Nishanbaeva Nilufar Yunusdjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Atopik dermatit bilan kasallangan bolalarda oshqozon-ichak tizimidagi o‘ziga xos o‘zgarishlar, diagnostikasi va davolash usullari» 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya, 14.00.09 – Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Tib1377.
Ilmiy raxbarlar:  Irsalieva Fatima Xusnitdinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Mirraximova Maktuba Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Suyarov Akram Amirkulovich tibbiyot fanlari doktori; Axmedova Nilufar Rasulovna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atopik dermatiti bor bolalarda oshqozon ichak traktidagi klinik laborator o‘zgarishlarni keltirib chiqaruvchi xavf omillarini erta aniqlash, tashxislash va davolash tamoyillarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atopik dermatitli bolalarda oshqozon ichak traktidagi kliniko laborator o‘zgarishlar, surunkali pankreatitda tashqi sekretor etishmovchilikning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi holatlar va ovqatlanishga doir xavf omillari bilan o‘zaro bog‘liqlik  asoslangan;
atopik dermatitli bolalarda pankreatik etishmovchilik kuzatilganda SCORAD  indeksi, umumiy IgE va  najasdagi elastaza miqdori orasida korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
ilk bor atopik dermatitli bolalarda pankreatik etishmovchilik kuzatilganda najasda elastaza miqdorining pasayishi kasallik kechishini sezilarli darajada og‘irlashtirishi ya’ni SCORAD  indeksining yuqori bo‘lishi va klinik- immunologik belgilarni uzoq muddat saqlanib qolishi aniqlangan;
atopik dermatiti bor bemorlarda surunkali pankreatit etishmovchilikni tashxislash, davolash va dispanser kuzatuvi tamoyillari ishlab chiqilgan va maqsadli amalga oshirish takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Atopik dermatit bilan kasallangan bolalarda oshqozon-ichak tizimidagi o‘ziga xos o‘zgarishlar diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
atopik dermatitli bemorlarni tashxislashni optimallashtirish asosida ishlab chiqilgan «Bolalarda atopik dermatitda oshqozon ichak traktining xolatini baholash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 yanvardagi 8n-d/26-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi atopik dermatitli bolalarda oshqozon ichak trakti o‘zgarishlarni erta tashxislash va rivojlanishini oldini olishga  xizmat qilgan;
atopik dermatitga chalingan bemorlarda oziq-ovqat sensibilizatsiyasi bilan bog‘liq jihatlari va davo usullarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan «Bolalarda atopik dermatitni tashxislash va davolash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 20 yanvardagi 8n-d/26-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi bolalarda atopik dermatitni erta aniqlash, o‘z vaqtida davolash usulini qo‘llash orqali kasallik rivojlanishi va kelib chiqadigan asoratlarini oldini olishga  xizmat qilgan;
atopik dermatit bilan kasallangan bolalarda oshqozon-ichak tizimidagi o‘ziga xos o‘zgarishlar diagnostikasi va davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi, Toshkent viloyati Pskent tumani tibbiyot birlashmasi, Toshkent shahar Chilonzor tumani 38 oilaviy poliklinikasi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 noyabrdagi 08-09/17404-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi atopik dermatit bilan kasallangan bolalarda oshqozon-ichak tizimidagi o‘ziga xos o‘zgarishlarni tashxislash va o‘z vaqtida davolash usulini qo‘llash orqali orqali bolalarda kasallikni qaytalanish darajasini kamaytirishga, kasallik asoratlarini oldini olishga, bemorlarning xayot sifatini yaxshilashga xamda bolalarni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish xisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish