Oteuliev Jaksilik Begdullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuproq-iqlim sharoitida g‘o‘za navlarining maqbul sug‘orish tartibini ishlab chiqish”, 06.01.02 – Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Qx.692.
Ilmiy rahbar: Mambetnazarov Bisenbay Satnazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidov Muxammadxon Xamidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Durdiev Normat Hasanovich qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy va janubiy xududlarida keskin iqlim o‘zgarishi sharoitini inobatga olgan holda o‘tloqi-allyuvial tuproqlar sharoitiga mos “Chimboy-5018” va “Sulton” g‘o‘za navlaridan yuqori va sifatli hosil olishda sug‘orish tartibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy va janubiy tuproq-iqlim sharoitlarida “Chimboy-5018” va “Sulton” navlarining sug‘orish tizimi iqlim o‘zgarishi hamda tuproq mexanik tarkibiga bog‘liq holda takomillashtirilgan;
global iqlim o‘zgarishi sharoitida o‘tloqi-allyuvial tuproqlarning agrofizikaviy, agrokimyoviy va sho‘rlanish holatiga ko‘ra “Chimboy-5018” va “Sulton” g‘o‘za navlarining suvga bo‘lgan talabi aniqlangan;
g‘o‘zaning biologik xususiyati, tuproqlar mexanik tarkibiga bog‘liq holda “Chimboy-5018” va “Sulton” g‘o‘za navlarining ChDNSga nisbatan 80-80-60 % tuproq namligida shimoliy xududda 1-3-0 tizimda, janubiy xududda esa 1-4-0 tizimda sug‘orish maqbul ekanligi aniqlangan;
Respublikaning shimoliy, janubiy xududlari tuproq mexanik tarkibiga bog‘liq ravishda sug‘orish oldi tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70-70-60% va 80-80-60% namlikda sug‘orish me’yorlarini tuproq sho‘rlanishiga ta’siri aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy va janubiy xududlarida “Chimboy-5018” va “Sulton” g‘o‘za navlarini maqbul sug‘orish tizimlarini o‘simlikning o‘sishi-rivojlanishi, hosildorligi, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni, 1000 dona chigit vazni, bir sentner hosilga sarflangan suv sarfi, tolaning sifatiga ta’siri aniqlangan hamda iqtisodiy samaradorligi baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘istonning sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarining mexanik tarkibiga va iqlim sharoitini hamda g‘o‘za navlarining biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda maqbul sug‘orish tizimlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borgan tadqiqotlar natijalari asosida:
tuproq mexanik tarkibi va g‘o‘za navlarining biologik xususiyatiga bog‘liq sug‘orish tartiblari bo‘yicha «G‘o‘za navining biologik xususiyatiga bog‘liq sug‘orish tizimi bo‘yicha tavsiyalar» tasdiqlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 13-apreldagi 02/04-3-149-son ma’lumotnomasi). Tavsiyanoma respublikada S-4727, Chimboy-5018, Sulton g‘o‘za navlari etishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va agroklasterlariga qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
tuproq iqlim sharoitiga moslashgan rayonlashtirilgan g‘o‘za navlarining cheklangan dala nam sig‘imiga nisbatan 80-80-60 % sug‘orish oldi tuproq namligida sug‘orishni qo‘llash texnologiyasi shimoliy xududda joylashgan Chimboy tumanidagi Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutining tajriba xo‘jaligida 11,7 gektar, “Aliy baylanishi” fermer xo‘jaligida 18,5 gektar, jami 30,2 gektarga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 13-apreldagi 02/04-3-149-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za navlarining biologik xususiyatidan kelib chiqib, g‘o‘za hosildorligi 2,3-2,8 s/ga oshgan;
g‘o‘za navlarining tuproq-iqlim sharoitiga bog‘liq maqbul sug‘orish tartiblarini ko‘llash bo‘yicha janubiy xududda joylashgan “To‘rtko‘l Shaxzod” fermer xo‘jaligida 21,3 gektar, “To‘rtko‘lli Kutlumurot Xudaybergen” fermer xo‘jaligida 25,7 gektar, jami 47 gektar paxta maydonlarida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 13-apreldagi 02/04-3-149-son ma’lumotnomasi). Natijada, sug‘orish suvlari 15,3-20,1 % ga tejalgan va gektaridan 32,5-36,1 s/ga paxta hosili olinib, rentabellik 42,1-48,4 % ni tashkil etgan.