Abdutalipova Nellya Mudarisovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Aminosul`fat, aminofosfor va aminokarboksil guruhlar saqlovchi polikondensatsion turdagi amfolitlarni sintez qilish, olish texnologiyasini yaratish va ularning xossalari», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/T117.
Ilmiy maslahatchi: Turobjonov Sadriddin Maxamaddinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor; Akbarov Xamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor; Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aminosul`fat, aminofosfor va aminokarboksil guruhlar saqlovchi polikondensatsion turdagi amfolitlar ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish va qo‘llanilish jarayonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor akril kislota nitrili ishlab chiqarishning furfurol va kub qoldiqlariga asoslangan aminokarboksilik amfolitlar olingan, boshlang‘ich moddalarning yakuniy mahsulot tarkibiga ta’siri aniqlangan hamda yaxshilangan xususiyatlarga ega amfolitlar sintezi uchun optimal sharoit topilgan;
stirol, furfurol va PEPA asosidagi strukturasi va xossalari ma’lum bo‘lgan aminosul`fat va aminofosfor amfolitlar sintez qilingan;
stirol, furfurol va PEPA asosidagi sopolimerning polikondensatsiyalanish jarayoniga turli faktorlarning ta’siri va fizik-kimyoviy xossalari ma’lum bo‘lgan amfolitlarni olishning optimal sharoitlari aniqlangan;
stirol, furfurol va PEPA asosidagi anionitni sintez qilish sharoitlarining uning fizik-kimyoviy xossalariga bog‘liqligining matematik modeli tuzilgan, adekvatligi 85% dan ortiq bo‘lgan regressiya tenglamasi keltirib chiqarilgan;
mis (II) ionlarining sorbsiyalanishining kinetik va termodinamik parametrlarini hisoblash yordamida yangi amfolitlarning sorbsion va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlangan;
metall ionlarining sorbsiyalanishi kinetik va termodinamik parametrlarini hisoblash yordamida yangi amfolitlarning sorbsion va fizik-kimyoviy xossalari aniqlangan; 
zamonaviy kvant-kimyoviy tadqiqot usullarini qo‘llash orqali yangi amfoter ionitlarining mis (II) ionlari bilan kompleks hosil qilish jarayoni mexanizmining yangi tadqiqot usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari avvaldan belgilangan furfurol asosida yangi amfoter ionitlar ishlab chiqarish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
«ANFS» ion almashinuvchi amfolit ishlab chiqarishga tashkilot standarti «O‘zstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts14825224-006:2020). Natijada, stirol, furfurol asosida PEPA ishtirokida selektiv amfoter ionit ishlab chiqarish imkonini bergan;
aminokarboksil guruhli amfoter ion almashinuvchi polmerni olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intelektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№ IAP 06174, 2020 y.). Natijada, furfurol va NAK ishlab chiqarish kub qoldiqlari asosida termokimyoviy barqaror amfolit olish imkonini bergan; 
aminosul`fat, aminofosfor va aminokarboksil guruhlar saqlovchi polikondensatsion turdagi amfolitlar ishlab chiqarish “O‘zkimyosanoat” AJning «2021-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yhati»ga kiritilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2021 yil 27 martdagi 23/3-1171-son ma’lumotnomasi). Natijada, «MAXAM.CHIRCHIQ» AJ korxonasida qo‘llaniladigan suyultirilgan mis-ammiakli eritmadan (Sisx=5,49 g/l) mis ionlarini sorbsiyalash uchun Na-shaklidagi amfolit ishlab chiqarish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish