Doliev G‘olibjon Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Molekulyar namunalarning rutil va illitda adsorbsiyalanish energetikasi», 02.00.11–Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/K25.
Ilmiy rahbar: [Raxmatkariev G‘ayrat Ubaydullaevich], kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Ulug‘ Karimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ergashev Oybek Karimovich, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuqori vakuumli adsorbsion kalorimetrik qurilma yordamida illit va rutillarning turli xil molekulalar bilan adsorbsiyalanish mexanizmlari, termokinetikasi va izotermasini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv, uglerod IV oksidi va benzolning illitda, shuningdek suvning rutilda adsorbsiyalanishining to‘liq termodinamik tavsiflari (DN, DF va DS) va izotermasi bo‘yicha yuqori darajada aniqlikdagi ma’lumotlar olingan hamda yuzaning to‘lib borishida tizimlarning adsorbsiyalanish issiqligi o‘zgarishining pog‘onali bo‘lishi aniqlangan;
illit yuzasining to‘lish sohasi bo‘ylab suv, uglerod IV oksidi va benzolning, shuningdek, suvning rutilda adsorbsiyalanishi energetikasining diagrammalari ishlab chiqilgan;
suvning qutbli molekulalari ta’siri ostida Na+ kationlari olti o‘lchamli bazal` yuzasida va olti o‘lchamli lateral` yuzalarda bo‘sh uyachalarni to‘ldirish asosida N2O/Na+ komplekslar shaklida, shuningdek, S6N6/Na+ p kompleks hosil qilib, illitning bazal` yuzasi bo‘ylab adsorbsiyalanishi aniqlangan;
rutilda suv molekulalarining adsorbsiyalanishi kimyoviy bog‘lanishlar, ya’ni vodorod va donor-akseptor bog‘lanishda bo‘lishi aniqlanib, [110] granda suv molekulalarining yutilishi 50% xemosorbsiyalanish hamda 50% molekulyar adsorbsiyalanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Illit va rutil adsorbentlarining yuqori vakuumli adsorbsion kalorimetrik qurilma yordamida olingan ilmiy natijalar asosida:
sho‘rsuv gil mineralini tozalab va qayta ishlab olingan yangi samarali illit sorbenti O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tizimidagi muassasada oqava suvlarini og‘ir metallardan tozalash bo‘yicha amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2017 yil 28 avgustdagi 1-10/8-752-son ma’lumotnomasi). Natijada oqava suv tarkibidagi Fe+3 kationini 45%, Zn+2 kationini 56%, Cu+2 kationini 40% va Gr+6 kationini 77% ga kamaytirish imkonini bergan;
BaNaY adsorbentini aktiv markazidagi Na+ kationlar bilan adsorbatlar o‘rtasida kompleks hosil bo‘lib, adsorbsiya metodi asosida olingan natijalar EF7-FA-0-11832 raqamli «BaY malekulyar g‘alvirida ion-molekulyar komplekslarning energetikasi, strukturasi va lokallanishi» mavzusidagi fundamental loyihada adsorbentlarni molekulyar g‘alvirlarida N2O va SO2 ning o‘zaro ta’sir adsorbsiyasini aniqlashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalar agentligining 2017 yil 1 avgustdagi FTA-02-11/423-son ma’lumotnomasi). Natijada suv va uglerod (IV) oksid molekulalarining tashqi yuzalariga adsorbsiyalanishi va samaradorligini baholash imkonini bergan.