Boboqulov Gulmurod Dilmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gemorragik va ishemik insultlarning differensial diagnostikasi, reabilitatsiya tadbirlarini optimallashtirish usullari», 14.00.13 – Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib.2112.
Ilmiy rahbar: Xojieva Dilbar Tadjievna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02.
Rasmiy opponentlar: Novikova Liliya Barievna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ishemik va gemorragik insult bilan kasallangan bemorlar uchun differensial diagnostika mezonlari va reabilitatsiya qayta tiklash choralarini ishlab chiqish va takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor miya qobig‘i va orqa miya yo‘llarida fraksion anizotropiya - qiymatini baholagan holda prediktorlar qayd etilgan va gemorragik insult fraksion anizotropiya - 0,7 dan past, ishemik insult uchun esa fraksion anizotropiya -0,7 dan balandligi isbotlangan;
ilk bor oq moddada mikrotuzilmali o‘zgarishlarni baholash uchun serebral insultlarning diffuz-tenzor magnit-rezonansli tomografiya orqali kasallikning qiyosiy tashxislash mezonlari aniqlangan;
serebral insult kasalligining neyrovizualizatsiyali tadqiqot natijalarini qiyoslash patologik o‘zgarishlarning uchrash darajasi, xarakteri, tuzilishi, sabablari va rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan;
intranazal korteksin va biologik qayta aloqa-terapiya qo‘llanilganda nevrologik buzilishlarning qiyosiy natijalarining ijobiy dinamikasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gemorragik va ishemik insultlarning differensial diagnostikasi, reabilitatsiya tadbirlarini optimallashtirish usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishemik va gemorragik insultlarni qiyosiy belgilari orqali olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan “Ishemik va gemorragik insultlarni differensial diagnostikasining algoritmi” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 12 oktyabrdan 8n-r/892-son ma’lumotnomasi). Miyaga qon quyilishining o‘tkir buzilishini klinik belgilaridan tashqari, differensial diagnostika uchun klinik va uskunaviy tekshiruv usullarining natijalaridan foydalanish imkonini bergan;
ishemik va gemorragik insultlarni kompleks davolash orqali olingan ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Insult holatidan erta qayta tiklash davrida tomirda kognitiv buzilishlarni davolashni optimallashtirish usuli” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 10 oktyabrdan 8n-r/893-son ma’lumotnomasi). Bemorlarni kompleks davolashda intranazal korteksin va biologik qayta aloqa- terapiyasining tayinlanishi nevrologik klinik belgilarni ifodali kamaytirish imkonini bergan;
gemorragik va ishemik insultlarning differensial diagnostikasi, reabilitatsiya tadbirlarini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Buxoro viloyati va Buxoro shahar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Samarqand davlat tibbiyot instituti 1-klinikasi amaliyotiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 26-oktyabrdan 8n-z/384-son ma’lumotnomasi). Kompleks davolashda intranazal orteksin va biologik qayta aloqa -terapiyasining qo‘llanilishi nevrologik klinik belgilarni ifodali kamaytirish imkonini bergan. Amaliyotga tatbiq etilgan natijalar gemorragik va ishemik insult bilan asrotlangan bemorlarda kasallikni davolash va tashhislash sifatini yaxshilash,kasallikning asoratlari uchrashi hamda bemorlar o‘limi sonini qisqartirish, davolash xarajatlarini kamaytirish va bemorlar hayoti sifatini yaxshilashga xizmat qilgan.