Musaeva Nodira Maxmudovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Imom Buxoriyning “Al-Jomi’ as-sahih” asarida ijtimoiy-antropologik masalalar” (falsafiy tahlil), 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (falsafiy antropologiya) va 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc /Fal66.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02. 
Ilmiy maslahatchi: To‘raev Baxtiyor Omanovich, falsafa fanlari doktori, professor; Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Yaxshilikov Jo‘raboy Yaxshilikovich, falsafa fanlari doktori, professor; Nuritdinov Mahmudxodja Nizamovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qoraboev Usmon Hosilovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Imom Buxoriyning “Al-Jomi’ as-sahih” asaridagi ijtimoiy-antropologik g‘oyalarning zamonaviy shaxs tarbiyasidagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Imom Buxoriyning “Al-Jomi’ as-sahih” asaridagi tolerantlikka asoslangan hadislarning hayotga tatbiq etilishi oila va jamiyatda o‘zaro hurmat, yangilanayotgan ijtimoiy tafakkurda toqatlilikni ta’minlashning dominant mezoni ekanligi falsafiy jihatdan isbotlangan;
«Mustalahul hadis» ilmining shakllanishi va tarqalishida Imom Buxoriy dunyoviy-ilmiy, diniy-transsendental g‘oyalari bevosita birlamchi poydevor vazifasini bajarganligi va uning inson ma’naviy borlig‘ining ajralmas qismi ekanligi asoslangan;
«Al-Jome’ as-Sahih» asarida inson, uning ijtimoiy borliqdagi o‘rniga oid teotsentrik va antropotsentrik g‘oyalar bilan zamonaviy dunyoviy va diniy g‘oyalarning o‘zaro bog‘liqligi, yangilanayotgan ijtimoiy tafakkur bilan uyg‘unligi asoslangan;
Imom Buxoriyning fiqhiy, aqidaviy xarakterdagi hadislaridan zamonaviy ijtimoiy qonunlarni ishlab chiqishda foydalanish, uning inson huquqlari, oila, tijorat va mehnat huquqi, shaxslararo o‘zaro munosabatlarda murosa va hamjihatlikka erishish omili ekanligi mantiqiy dalillangan;
Islomdagi ideal inson (Muhammad payg‘ambar)ning yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarini O‘zbekiston strategik maqsad qilib qo‘ygan barkamol avlodni shakllantirish jarayonlariga va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga proeksiya qilish mumkinligi ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Imom Buxoriyning  “Al-Jomi’ as-sahih” asaridagi ijtimoiy-antropologik masalalarning mohiyatini ochib berish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
hadislarda tolerantlik va antropotsentrik, diniy-transsendental va dunyoviy-ilmiy yondashuvlarning uyg‘un kelishiga oid taklif-tavsiyalaridan “Falsafa” darsligidagi mavzularni tayyorlashda  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 7 sentyabrdagi 89-03-3119-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarni yuksak ma’naviyatli, g‘oyaviy chiniqqan avlod sifatida tarbiyalashga xizmat qilgan;
Imom Buxoriyning  “Mustalahul hadis” ilmining shakllanishi va tarqalishidagi o‘rni, uning ilmiy-falsafiy qarashlariga oid taklif-tavsiyalaridan “Yoshlarda vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” mavzusidagi KA-1-003 raqamli amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2020 yil 7 sentyabrdagi 02-07-1609/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, grant doirasida yaratilgan ko‘rgazmali-targ‘ibot materillari va o‘quv-metodik materillar mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning ijtimoiy faolligini oshirish kabi fazilatlarni tarbiyalash borasidagi fikr-mulohazalari, taklif-tavsiyalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompanisining “O’zbekiston” teleradiokanalida 2020 yil noyabr` oyida efirga uzatilgan “Millat va ma’naviyat”, “Bedorlik” kabi ma’naviy-ma’rifiy eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompanisining 2020 yil 11 noyabrdagi 04-25-1095-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning ma’naviy salohiyatini oshirishga, ularning Imom Buxoriy va uning “Al-Jomi’ as-sahih” asari haqidagi bilimlarining oshishiga, hadislarning mazmun-mohiyatini to‘liq anglashi, ularning inson kamolotidagi ahamiyatini tushunib etishiga, milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylashga, islom dinining mazmun-mohiyatini to‘g‘ri anglashi va yot g‘oyalar domiga tushib qolmasligiga, shuningdek, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga, yoshlarda axloqiy fazilatlarni kuchaytirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish