Sharipov Abduxakimjon Ziyoitdinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda ma’naviy-mafkuraviy islohotlar transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy tahlili”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Fal50.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Nazarov Qiyom Normerzaevich, falsafa fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti huzuridagi PhD.03/27.02.2020.F.72.08 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjar Anvarovich, falsafa fanlari doktori; Aliev Bekdavlat Begalievich, falsafa fanlari doktori, professor; Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda ma’naviy-mafkuraviy islohotlar transformatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’naviy-mafkuraviy jarayonlar transformatsiyasi borasida yaratilgan ilmiy-nazariy, falsafiy ta’limotlarda berilgan qonuniyatlarning ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi, inson va jamiyat bilan uzviy bog‘liqligi hamda ijtimoiy taraqqiyotga aloqadorligiga oid mohiyatini ratsionallik, insonparvarlikka moslashtirishning g‘oyaviy tarbiya, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash ma’naviy yuksaltirish mexanizmlari ishlab chiqilgan;
ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarning barqaror taraqqiyot mezonlari va yo‘nalishlarini turkumlashtirish tamoyillarining jamiyat hayotiga, kishilar ongi va faoliyatiga deterministik ta’sir etishi natijasida ushbu inson, uning hayoti, qadri-qimmati, ehtiyojlari va manfaatlariga qaratilganlik omillari umumxalq manfaatlarining ifodasiga aylanishi asoslangan;
ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirishdagi roli va ahamiyatini oshirish inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik mezonlari, inson kapitalini rivojlantirish, imkoniyatlarini oshirish, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirish, yuqori sifatli hayotni ta’minlash ko‘rsatkichlari va global raqobatbardoshlik, institusional rivojlanish, barqaror taraqqiyot maqsadlari va inson kamoloti indikatorlari ochib berilgan; ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarni strukturaviy-funksional uyg‘unlashtirish hamda jamiyatning ma’naviy yuksalishi va mafkuraviy o‘zgarishlar tendensiyasining ma’naviy qadriyatlarni yangilash, yangi zamon qadriyatlarini ishlab chiqish, jamiyatni modernizatsiyalashga oid ijtimoiy, g‘oyaviy himoya, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik o‘rnatishning tashkiliy va ma’naviy bilimga ega bo‘lish, intellektual, o‘z-o‘zini boshqarish, kommunikativlik, talabchanlik, adolatli boshqaruv komponentlari asoslangan;
Yangi O‘zbekistonda mafkura, madaniyat, fan va dinning o‘zaro aloqadorlikda rivojlanish tendensiyalariga xos barqaror aloqadorlik, diniy va dunyoviy qadriyatlar hamohangligi, milliylik va umuminsoniylik kabi ijtimoiy, bilim va salohiyat, tanqidiy tahlil, milliy o‘zlikni anglashga oid intellektual (aqliy) hamda impressiv, ekspressiv, dinamik stereotip, ambivalentlik, fidoyilik tuyg‘usiga emotsional (hissiy) ta’sir ko‘rsatish mexanizmlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda ma’naviy-mafkuraviy islohotlar transformatsiyasining ijtimoiy-falsafiy tahlili asosida ilgari surilgan ilmiy yangiliklardan:
ma’naviy-mafkuraviy jarayonlar transformatsiyasi borasida yaratilgan ilmiy-nazariy, falsafiy ta’limotlarda berilgan qonuniyatlarning ma’naviy va moddiy hayot uyg‘unligi, inson va jamiyat bilan uzviy bog‘liqligi hamda ijtimoiy taraqqiyotga aloqadorligiga oid mohiyatini ratsionallik, insonparvarlikka moslashtirishning g‘oyaviy tarbiya, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash ma’naviy yuksaltirish mexanizmlari oid ilmiy xulosalardan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan PZ-20170915198 - “Qoraqalpoq jamiyatida ijtimoiy munosabatlar transformatsiyasi: tarix va amaliyot” mavzusidagi (2018-2020 yy.) loyihaning asosiy vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 21 oktyabrdagi 305/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar, islohotlarga daxldorlik, ma’naviyat va ma’rifatini kengayishiga xizmat qilgan;
ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarning barqaror taraqqiyot mezonlari va yo‘nalishlarini turkumlashtirish tamoyillarining jamiyat hayotiga, kishilar ongi va faoliyatiga deterministik ta’sir etishi natijasida ushbu inson, uning hayoti, qadri-qimmati, ehtiyojlari va manfaatlariga qaratilganlik omillari umumxalq manfaatlarining ifodasiga aylanishi oid ilmiy taklif va tavsiyalar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020-2021 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot va tashviqot ishlarida, jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-5040-son qaroridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da ko‘rsatilgan funksiyalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2021 yil 5 noyabrdagi 02/08/1367-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlodda mustahkam vatanparvarlik g‘oyasi hamda qat’iy fuqarolik pozisiyasini shakllantirish, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar sohasidagi muammolarga samarali echimlar ishlab chiqish, vakolatli organlar faoliyatini muvofiqlashtirishga xizmat qilgan;
ma’naviy-mafkuraviy jarayonlarning ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirishdagi roli va ahamiyatini oshirish inson huquq va manfaatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik mezonlari, inson kapitalini rivojlantirish, imkoniyatlarini oshirish, ma’naviy ehtiyojlarini qanoatlantirish, yuqori sifatli hayotni ta’minlash ko‘rsatkichlari va global raqobatbardoshlik, institusional rivojlanish, barqaror taraqqiyot maqsadlari va inson kamoloti indikatorlarining ilmiy asoslanganligiga oid xulosalar va tavsiyaviy xarakterdagi natijalardan Barqaror rivojlanish markazining fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish yo‘nalishidagi faoliyatida, markaz tomonidan nashr etilgan “Yangi O‘zbekistonning tashqi siyosiy faoliyati” kitobining “Tinch va barqaror Markaziy Osiyo – muhim vazifa” nomli birinchi bo‘limini tayyorlashda, “Fuqarolik jamiyati institutlari va saylov”, “Gender tenglikni ta’minlash va barqaror rivojlanish” mavzusidagi xalqaro davra suhbatlarini tashkil etish, natijalarini to‘plam sifatida nashrga tayyorlashda foydalanilgan (Barqaror rivojlanish markazining 2021 yil 9 noyabrdagi 2-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizning jahon hamjamiyatida yangi qiyofasini shakllantirishga, nashr etilgan kitob va to‘plamlarning mazmunan boyishiga xizmat qilgan; ma’naviy va mafkuraviy jarayonlarni strukturaviy-funksional uyg‘unlashtirish hamda jamiyatning ma’naviy yuksalishi va mafkuraviy o‘zgarishlar tendensiyasining ma’naviy qadriyatlarni yangilash, yangi zamon qadriyatlarini ishlab chiqish, jamiyatni modernizatsiyalashga oid ijtimoiy, g‘oyaviy himoya, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik o‘rnatishning tashkiliy va ma’naviy bilimga ega bo‘lish, intellektual, o‘z-o‘zini boshqarish, kommunikativlik, talabchanlik, adolatli boshqaruv komponentlariga oid ilmiy umumlashma va tahlillardan O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati tomonidan bajarilgan “Jahon va O‘zbekiston ijtimoiy tafakkurini rivojini tahlil qilish natijasida Falsafa qomusi”ni yaratish mavzusidagi IF 1-093 (2016-2020 yy.) hamda “O‘zbekiston falsafa tarixining 3 jildini yaratish va chop etish” mavzusidagi PZ-20170930386 raqamli amaliy tadqiqot (2017-2019 yy.) loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining 2021 yil 10 noyabrdagi 31-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyixa doirasida chop etilgan “Jahon falsafasi qomusi” va “O‘zbekiston falsafa tarixi” kitoblarining mafkura, ma’naviyat, milliy g‘oya kabi maqolalar, tushuncha va atamalarning mazmunan boyishiga, falsafiy tahlilini amalga oshirishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda mafkura, madaniyat, fan va dinning o‘zaro aloqadorlikda rivojlanish tendensiyalariga xos barqaror aloqadorlik, diniy va dunyoviy qadriyatlar hamohangligi, milliylik va umuminsoniylik kabi ijtimoiy, bilim va salohiyat, tanqidiy tahlil, milliy o‘zlikni anglashga oid intellektual (aqliy) hamda impressiv, ekspressiv, dinamik stereotip, ambivalentlik, fidoyilik tuyg‘usiga emotsional (hissiy) ta’sir ko‘rsatish mexanizmlariga oid ilmiy umumlashma va takliflardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining teleko‘rsatuvlarida jumladan, “Nedelya”, “Diyor yangiliklari”, “Assalom, Buxoro!”, “Dastur doirasida”, “Zamondosh”, “Yoshlar vaqti”, “Xalq fikri”, “Dolzarb mavzu”, “Yosh bilimdon”, “Kun mavzusi” ko‘rsatuvlarini yoritishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2021 yil 18 okyatbrdagi 1/272-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizning jahon hamjamiyatida yangi qiyofasini shakllantirishga, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalq ongiga singdirish, ularning inson qadrini yuksaltirishga xizmat qilishiga olib kelgan.