Achilov Alisher Temirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bojxona qonunchiligi buzilishi jinoyatlarini jinoiy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish», 12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Yu263.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Aziz Alisherovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSc.32/30.12.2020.Yu/74.01.
Rasmiy opponentlar: Suyunova Dilbar Djoldasbaevna,yuridik fanlar doktori, dotsent; Qurbonov Nurali Boxodirovich,yuridik fanlarnomzodi, dotsent.
Yetakchitashkilot: Toshkentdavlatyuridikuniversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bojxona qonunchiligi buzilishi jinoyatlarini jinoiy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha xulosalar va qonunchilikni rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mualliflik yondashuvi asosida «Bojxona sohasidagi jinoyatlar» tushunchasi «bojxona qonunchiligi buzilishi bilan bog‘liq Jinoyat kodeksining tegishli boblarida javobgarliklar nazarda tutilgan davlatning iqtisodiyot asoslari, jamoat xavfsizligi va axloq normalariga zarar keltiradigan ijtimoiy xavfli qilmishlar» degan mazmundagi, shuningdek, «Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bojxona qonunchiligi buzilishi jinoyatlari» tushunchasi «tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish tartibiga tajovuz qiluvchi transchegaraviy xarakterdagi maxsus usullarda g‘arazli maqsadlarda qasddan sodir etiladigan ijtimoiy xavfli qilmishlardir» degan mazmundagi ta’riflar bilan boyitilgan;
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoiy huquqbuzarliklarni ushbu qilmishlarning jinoiy-huquqiy tavsifi, jinoyat sodir etilishi sohalari, ya’ni tashqi iqtisodiy faoliyat turlari, jinoyat sodir etilishi bosqichlari, ya’ni tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishning muayyan bosqichlari, jinoyat sub’ektlari, ya’ni TIF qatnashchilarining toifalari va uyushganlik darajasiga ko‘ra tasniflash taklif etilgan;
soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash jinoyatini sodir etishda qo‘llaniladigan bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlashning bojxona rejimlaridan noqonuniy foydalanish; bojxona qiymatini kamaytirib ko‘rsatish; ma’lum bir tovarni boj to‘lovi kamroq bo‘lgan boshqa o‘xshash tovar sifatida TIF TN kodni o‘zgartirib yoki qalbakilashtirilgan kelib chiqish sertifikatini bojxona rasmiylashtiruviga taqdim etish; deklaratsiya qilmaslik yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalash, shu jumladan tovarlarning miqdori va vazni kamaytirib ko‘rsatilgan hujjatlarni bojxona rasmiylashtiruviga taqdim etish yoki tovarlarni bir qismini deklaratsiya qilmaslik; tovarlarni boshqa nom bilan deklaratsiyalash; tovarlarni bojxona organlari belgilagan manzilga etkazib bormaslik; imtiyozlardan noqonuniy foydalanish kabi usullari bo‘yicha tasniflash taklif etilgan;
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish uchun javobgarlik bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda o‘tkazilayotgan tovar yoki boshqa qimmatliklar miqdori bilan bog‘liq bo‘lib, tovar va transport vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan o‘tkazganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxs ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng bir yil davomida yana aynan shunday huquqbuzarlikni ko‘p miqdorda sodir etgan holdagina bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bo‘yicha jinoiy javobgarlik kelib chiqishi, shuningdek, ushbu qilmish chegarani buzib o‘tish, ya’ni bojxona xizmatining roziligini olmasdan turib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan ochiqdan-ochiq o‘tkazish yo‘li bilan; uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab; xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik ko‘p miqdorda buzilgan holdagina jinoiy javobgarlik kelib chiqishi asoslab berilgan;
bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanish deganda, jumladan, bojxona organlariga quyidagilarni taqdim etish: bila turib qalbaki hujjatlarni; bila turib yolg‘on ma’lumotlar kiritilgan hujjatlarni; qonunga xilof ravishda olingan yoki boshqa tovarlarga tegishi hujjatlari; haqiqiy bo‘lmagan hujjatlarni; qalbakilashtirilgan bojxona identifikatsiyalash vositalaridan (plombalar, muhrlar, tamg‘alar bosish, identifikatsiyalash belgilari, shtamplar va boshqa identifikatsiyalash vositalari) yoki boshqa tovarlarga tegishli haqiqiy identifikatsiyalash vositalaridan foydalanish tushunilishi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bojxona qonunchiligi buzilishi jinoyatlarini jinoiy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish masalalarini tadqiq etishning ilmiy natijalari asosida:
«Bojxona sohasidagi jinoyatlar» va «Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq bojxona qonunchiligi jinoyatlari»ga doir konseptual g‘oya va takliflardan “Bojxona ishi” yo‘nalishi kursant va tinglovchilari uchun “Bojxona organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyati” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-519 raqamli guvohnomasi). Natijada, ushbu mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotgan kursantlar, magistrantlar, shuningdek, bojxona organlarining amaliyotchi xodimlarining bilim, o‘quv va ko‘nikmalarining shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qilgan;
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoiy huquqbuzarliklarni turli mezonlarga asosan tasniflash, shuningdek, soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash jinoyatini sodir etishda qo‘llaniladigan bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlashning turli usullarini tasniflashga doir takliflardan “Bojxona ishi” yo‘nalishi kursant va tinglovchilari uchun “Bojxona organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyati” darsligini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 31 maydagi 237-son buyrug‘i, 237-519 raqamli guvohnomasi). Natijada, «Bojxona organlarining huquqni muhofaza qilish faoliyati», «Jinoyat huquqi (Maxsus qismi)», «Kriminologiya» va «Kriminalistika» fanlari institutlarining ilmiy-nazariy jihatdan boyishiga xizmat qilgan;
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun jinoiy javobgarlikning kelib chiqishiga bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda o‘tkazilayotgan tovar yoki boshqa qimmatliklar miqdoriga bog‘liqligi va ma’muriy preyudisiyaga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013 yil 6 sentyabrdagi 18-son «Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorining 3-bandida o‘z ifodasini topgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 15 yanvardagi 04/X-37-20-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi qilmishni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishiga xizmat qilgan;
bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish jinoyatini sodir etishda qo‘llaniladigan bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalanish usuli mazmunini yoritishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013 yil 6 sentyabrdagi 18-son «Bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorining 8-bandida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2020 yil 15 yanvardagi 04/X-37-20-son ma’lumotnomasi). Takliflarning joriy etilishi shaxsning harakatlariga to‘g‘ri huquqiy baho berilishiga xizmat qilgan;
tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi huquqbuzarliklar tushunchasi va turlari, ushbu sohadagi huquqbuzarliklarni aniqlash usullari to‘g‘risidagi, shuningdek, TIF sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda xalqaro so‘rovnomalar bo‘yicha kelib tushgan hujjatlarni ko‘rib chiqish tartibi haqida berilgan ilmiy va amaliy takliflari O‘zbekiston Respublikasining Davlat bojxona qo‘mitasining 2019 yil 31 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Uslubiy qo‘llanmani amaliyotga joriy etish haqidagi 329-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021 yil 27 oktyabrdagi 04-05/25-07828-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish borasida Davlat bojxona qo‘mitasining tegishli boshqarmalari va ularning hududiy tuzilmalari o‘rtasida hamkorlikni jonlantirish va huquqbuzarliklarni protsessual rasmiylashtirish sifatini yanada oshirishga xizmat qilgan.