Shakirova Feruza Fayzitdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika tizimlari uchun birlashtirilgan mikroelektron impul`s shakllantirgich”, 05.08.03.-Temir yo‘l transportini ishlatish; (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1863
Ilmiy rahbar: Aripov Nazirjon Mukaramovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/30.12.2019.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: O‘ljaev Erkin, texnika fanlari doktori, professor; Xodjimuxamedova Matlyuba Adilovna, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al – Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika tizimlari uchun birlashtirilgan mikroelektron impul`s shakllantirgichni ishlab chiqish va tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energiya va resurs tejovchi texnikaviy vositalarni keng qo‘llash uchun, temir yo‘l transportida avtomatika va telemexanika qurilmalariga qo‘yilgan texnik reglamentlar asosida mikroelektron impul`s shakllantirgich sxemalarini ishlab chiqish tamoyillari asoslangan;
mayatnikli va kodli yo‘l transmitterlarining ishlashini tahlil qilish va optimallashtirish, impul`slarni parallel shakllantirish jarayonini tadqiq etish uchun Petri tarmog‘i mul`tigraflari asosida transmitterlarining matematik modellari ishlab chiqilgan;
transmitter relelarining qo‘zg‘atish cho‘lg‘amlari va kontaktlaridan voz kechish uchun zamonaviy mikrokontrollerlar va optronlardan foydalanish asosida birlashtirilgan mikroelektron impul`s shakllantirgichni yaratish va ular yordamida transmitterlarni istisno qilish aniqlangan;
mikroprotsessorli qurilmalarning texnik xolatini tashhislashni amalga oshirish uchun ehtimollar nazariyasining Bayes usulidan foydalanish asosida mikroelektron impul`s shakllantirgichning matematik modeli ishlab chiqilgan;
kichik massa-gabarit va yuqori ishlash samaradorligiga ega, energiya tejamkor, ikkita transmitterlarning kodlarini parallel hosil qiluvchi yangi qurilma birlashtirilgan mikroelektron impul`s shakllantirgich yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Temir yo‘l avtomatika va telemexanikasi tizimlari uchun birlashtirilgan mikroelektron impul`s shakllantirgichni yaratish va amalda qo‘llashga yo‘naltirilgan natijalar asosida:
transmitterlarining ishlashini tahlil qilish va optimallashtirish, impul`slarni parallel shakllantirish jarayonini tadqiq etish uchun Petri tarmoqlari grafi hamda mikroprotsessorli qurilmalarning texnik holatini tashhislashni amalga oshirish uchun Bayes usulini qo‘llash asosida birlashtirilgan mikroelektron impul`s shallantirgichning matematik modeli amalda tadbiq qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2021 yil 11 yanvaridagi №01/113-21 ma’lumotnomasi). Ilmiy izlanishlar natijasida, qurilmaning bexato ishonchli ishlashini ta’minlash, kodlash zanjirlarini ulab-uzish, o‘tish rejimlarda shakllantirgichning ishlashini tekshirish va bajarilishining talab etiladigan shartlarini inobatga olish imkonini bergan.
harakatdagi tarkibni ishonchli boshqarish uchun elektr markazlashtirish, avtoblokirovkalash tizimlari va lokomotiv signallashtirish qurilmalariga kod ishlab chiqaruvchi “STM32F103” turidagi mikrokontrolleri asosida yaratilgan birlashtirilgan mikroelektron impul`s shakllantirgich “Hamza” stansiyasida tadbiq qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2021 yilning 11 yanvaridagi №01/113-21 ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida kontaktli transmitterlarni istisno etish, qurilmaning o‘z-o‘zini tashxislash funksiyasini kiritish, elektr va resurs iste’molini 45...50% ga qisqartirish, har yillik texnik xizmat ko‘rsatishdan voz kechish, qurilmalar ishonchliligini takomillashtirish va mavjud releli tizimlar bilan muvofiqlik dalillari yaratilgan.