Kasimov Sherzod Abduzairovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ba’zi d-metallarning tarkibida N, P, S bo‘lgan immobillangan ligandlar bilan metallokomplekslari: sintezi, tuzilishi va xossalari», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.DSc/K113.
Ilmiy maslahatchi: Turaev Xayit Xudaynazarovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Shaxnoza Abduxalilovna, kimyo fanlari doktori, professor; Shobilolov Azadjon Axmedovich, kimyo fanlari doktori, professor; Raxmanberdiev Gappar Raxmanberdievich, kimyo fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tarkibida N, P, S bo‘lgan ligandlarni polimer matrisaga kovalent va nokovalent immobillash, ularning ba’zi d-metallar bilan metallokomplekslarini sintez qilish, tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan ligandlar – gidrazin gidrat, ortofosfat kislota, kaliy O,O-di-(2-aminoetil)-ditiofosfat, rux dietilditiokarbamat, difeniltiokarbazon, natriy glisinatni karbamid formal`degid va poliefir matrisalarga kovalent immobillash natijasida 10 ta kompleks hosil qiluvchi sorbsion sistemalar olingan;
kaliy O,O-di-(2-aminoetil)-ditiofosfat, rux dietilditiokarbamat, difeniltiokarbazon, natriy glisinatni polistirol va silikagel matrisalarga nokovalent immobillash natijasida 8 ta kompleks hosil qiluvchi sorbsion sistemalar olingan;
ionogen va noionogen tabiatli matrisalarga immobillangan tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan ligandlar asosidagi sorbentlarda Fe(II), Ni(II), Mn(II), Cu(II), Zn(II), Cd(II), Ag(I) ionlarining sorbsiya jarayonida hosil bo‘ladigan metallokopmlekslarining tarkibi va tuzilishi zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida aniqlangan;
immobillangan ligandlar asosida olingan sorbentlar monomer zvenosining elektron tuzilishi kvant-kimyoviy usullarda hisoblangan, ularning geometrik parametrlari, energetik tavsiflari hamda zaryad tekshiruvi asosida koordinatsion bog‘ning eng katta lokallanish markazlari aniqlangan;
immobillangan ligandlarning eritmaning maqbul muhit ko‘rsatkichida sorbent-suvli eritma geterogen sistemasida ba’zi d-metallari bilan kompleks birikmalarining barqarorlik doimiyliklari hisoblangan va bir xil ligandlar bilan olingan kompleks birikmalar barqarorligining ortib borishi Irving-Vil`yams qatoriga mos kelishi aniqlangan;
immobillangan ligandlar asosida olingan sorbentlarning Fe(II), Ni(II), Mn(II), Cu(II), Zn(II), Cd(II), Ag(I) ionlariga nisbatan statik almashinish sig‘imlari aniqlangan va sorbsiyalanish qatori tuzilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan ligandlarni polimer matrisalarga immobillash va ular asosidagi sorbentlarning qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompleks hosil qiluvchi immobillangan ligandlar asosida sorbent olish usuli uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№ IAP 05534, 2018 y.). Natijada, mahalliy xomashyolardan kompleks hosil qiluvchi immobillangan ligandlar asosida sorbentlar olish usulini yaratish imkonini bergan;
tarkibida azot, fosfor, oltingugurt bo‘lgan immobillangan ligandlar asosida olingan sorbentlar eritmalardan Zn(II), Cd(II), Cu(II), Ni(II), Ag(I) metall ionlarini sorbsion konsentrlashda “Olmaliq KMK” AJ korxonasida qo‘llanilgan (“Olmaliq KMK” AJ korxonasining 2021 yil 27 avgustdagi AA-007164-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘p komponentli eritmalardan qimmatbaho metallarni ajratish imkonini bergan;
immobillangan ligandlar asosida olingan sorbentlar sanoat oqava suvlarini tozalashda “Olmaliq KMK” AJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan. (“Olmaliq KMK” AJ korxonasining 2021 yil 27 avgustdagi AA-007164-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlarni og‘ir metallardan ruxsat etilgan konsentratsiyasining o‘ndan bir ulushigacha samarali tozalashga imkon bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish