Sanakulov Zayniddin Ibodullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy laraja beriladigan fan tarmog‘i): «So‘z yasalishi va uning leksikografik aspekti (nemis va o‘zbek tillari misolida)», 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil.1523.
Ilmiy maslahatchi: Raximov Xurram, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor; Umarxodjaev Muxtar Ishanxadjaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nemis va o‘zbek tillari so‘z yasalishining leksikografik aspektdagi mushtarak va farqli xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilar bilan belgilanadi:
nemis va o‘zbek tillarida so‘z yasalishi bilan bog‘liq prefiks, suffiks kabi universal, sirkumfiks, konfiks, unikal morfemalar kabi differensial yasovchi birliklar, shuningdek, kompozision, derivatsion, konversiya, abbrevatsion kabi umumiy hamda partikelli fe’l yasash, ters so‘z yasash, kontaminatsiya kabi xususiy so‘z yasash usullari asoslangan;
nemischa-o‘zbekcha lug‘atlarda kompozita, derivat va so‘z yasovchi affikslarni ifodalash amaliyoti lug‘at so‘zligini saralash, lemmatizatsiya va lug‘at mikrostrukturasidagi “imkon qadar kam joyga imkon qadar ko‘p ma’lumotni sig‘dirish” tamoyili yordamida dalillangan;
so‘z yasalishini lug‘atlarda aks ettirishning pragmatik xususiyatlari lemmadan yasalgan o‘zakdosh kompozita va derivatlarning o‘sha lemma maqolasiga integratsiya qilish orqali bosma nashrda «joy tejash» imkoniyati, shuningdek, so‘z yasovchi birliklarning lug‘atlarga alohida lemma sifatida kiritish orqali til o‘rganuvchilarda so‘z yasovchi birliklar ma’nosi va qoliplarida yangi leksemalar hosil qilish amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishi bilan asoslangan;
nemischa-o‘zbekcha lug‘atlarda kompozita, derivat hamda so‘z yasovchi affikslar berilishidagi leksikografik strukturalar va lug‘at maqolasi funksional matniy segmentlari, shuningdek, ishlab chiqilgan tavsiyaviy lug‘at maqolalari namunalari ikki tilli lug‘at tuzishning nazariy-amaliy jihatdan boyitishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. So‘z yasalishi va uning leksikografik aspektining nemis va o‘zbek tillarida tadqiqi bo‘yicha olingan natijalap acocida:
nemischa-o‘zbekcha lug‘atlarda kompozita, derivat va so‘z yasovchi affikslarning ifodalash amaliyotini lug‘at so‘zligini saralash, lemmatizatsiya va lug‘at mikrostrukturasidagi “imkon qadar kam joyga imkon qadar ko‘p ma’lumotni sig‘dirish” tamoyil yordamida ochib berish borasidagi xulosalardan 2018-2019 yillarda bajarilgan «Markaziy Osiyoda kasbiy ta’limni rivojlantirish» nomli loyihada foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2021 yil 10 iyuldagi 1/4-1-2/45-son ma’lumotnomasi). Natijada, nazariy va amaliy lug‘atshunoslikning leksikografik-me’yoriy talablari, xususiyatlari ochib berilib, o‘zbek lug‘atchilik nazariyasi boyitilgan hamda xorijiy til, xususan, nemis tili ta’limini rivojlantirishga erishilgan.
so‘z yasalishini lug‘atlarda aks ettirishning pragmatik xususiyatlari sifatida asoslangan lemmadan yasalgan o‘zakdosh kompozita va derivatlarning o‘sha lemma maqolasiga integratsiya qilish orqali bosma nashrda «joy tejash» imkoniyati, shuningdek, so‘z yasovchi birliklarning lug‘atlarga alohida lemma sifatida kiritish orqali til o‘rganuvchilarda so‘z yasovchi birliklar ma’nosi va qoliplarida yangi leksemalar hosil qilish amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishi borasidagi xulosalardan «O‘zbek sehrli ertaklari ikki jildlik tipologik katalogi» nemis tilidan o‘zbek tiliga tarjimasi» mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Germaniyaning «Olmon-O’zbek ilmiy jamiyati»ning 2021 yil 15 iyuldagi ma’lumotnomasi). Natijada, asarlarni nemis tilidan bevosita o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida muqobil lingvistik birliklarni tanlashda nemischa so‘z yasovchi affiks va kompozita yasovchi birliklar muhim ekanligini, bu kabi birliklarni o‘zlashtirish orqali mukammal tarjimaga erishish mumkinligini aniqlashga imkon bergan;
nemischa-o‘zbekcha lug‘atlarda kompozita, derivat va so‘z yasovchi affikslar berilishidagi leksikografik strukturalar va lug‘at maqolasi funksional matniy segmentlari, shuningdek, ishlab chiqilgan tavsiyaviy lug‘at maqolalari namunalari ikki tilli lug‘at tuzishni nazariy-amaliy jihatdan boyitishi borasidagi xulosalardan «Oʻzbekiston» teleradiokanalining «Adabiy jarayon» va «Ta’lim va taraqqiyot» nomli radio eshittirishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 25 iyundagi 04-25-1074-son ma’lumotnomasi). Natijada, televosita orqali radio tinglovchilarning tilshunoslikning dolzarb muammolari haqidagi tushunchalarini shakllantirishga va bilimlarini boyitishga erishilgan.