Madirimova Soxiba Maxmudovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mutrib Xonaxarob va uning adabiy merosi”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik ixtisosligi (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil1017.
Ilmiy rahbar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01. 
Rasmiy opponentlar: Qobilov Usmon Uralovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Eshonova Salima Nishon qizi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mutrib tarjimai holi hamda adabiy merosiga doir qo‘lyozma va toshbosma manbalarini qiyosiy-matniy, shoir devonining tayanch manbalarini aniqlash va ijodkor asarlarini o‘rganishda matn tarixining o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mutrib hayotiga doir manbalar asosida shoirning ilmiy biografiyasi boyitilib (tug‘ilgani, vafoti, taxallusi), adabiy merosining ko‘lami va janr xususiyatlari aniqlangan;
shoir devonining qo‘lyozma va toshbosma nusxalari negizida tayanch manbalari belgilangan hamda yondosh manbalar – bayozlar va majmualardan 992 misra hajmida mutaxassislarga aniq bo‘lmagan she’rlari aniqlangan;
ijodkor asarlarining matn tarixi, she’rlari matnining devon qo‘lyozmalari, bayoz va majmualar hamda nashr variantlaridagi tafovutlari sabablari ochib berilgan va dastlabki manbaga muvofiq matnlari tiklangan; 
shoir devoni qo‘lyozmalarining qiyosiy-matniy jihatdan lirik asarlarning ilmiy-tanqidiy matnini yaratish tamoyillari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mutrib Xonaxarob adabiy merosining manbalari va matniy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Mutrib Xonaxarob ilmiy biografiyasi, xususan, tavallud va vafot sanasi, taxallus tanlash sabablari tadqiqidan hamda shoir devonining O‘zR FA Sharqshunoslik instituti fondida saqlanib, mutaxassislar nazaridan chetda kelgan 2679 raqamli qo‘lyozma manbasiga doir ma’lumotlardan; qo‘lyozma manbalardan yangi aniqlangan g‘azal, muxammas va murabba’ janrlariga mansub 992 misra she’riga doir tahliliy fikr va xulosalardan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7-jild) chop etish” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 21 sentyabrdagi 01-1691-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning Xorazm adabiy muhitiga bag‘ishlangan jildi Mutrib Xonaxarob devoni qo‘lyozmalariga doir yangi ma’lumotlar bilan boyitilgan; 
Mutrib ilmiy biografiyasini yaratish asoslari va shoir devoni qo‘lyozmalarining ilmiy-monografik tavsifi, shoir devonining tayanch manbalarini aniqlash mezonlari va ijodkor asarlarini o‘rganishda matn tarixining o‘rni haqidagi ilmiy xulosalardan P3-20170925213 raqamli “O‘zR FA Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qo‘lyozma devonlar katalogini tuzish” (2018-2020) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2021 yil 16 oktyabrda imzolagan 01/1-1904-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek adabiyotiga doir qo‘lyozma devonlar katalogini tuzish hamda ko‘p nusxali manbalarni tavsiflash, ularning tayanch manbalarini aniqlashga doir ilmiy-nazariy tamoyillar ishlab chiqilishiga asos bo‘lgan;
shoir ilmiy biografiyasi, adabiy merosining ko‘lami va janr xususiyatlari, asarlarining matn tarixi, devon qo‘lyozmalari, bayoz va majmualar hamda nashr variantlaridagi matn tafovutlari sabablari va birlamchi manbaga muvofiq ishonchli matnlarining tiklanish jarayoniga doir yangi ma’lumotlar va ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom, O‘zbekiston”, “Ijod mahsuli”, “Qalb gavhari” hamda “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Mavzu”, “Taqdimot” va “Aslida qanday..” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 14 oktyabrdagi 01-02-1627-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar sifati oshib, qo‘lyozma manbalarning adabiyot tarixini o‘rganishdagi o‘rni ko‘rsatilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish