Razakova Rayxan Saylaubekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qizlar oilaviy hayotga adaptatsiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” 19.00.05– Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/P203.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Muyassar Gafurdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Karimova Vasila Mamanosirovna psixologiya fanlari doktori, professor; Maqsadova Mexriniso Sayxonovna psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qizlarning oilaviy hayotga adaptatsiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash, asoslash va amaldagi samaradorligini tekshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qizlarning o‘z oilaviy hayotidagi munosabatlarini mustahkamlashi uchun oilaviy hayotining muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlovchi o‘z xulqini boshqara olish, kompromiss yo‘lini tanlash, boshqalarning kamchiligiga vazmin munosabatda bo‘lish va o‘z xatolarini tan ola bilish xususiyatlari yetakchi psixologik omil ekanligi  isbotlangan;
qizlarning kelgusida mustahkam hayot qurish uchun oilaviy hayotga nisbatan adaptatsiya potensiali tuzilishini namoyon qiluvchi kommunikatsion, autoregulyasion, motivatsion kabi tarkibiy qismlari oilaning baxt va tinchlik-xotirjamlikni barqarorlashtiruvchi ko‘rsatkichi sifatida ochib berilgan;
farovon  oilaviy hayot uchun muhim bo‘lgan mezon nikohni milliy qadriyat sifatida e’zozlash, oilaviy o‘zaro moslik, oila-nikoh  munosabatlarida baxtli bo‘lishga intilish, oilaviy barqarorlikka erishish  istagini shakllantirishda psixologik trening, mashq, keys  texnologiyalarini  qo‘llash takomillashtirilgan;
qizlarning oilaviy hayotga nisbatan ijtimoiy yondashuvini ta’minlashga  yo‘naltirilgan adaptiv imkoniyatlarni oshirishga xizmat qiluvchi  baxtli oilaviy  hayot, mustahkam oila, oilaviy hayotga adaptatsiya trening mashg‘ulotlari  samaradorligi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qizlar oilaviy hayotga adaptatsiyasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qizlarning o‘z oilaviy hayotidagi munosabatlarini mustahkamlashi uchun oilaviy hayotining muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlovchi o‘z xulqini boshqara olish, kompromiss yo‘lini tanlash, boshqalarning kamchiligiga vazmin munosabatda bo‘lish va o‘z xatolarini tan ola bilish xususiyatlari yetakchi psixologik omil ekanligi isbotlanganligiga doir takliflar “Psixologiya”, “Pedagogika va psixologiya” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida “Oilaviy munosabatlar psixologiyasi”, “Oila psixologiyasi”, “Ijtimoiy psixologiya”, “Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik-psixologiya” kabi fanlarning ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarida  qo‘llanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 oktyabrdagi 89-03-3853-son ma’lumotnoma). Natijada oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan amaliyotchi psixologlar faoliyatida oilaviy munosabatlarni shakllantirishga oid ilmiy, o‘quv-metodik ta’minot kuchaytirilgan, bu o‘z navbatida bo‘lg‘usi mutaxassislarning qizlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qaratilgan faoliyatini kuchaytirish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
qizlarning kelgusida mustahkam hayot qurish uchun oilaviy hayotga nisbatan adaptatsiya potensiali tuzilishini namoyon qiluvchi kommunikatsion, autoregulyasion, motivatsion kabi tarkibiy qismlari oilaning baxt va tinchlik-xotirjamlikni barqarorlashtiruvchi ko‘rsatkichi sifatida ochib berilganligiga doir xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi  Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 01 iyuldagi P-M-7a -son buyrug‘iga asosan bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Oilaviy munosabatlar psixologiyasi” moduliga kiritilgan (Toshkent davlat  pedagogika  universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 01 iyuldagi P-M-7a-son ma’lumotnoma). Natijada, oilaviy hayotga adaptatsiya potensialining asosiy komponentlarini shakllantiruvchi sifatlar Markazning ilmiy-amaliy ta’minoti kuchayishiga xizmat qilgan;
farovon  oilaviy hayot uchun muhim bo‘lgan mezon nikohni milliy qadriyat sifatida e’zozlash, oilaviy o‘zaro moslik, oila-nikoh  munosabatlarida baxtli bo‘lishga intilish, oilaviy barqarorlikka erishish  istagini shakllantirishda psixologik trening, mashq, keys  texnologiyalarini  qo‘llash takomillashtirilganligiga doir takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi  Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 01 iyuldagi P-M-7a -son buyrug‘iga asosan  bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Ijtimoiy va oila psixologiyasi” moduli mazmuniga kiritilgan (Toshkent davlat  pedagogika  universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 01 iyuldagi P-M-7a -son ma’lumotnoma). Natijada soha vakillarida oilaviy hayotga adaptatsiya xususiyatlarini rivojlantirish bo‘yicha profilaktika ishlari kuchaytirilgan;
qizlarning oilaviy hayotga nisbatan ijtimoiy yondashuvini ta’minlashga  yo‘naltirilgan adaptiv imkoniyatlarni oshirishga xizmat qiluvchi  baxtli oilaviy  hayot, mustahkam oila, oilaviy hayotga adaptatsiya trening mashg‘ulotlari samaradorligi takomillashtirilganligiga doir takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 01 iyuldagi P-M-7a -son buyrug‘iga asosan  bo‘lg‘usi amaliyotchi psixologlarni tayyorlashda “Ijtimoiy psixologiya” moduliga singdirilgan (Toshkent davlat  pedagogika  universiteti qoshidagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2020 yil 01 iyuldagi P-M-7a - son ma’lumotnoma). Natijada bu psixodiagnostik tekshiruvlar asosida shakllantirilgan psixologik tavsifnomalar tuzish sifati va samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish