Xodjaev Azim Abrorovichning
falsafadoktori (PhD) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni huquqiy ta’minlash», 12.00.06 – Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu456.
Ilmiy rahbar: Safarov Djaxongir Ismoilovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyatko‘rsatayotganmuassasanomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu/74.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiyopponentlar: Usmonov Muxammadi Baxritdinovich,yuridik fanlar doktori, professor; Utegenov Ongarboy Dariyabaevich,yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlarmalakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqodning maqsadi tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning ekologik-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlashni ekologik nazoratning vazifalari doirasiga kiritish zarurligi asoslangan;
tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan faoliyat, harakat yoki harakatsizlikni ekologik nazorat ob’ekti sifatida belgilash shartligi asoslantirilgan;
erga egalik qiluvchilar, erdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan erlardan oqilona foydalanilishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash zarurati asoslab berilgan;
ta’lim oluvchilarning e’tiborini umumbashariy ekologik muammolarga qaratish orqali ularning ona tabiatning qayta tiklanmaydigan manbalarini saqlab qolish va ulardan oqilona foydalanish borasidagi mas’uliyatini kuchaytirish zarurati asoslantirilgan;
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar o‘quv fanlari doirasida qo‘shimcha ravishda er resurslaridan oqilona foydalanishni kiritish, shuningdek, umumta’lim maktablari uchun o‘quvchilar yoshiga mos ravishda ichimlik suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi dolzarb muammolar yuzasidan o‘quv-ko‘rgazmali materiallar, videoroliklar va didaktik materiallarni ishlab chiqish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni huquqiy ta’minlashbo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonun hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlashni ekologik nazoratning vazifalari sifatida belgilash to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrdagi «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi Qonunining 4-moddasini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 15 iyundagi 06-13/1012-son ma’lumotnomasi).Ushbu takliflar tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashning huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan faoliyat, harakat yoki harakatsizlikni ekologik nazorat ob’ekti sifatida nazarda tutish to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 27 dekabrdagi «Ekologik nazorat to‘g‘risida»gi Qonunining 7-moddasini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 15 iyundagi 06-13/1012-son ma’lumotnomasi).Ushbu takliflar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida ekologik nazoratning huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
erga egalik qiluvchilar, erdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan erlardan oqilona foydalanilishini ta’minlash bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi uchun ma’muriy javobgarlikni belgilash bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 iyuldagi O‘RQ–487-son Qonuni asosida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining erlardan xo‘jasizlarcha foydalanish yoki ularni yaroqsiz holga tushirishga oid 65-moddasini ikkinchi va uchinchi qismlar bilan to‘ldirishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2020 yil 15 iyundagi 06-13/1012-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar tabiatdan foydalanuvchilarning tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi mas’uliyatini yanada oshirishga xizmat qilgan;
ta’lim oluvchilarning e’tiborini umumbashariy ekologik muammolarga qaratish orqali ularning ona tabiatning qayta tiklanmaydigan manbalarini saqlab qolish va ulardan oqilona foydalanish borasidagi mas’uliyatini kuchaytirish masalasini O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilash to‘g‘risidagi taklifidan Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» 2019 yil 27 maydagi 434-son qarori 2-bandining to‘rtinchi xatboshisini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 10 iyundagi 12/20-5-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashda yoshlar va voyaga etmaganlarning ekologik-huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar o‘quv fanlari doirasida qo‘shimcha ravishda er resurslaridan oqilona foydalanishni kiritish, shuningdek, umumta’lim maktablari uchun o‘quvchilar yoshiga mos ravishda ichimlik suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi dolzarb muammolar yuzasidan o‘quv-ko‘rgazmali materiallar, videoroliklar va didaktik materiallarni ishlab chiqish kabilarni nazarda tutish to‘g‘risidagi takliflar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi 434-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasining 21 va 23-bandlarini tayyorlashda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2020 yil 10 iyundagi 12/20-5-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflartabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlashda yoshlar va voyaga etmaganlarning ekologik-huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish