Mirzahmedov Ismoiljon Karimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘qon vohasi landshaftlarini ekologik optimallashtirish», 11.00.01 – Tabiiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Gr128.
Ilmiy rahbar: Abbasov Subxon Burxonovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Gr.02.07.
Rasmiy opponentlar: Urazbaev Abdukarim Kenderbaevich, geografiya fanlari doktori; Qo‘ziboeva Ozodxon Maxmudovna, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qo‘qon vohasi landshaft - ekologik sharoiti va ularga inson xo‘jalik faoliyatining ta’sirini aniqlash hamda ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha ilmiy - amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qo‘qon vohasida sug‘oriladigan tuproqlar mexanik tarkibining o‘ziga xosligi va qatlamlanishi, litologik tuzilishining o‘zgarib borishi, fizik, suv-fizik va boshqa xossalari asosida sho‘rlanmagan, kuchsiz sho‘rlangan, kuchli va juda kuchli sho‘rlangan tuproqlar hamda sho‘rxoklarni vujudga kelganligi hamda xo‘jalik, xo‘jaliklararo kollektorlarni rekul`tivatsiyalash orqali Qo‘qon vohasida joylashgan sizot suvlarining sathini pasaytirishni meliorativ - ekologik muammolarini hal qilish yo‘llari asoslangan;
Qo‘qon vohasi landshaft komplekslari, tuproq sho‘rlanishi va ekologik - meliorativ jihatdan rayonlashtirilgan va landsat 4;5, landsat 7;8 kosmik suratlar va ArcGIS dasturidan foydalanib 1:10000 masshtabli kartalari yaratilgan;
ilk bor voha landshaft tiplaridagi ekologik vaziyat va antropogen tazyiq o‘rtasidagi bog‘liqliklar matematik modellashtirish va statistik taqqoslash usullari orqali aniqlangan;
er osti suvlarining voha landshaftlarini vujudga kelishidagi va o‘zgarib borishidagi ta’siri gidrogeologik nuqtai-nazardan tadqiq etilgan hamda ekologik – gidrogeologik rayonlarga ajratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qo‘qon vohasi landshaftlariga antropogen va tabiiy omillarning ta’sirini baholash va geoekologik vaziyatini optimallashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
landshaft - ekologik muammolarni oldini olish va ularni muhofaza qilish uchun tavsiya etilgan chora - tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 11-oktyabrdagi 03-02/8-1541-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligida ishlatilayotgan xo‘jalik, xo‘jaliklararo kollektorlarni rekul`tivatsiyalash orqali Qo‘qon vohasi mintaqasida joylashgan sizot suvlarining sathini pasaytirish hamda meliorativ – ekologik muammolarni hal qilish yo‘l-yo‘riqlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
tabiiy resurslardan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi erlarining hosildorligini oshirish, iqlim o‘zgarishlari va tuproq eroziyasiga qarshi kurashish asosida, shuningdek, inson va tashqi omillar ta’sirida vohada maqbul landshaft sharoitlarni shakllantirish, saqlab qolish va barqarorlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 23-sentyabrdagi 03/27-2722-son ma’lumotnomasi). Natijada Qo‘qon vohasida mavjud sug‘orish inshootlarini rekonstruksiya qilish, erlarni rekul`tivatsiyalash orqali sizot suvlarining sathini pasaytirishga erishish natijasida meliorativ-ekologik sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha xulosalar ishlab chiqish imkonini bergan;
Qo‘qon vohasida qishloq xo‘jalik ekinlarini tuproq tiplariga moslashtirib joylashtirish, hosildorlik darajasini oshishiga shuningdek, intensiv bog‘larni barpo etilishi, yangi bog‘lar va tokzorlar barpo etish hamda ular orasiga sabzavot ekinlarini ekilishiga oid tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasining 2021 yil 11-oktyabrdagi 03-02/8-1541-son ma’lumotnomasi). Natijada oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘payishiga, qolaversa oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlanishiga, eng muhimi tuproq va landshaft-ekologik muammolarni ijobiy hal etilishiga erishilgan;
Qo‘qon vohasida tarqalgan tuproqlar unumdorligi va landshaftlar mahsuldorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi suv va shamol eroziyasi keng tarqalgan bo‘lib, vohadagi barcha erozion xavfli hududlar yuvilishiga va jarlanishga oson beriluvchanligini oldini olish uchun eroziyaga qarshi chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 11-oktyabrdagi 03-02/8-1541-son ma’lumotnomasi). Natijada, eroziyaga qarshi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish imkonini bergan;
Qo‘qon vohasi hududining ekologik holatiga ta’sir etuvchi gidrogeologik jihatlar tahlil qilinishi orqali ekologik – gidrogeologik rayonlar hamda voha landshaftlarini tadqiq etish jarayonida geokomplekslarni tadrijiy rivojlanishidagi qiyosiy geografik, landshaft – geokimyoviy uslublardan foydalanilib ajratilgan ekologik – meliorativ rayonlari va kartalaridan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat Qo‘mitasining 2021 yil 11-oktyabrdagi 03-02/8-1541-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu kartalardan vohaning landshaft va ekologik – meliorativ sharoitini baholash hamda landshaft-ekologik sharoitini optimallashtirish imkonini bergan.