Matkarimova Nazokat Adilbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Co(II), Ni(II) va Cu(II) tuzlarining tiazol hosilalari va tiamin bilan mono- va aralashligandli komplekslari sintezi, tuzilishi, xossalari», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/K105.
Ilmiy rahbar: [Parpiev Nusrat Agzamovich], kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Daminova Shaxlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Fatxullaeva Muyassar, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kobal`t(II), nikel`(II), mis(II) tuzlarining tiazol hosilalari va tiamin bilan mono- va aralash ligandli metallokomplekslarini sintez qilish hamda ularning fizik-kimyoviy xossalari va tuzilishini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor So(II), Ni(II) va Cu(II) tuzlarining tiazol hosilalari va tiamin bilan yangi mono va aralashligandli 18 ta yangi metallokompleks birikmalar sintez qilingan; 
ilk bor 2-merkaptobenztiazolning kobal`t(II) xloridli yangi kompleks birikmasining rentgen nurlari difraksiyasiga asoslangan strukturaviy usuli yordamida kristall tuzilishi aniqlangan;
element, differensial-termik, rentgenfazaviy, strukturaviy, IQ-, DQES va SEM-EDT taxlil usullari yordamida metallokomplekslarning tarkibi, tuzilishi va xossalari tahlil qilinib, ligand tabiati ta’siridan tetraedr hamda oktaedr tuzilishli metallokompleks birikmalar hosil bo‘lishi isbotlangan;
Co(II), Ni(II), Cu(II) ning tiamin va tiazol hosilalari bilan olingan kompleks birikmalarining termik taxlillari asosida So(II) IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
So(II), Ni(II), Cu(II) tuzlarining tiazol hosilalari va tiamin bilan yangi aralashligandli metallokompleks birikmalarining sintezi, fizik-kimyoviy hamda biologik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
T.N-Ni va T.N-Cu stimulyatorlari Xorazm viloyati Yangibozor tumani fermer xo‘jaliklarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 avgustdagi 02/025-2617-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zaning unib chiqishini 1-2 kunga tezlashtirish, hosildorlikni shakllanishi va pishib etilishi 3-5 kunga hamda ko‘saklarning ochilishini 5-7 kunga qisqartirish, hosildorlik gektariga 3-5 sentnerga oshirish imkonini bergan;
№OT-F7-45 raqamli “Metallarning yangi geterohalqali polifunksional biologik faol ligandlar bilan qishloq xo‘jaligi va tibbiyotda qo‘llash uchun poliedrining ma’lum tuzilish va funksionallikka ega bo‘lgan koordinatsion birikmalarining yo‘naltirilgan sintezi” mavzusidagi fundamental loyihada metallokomplekslarning sintez qilish usullaridan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 08 fevral`dagi 89-06-225-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi metallokompleklarni sintez qilish uslubi va fazoviy tuzilishi hamda xossalarini aniqlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish