Murotov Temur Malik Nizomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Bosh miya jarohati bilan og‘rigan bemorlarda giperosmolyar terapiya ta’sirining qiyosiy tavsifi», 14.00.37 – Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1312.
Ilmiy rahbar: Avakov Vyacheslav Ervandovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Sharipova Visolat Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori; Basitxanova El`mira Irkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika Neyroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi izolyasiyalangan bosh miya jaroxati bilan xastalangan bemorlarni giperosmolyar eritmalar variantlarini differensial qo‘llagan holda davolash natijalarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
izolyasiyalangan bosh miya jaroxatlanish bilan xastlangan bemorlarni davolashda turli xil giperosmolyar eritmalarning variantlarini qo‘llanilishining qiyosiy samaradorligi elektrolitlar va plazma osmolyarligi, serebral perfuzon bosim, miya ich bosimi, tizimli va markaziy gemodinamikaning zarb indeksi, yurak indeksi, qon tomirning o‘rtacha qarshiligi, o‘rtacha arterial bosim, markaziy vena bosimga ta’sirining o‘zgarishi asoslangan;
bosh miya jarohatida giperosmolyar eritmalarni differensiallashgan tanlash mezonlari sifatida boshlang‘ich volemiya, plazma osmolyarligi, natrimiya, yurak va buyrak etishmovchiligi belgilarining mavjudligi isbotlangan;
birinchi marta miqdoriy ifodalarda miya ichi bosimining me’yoriy, o‘rtacha, ifodalangan sifat ko‘rsatkichlarini baholash orqalli miya III qorincha m-exopulsatsiya yo‘li bilan miya ichi bosimi noinvaziv baholash usuli ishlab chiqilgan;
miya ichi bosimini kamaytirish va 20 mm simob ustunigacha tushirish uchun kiritilayotgan giperosmolyar eritmalarning maqbul miqdorlari belgilangan va ijobiy darajasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bosh miya jarohati bilan og‘rigan bemorlarda giperosmolyar terapiya ta’sirining qiyosiy tavsifini baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Bosh miya shikastilanishi bo‘lgan bemorlarda intrakranial bosimni noinvaziv baholash usuli» bo‘yicha Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 06573). Ushbu usul bosh miya shikastilanishi bo‘lgan bemorlarda intrakranial bosimni noinvaziv baholash orqali bosh miyadagit shishlarni oldini olish orqali kasalliklarni samarali davolash usuli ishlab chiqilgan;
bosh miya jarohati bilan og‘rigan bemorlarda giperosmolyar terapiya ta’sirining qiyosiy tavsiflash natijasidda olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan «Bosh miya jarohati bilan xastlangan bemorlardagi miya shishi bartaraf etishda differensiyalangan giperosmolyar terapiya» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 27 fevraldagi 8n-d/33-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatmalar izolyasiyalangan bosh miya jarohati bilan xastalangan bemorlarda miya shishini davolash uchun giperosmolyar eritmalarning optimal variantlarini belgilash hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
Bosh miya jarohati bilan og‘rigan bemorlarda giperosmolyar terapiya ta’sirining qiyosiy tavsifini baholashni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli shifoxonasi, Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani va Xorazm viloyati Urgench shahar ko‘p tarmoqli shifoxonalarning reanimatologiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3noyabrddagi 08-09/16309-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bosh miya jarohati bilan xastalangan bemorlarda giperosmolyar terapiya ta’sirining qiyosiy tavsiflashsh orqali davolash sifatini yaxshilash, izolyasiyalangan bosh miya jarohati bilan xastalangan bemorlarda miya ichi gipertenziyasini tashxislash va davolash sifatini yaxshilash, davolash uchun iqtisodiy xarajatlarni kamaytirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, izolyasiyalangan bosh miya jarohatidan keyingi o‘lim darajasini kamaytirish imkonini bergan.