sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
shaxslararo munosabatlarda aynan talabada namoyon bo‘luvchi frustratsiya holatining ijtimoiy-psixologik jihatlarini modellashtirish ijtimoiy mavqe, muloqotchanlik ko‘nikmalari, shaxs tiplarini o‘zgarishi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2020 yil 18 iyundagi 9-son buyrug‘i bilan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Konsul`tativ psixologiya va psixokorreksiya” fani mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazi P-M-9-son ma’lumotnomasi). Natijada, har tomonlama etuk, barkamol avlodni raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashda ilmiy-metodik ta’minotning boyitilishiga erishilgan;
talabalar orasidagi agressiv va tobe tipdagi shaxslararo munosabatlar tizimida quyi emotsional ekspansivlik, salbiy ijtimoiy maqom ko‘rinishidagi psixik holatlar frustratsiya natijasida namoyon bo‘lishi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2020 yil 18 iyundagi 9-son buyrug‘i bilan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Kasb psixologiyasi” moduli mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazi P-M-9-son ma’lumotnomasi). Natijada, talaba yoshlarni etuk mutaxassis sifatida shakllanishi va kadrlar zahirasini shakllantirishga xizmat qilgan;
talabada psixik zo‘riqishlarni bartaraf etish, guruhiy jipslikni ta’minlash, emotsional sohada o‘zini o‘zi qabul qilish, refleksiya kabi frustratsiya darajasini pasaytirishga xizmat qiluvchi tayanch komponentlarni barqarorlashtirishning psixokorreksion va psixologik maslahat berish, o‘zini o‘zi boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish ko‘rinishidagi psixoprofilaktik tadbirlar majmuasi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2020 yil 18 iyundagi 9-son buyrug‘i bilan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining “Kasb psixologiyasi” moduliga tatbiq etilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi psixologiya o‘quv-ilmiy markazi P-M-9-son ma’lumotnomasi). Natijada talaba yoshlar faolligini rivojlantirish buyicha profilaktika ishlari kuchaytirilgan.