Habibjonov Ikromjon Toshpulat o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek soliq-bojxona terminologiyasi” 10.00.01 – O‘zbek tili.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2 PhD/Fil 127.
Ilmiy rahbar: Yuldashev Ibroxim Juraevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2021.Fil.132.01.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Abdulxay Shukurovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jamoliddinova Dilnoza Mirxojiddinovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbek soliq-bojxona terminologiyasining shakllanishi va rivojlanishi, yasalish va tuzilish turlari, mavzuiy va leksik-semantik guruhlarini aniqlash, soha terminlarini tartibga solish va ixchamlashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek tilidagi soliq-bojxona terminlarining tilning sinxron holatiga ko‘ra, eskirgan va faol, o‘z va o‘zlashgan qatlamlari, ularning arab, fors-tojik, rus va ingliz tillaridan o‘zlashish manbalari aniqlangan;
o‘zbek soliq-bojxona terminlarining eski turkiy, eski o‘zbek va hozirgi o‘zbek tilidagi leksik-semantik, nominatsion-motivatsion, struktur-morfologik jihatdan hamda uslubiy xususiyatlarining sintaktik usullar orqali yasalish yo‘llari aniqlangan hamda hozirgi o‘zbek tilida kal`kalash yangi o‘zbek soliq-bojxona terminlari hosil qilishning faol lingvistik omili ekanligi asoslangan;
o‘zbek soliq va bojxona ishi terminlaridagi ko‘p ma’nolilik, variantlilik, dubletlik lisoniy hodisalarining yuzaga kelish sabablari ochib berilgan, Murakkab birikmali terminlarning tarkiban ikki uzvdan olti uzvgacha bo‘lishi hamda ularning yangi jarayon va voqeliklarni ifodalash ehtiyoji bilan bog‘liqligi isbotlangan;
o‘zbek soliq-bojxona terminlarining tartibga solish yuzasidan sohaviy terminlar qo‘llanilishining aloqa-axborot almashinuvidagi sodda, tushunarli, og‘zaki va yozma muomala jarayonlarida ham qulay variantlari bo‘yicha takliflar berilgan, (import tovarlariga to‘lanadigan bojlarni qaytarib olish uchun bojxona guvohnomasi, lizing asosida mablag‘ bilan ta’minlash bo‘yicha soliq solishdan ozod bo‘lgan debitorlik qarzdorligi kabi) qirqdan ortiq murakkab terminlarni soddalashgan, ixchamlashgan (lizing mablag‘i solig‘idan ozod qarzdorlik kabi) variantlari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek soliq-bojxona terminologiyasini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘zbek soliq-bojxona terminlarining eskirgan va faol, o‘z va o‘zlashgan qatlamlari, o‘zlashish manbalarini aniqlash; o‘zbek soliq-bojxona terminlarining yasalish usullari, ularning faollik darajasini asoslash bilan bog‘liq nazariy xulosalar Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan amaliyotda foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2021 yil 13 oktyabrdagi 18/1-63344-son ma’lumotnomasi). Natijada soliq-bojxona terminlarining funksional imkoniyatlarini belgilashga erishilgan, sohaga doir yangi so‘zlarning yuzaga kelishi, ularga milliy-tarixiy omillarning ta’siri nazariy jihatdan asoslangan;
o‘zbek soliq-bojxona terminlarining morfologik, sintaktik usullar bilan yasalganligi, hozirgi kunda kal`kalash orqali o‘zbek soliq-bojxona terminlari hosil qilish faol ekanligi asoslangan, murakkab terminlarni ixchamlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi chora-tadbirlar dasturining 35 bandi doirasida joriylangan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 06 oktyabrdagi 05-12-01-4450-son ma’lumotnomasi). Natijada 40 dan ortiq terminlarda soliq va bojxona faoliyatida foydalanish mumkin bo‘lgan va mazkur sohalarda ish yuritishni qulaylashtiradigan metodikaga doir qismi ilmiy-metodik jihatdan mukammallashtirilgan;
o‘zbek soliq-bojxona terminlarini aniq, ixcham ifodalash zaruriyati, ularning sabab-mohiyatini dalillash yuzasidan berilgan xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK "Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Til – millat ko‘zgusi” eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 27 iyuldagi 04-25-1231-son ma’lumotnomasi). Natijalar tatbiqi ko‘rsatuv ssenariylarining ilmiy-ommabopligini ta’minlagan.