Mamadiyarova Dilfuza Umirzaqovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak umumiy amaliyot shifokorlari kasbiy stressi profilaktikasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/P216.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Muyassar Gafurdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Shoira Xamidovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor; Arapbaeva Damegul Kurbanovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy amaliyot shifokorlarida kasbiy stress rivojlanishi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini baholashni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy amaliyot shifokorlarining psixoemotsional holatini belgilovchi kasbiy stress rivojlanishiga salbiy ta’sir qiluvchi yosh kategoriyasi, kasbiy faoliyat staji, ish hajmining murakkabligi va doimiy yuqori ma’suliyat hissi kasbiy rivojlanishdagi stressli vaziyat ko‘rsatkichlari omili ekanligi asoslangan;
bo‘lajak shifokorlarining davolash amaliyotida faoliyat samaradorligi pasayishini keltirib chiqaruvchi kasbiy o‘z-o‘zini anglashi pastligi, adaptatsiya salohiyatining quyi darajadaliligi,  vaziyatli xavotir va psixoemotsional holatlariga tushishini oldini olishni psixologik trening, dialog, keys-maslahatlashuv texnologiyalarini qo‘llash takomillashtirilgan;
amaliyot jarayonida  shifokorning adaptatsiya salohiyatini yaxshilashga imkon beruvchi kommunikativ nazorat, irodaviy sifatlarni takomillashtirish, kasbga pozitiv yondashuv, bemorni perseptiv anglash individual psixologik xususiyatlarni rivojlantirish ochib berilgan;
shifokorning  kognitiv xulq-atvor yondashuvga asoslangan stressga bardoshlilik, stressni boshqarish, kasbiy yo‘nalganlikni oshiruvchi psixologik mashg‘ulotlarning samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak umumiy amaliyot shifokorlari kasbiy stressi profilaktikasining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
umumiy amaliyot shifokorlarining psixoemotsional holatini belgilovchi kasbiy stress rivojlanishiga salbiy ta’sir qiluvchi yosh kategoriyasi, kasbiy faoliyat staji, ish hajmining murakkabligi va doimiy yuqori ma’suliyat hissi kasbiy rivojlanishdagi stressli vaziyat ko‘rsatkichlari omili ekanligiga doir xulosalardan Toshkent davlat pedagogika universitetining 2020 yil 13-maydagi P-M-5v-son buyrug‘i bilan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining «Shaxslararo munosabatlar psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi P-M-5v-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar amaliyotchi psixologlar faoliyatida kasbiy kamolotning rivojlanishi, ilmiy, o‘quv-metodik ta’minotni boyitish va kasbiy muloqot samaradorligini ta’minlashga xizmat qilgan;
bo‘lajak shifokorlarining davolash amaliyotida faoliyat samaradorligi pasayishini keltirib chiqaruvchi kasbiy o‘z-o‘zini anglashi pastligi, adaptatsiya salohiyati quyi darajasi,  vaziyatli xavotir va psixoemotsional holatlariga tushishini oldini olishni psixologik trening,dialog,keys-maslahatlashuv texnologiyalarini qo‘llashga doir xulosalardan  Toshkent davlat pedagogika universitetining 2020 yil 13 - maydagi P-M-5v-son buyrug‘i bilan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining «Kasb psixologiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi P-M-5v-son ma’lumotnomasi). Natijada umumiy amaliyot shifokorlarida tashqi stressor va ichki determinantlarini sub’ektiv baholash sharoitida stressorlar sifatida paydo bo‘lishini baholash imkonini bergan;
amaliyot jarayonida  shifokorning adaptatsiya salohiyatini yaxshilashga imkon beruvchi kommunikativ nazorat, irodaviy sifatlarni takomillashtirish, kasbga pozitiv yondashuv, bemorni perseptiv anglash individual psixologik xususiyatlarni rivojlantirishga doir xulosalardan Toshkent davlat pedagogika universitetining 2020 yil 13-maydagi P-M-5v-son buyrug‘i bilan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi «Kasb psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi P-M-5v-son ma’lumotnomasi). Natijada soha vakillarida kasbiy stressga bardoshliligi bo‘yicha psixologik profilaktik ishlarni tashkilashtirish mexanizmlari kuchaytirilgan;
shifokorning kognitiv xulq-atvor yondashuvga asoslangan stressga bardoshlilik, stressni boshqarish, kasbiy yo‘nalganlikni oshiruvchi  psixologik mashg‘ulotlarning samaradorligiga doir xulosalardan Toshkent davlat pedagogika universitetining 2020 yil 13-maydagi P-M-5v-son buyrug‘i bilan Psixologiya o‘quv-ilmiy markazi «Kasb psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2020 yil 13 maydagi P-M-5v-son ma’lumotnomasi). Natijada bu psixodiagnostik baholash sinamalari asosida shakllantirilgan psixologik kasbiy portret tuzish sifati va samaradorligini ta’minlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish