Xasanov Akram Muminovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy O‘zbekistonda shaharlar shakllanishi va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari (V-XIVasrlar birinchi yarmi misolida)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2019.4.DSc/Tar.119.
Ilmiy maslahatchi: Eshov Boxodir Jo‘raevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05. (Bir martalik Ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: t.f.d. A.Raimqulov, t.f.d.E.A. Qobulov, A.M. Ataxodjaev 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi V-XIV asrning I-yarmi Janubiy O‘zbekiston mintaqasida shaharlar shakllanishi va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan hamda V-XIV asrlardagi shaharsozlik masalalarini o‘zbek xalqi moddiy madaniyatining ajralmas bir qismi sifatida ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida V-XIV asrning birinchi yarmida urbanizatsiya rivojiga shaharlarning tarixiy-geografik joylashuvi, siyosiy jarayonlar hamda savdo-iqtisodiy omillarning ta’sir ko‘rsatganligi, shaharlar taraqqiyotining faqat janubiy hududlarda kuzatiladigan o‘ziga xosligi hamda Amudaryo havzasi shaharlari rivoji bilan umumiyligi dalillangan;
ilk o‘rta asrlar davrida Janubiy Sug‘d va Toharistonda shahar hayoti, xususan, Buyuk ipak yo‘li orqali olib borilgan iqtisodiy-madaniy aloqalarda tutgan me’morchiligiga xos an’analarga asoslanib, Naxshab, Kesh, Chag‘oniyon va Termiz kabi shaharlarning mintaqaning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga ta’siri, ichki va tashqi aloqalardagi vositachilik mavqei aniqlangan; 
rivojlangan o‘rta asrlarda (Somoniylar va Qoraxoniylar davrida) shaharlashuv jarayonlari rivoji, Nasaf, Kesh va Termizning diniy va dunyoviy ilmlar markazlari sifatidagi mavqei, Chig‘atoy ulusi davrida shaharlar inqiroziga ijtimoiy-siyosiy vaziyatning ko‘rsatgan shahar me’morchiligiga xos an’analarning ta’siri ochib berilgan;
ilk va rivojlangan o‘rta asrlarda shaharlarning tarkibiy tuzilishi (Ark, shahriston va rabod), shahar ma’muriyati va boshqaruvi, shahar me’morchiligiga xos an’analar, janubiy hududlarga xos an’analar bo‘lgan Qashqadaryo va Surxondaryo vohasining o‘rta asrlarga xos shaharsozlik xususiyatlari ochib berilgan;
Shaharlar va qishloqlar aholisi hamda shaharlar va dasht aholisi munosabatlari masalalariga Qarshi dashtlari va Nasaf, G‘uzor dashtlari va Novqat Quraysh, Subax, Kasbi va atrof qishloqlar misolida aniqlik kiritilib, shaharlarning joylashuvi, nomlanishi hamda tarixiy geografiyasi masalalari ochib berilgan;
Janubiy O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish, yangi turistik yo‘nalishlarni tashkil etishga xizmat qiluvchi shahar manzilgohlarining loyihaviy grafik takliflari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Janubiy O‘zbekistonda shaharlar shakllanishi va rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida V-XIV asrning birinchi yarmida urbanizatsiya rivojiga shaharlarning tarixiy-geografik joylashuvi, siyosiy jarayonlar hamda savdo-iqtisodiy omillarning ta’sir ko‘rsatganligi, shaharlar taraqqiyotining faqat janubiy hududlarda kuzatiladigan o‘ziga xosligi hamda Amudaryo havzasi shaharlari rivoji bilan umumiyligi xususidagi natijalaridan 2017-2018 yillarda bajarilgan 49-05/85 raqamli “Qashqadaryoning turistik salohiyati-global tarmoqda” mavzusidagi innovatsiya loyihasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2021 yil 8 avgustdagi 20-08-2075-son ma’lumotnomasi). Bu O‘zbekiston turizm salohiyatini oshirishda, xususan, mazkur sohani rivojlantirishda shaharsozlik va me’morchilik rivojida muhim omillardan biri ekanligini asoslab berish imkonini bergan;
Shahrisabz shahrining qadimdan o‘rta asrlargacha bo‘lgan shakllanish va rivojlanish bosqichlari, me’moriy ko‘rinishlari loyihaviy taklif echimlaridan amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 01-12-10-3059-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi Shahrisabz shahri tarixiy asilligini saqlash hamda turizmni yanada rivojlantirish imkonini bergan;
Janubiy O‘zbekiston shaharlarining hududiy-ma’muriy qismlarga ajratilganligi, mustahkam mudofaa devorlari, shaharlar tuzilishidagi an’anaviylik va o‘zgarishlar kabi ilmiy natijalar O‘zbekiston teleradio kompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Buyuk ipak yo‘li shaharlari” ko‘rsatuvining Qashqadaryo sonini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2020 yil 19 oktyabrdagi 02-40-980-son dalolatnomasi) hamda “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021 yil 25 iyundagi “Ko‘hna manzillar” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2021 yil 9 avgustdagi 02-40-1300-son dalolatnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanishi shaharlar va qishloqlar o‘rtasidagi bog‘liqlik qadimdan vujudga kelganligi va taraqqiy etib borish jarayoni bo‘yicha aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish